Buxoro davlat universiteti



Yüklə 268,82 Kb.
səhifə8/18
tarix02.01.2022
ölçüsü268,82 Kb.
#37973
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulida echishning qulay fgiga ega dasturini yaratish

Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida tayyorlangan “iqtisodiy-matematik usullar” fanidan chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda echish bo’yicha kompyuterli avtomatlashgan ketma-ketlik jarayonini ko’rsatuvchi dasturiy vositadan “amaliy matematika va informatika” yo’nalishida “jarayonlar tadqiqoti”, “iqtisodiy-matematik usullar” fanlarini o’qitishda ko’rgazmali vosita sifatida foydalanish mumkin.

Ishning tarkibi . Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, xususan, ta’limda qo’yilgan talablardan biri bu o’qitishda yangi zamonaviy kompyuterlardan foydalanish ekanligi, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti, tadqiqot usuli va uslubiyoti, olingan asosiy natijalar batafsil bayon etilgan .

Birinchi bobda 3 ta bo’lim berilgan bo’lib, ulardan birinchisi “Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi, mazmun va mohiyati” deb nomlangan. Ushbu bo’limda kompyuter va axborot texnologiyalari bfyoni keltirilib, Axborot texnologiyalaridan o’quv jarayonini boshqarishda foydalanish ta’limning samaradorligini oshirishga olib kelishi ta’kidlangan.

Ikkinchi bo’lim birinchi bo’limning mantiqiy davomi bo’lib, “Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan matematik usullar va ularga qo’yiladigan talablar” deb nomlanadi. Ushbu bo’limda iqtisodiy-matematik usullar, ularning xalq-xo’jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Uchunchi bo’lim “Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti” deb nomlanib, unda model, matematik modellashtirish, modellar asosida hisoblash eksperimentlari o’tkazish, ularni tahlil qilish haqida ma’lumotlar beriladi.

Ikkinchi bob “Simpleks usuli va uning dasturiy ta’minoti” deb nomlanadi. Bobning birinchi bo’limi “Chiziqli programmalash va simpleks usuli” deb nomlangan. Bu bo’limda chiziqli programmalash masalalarining qo’yilish tarixi, mashhur simpleks usulining qo’yilishi, natija olish algoritmi, uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi bo’lim “DELPHI dasturlash muhiti imkoniyatlari” deb nomlanadi. Bu yerda zamonaviy dasturlash tillaridan bo’lgan DELPHI dasturlash muhiti, bitiruv malakaviy ishida qo’llanilgan formalar, komponentalar haqida ma’lumotlar beriladi.

Uchinchi bo’lim “Simpleks usulining dasturiy ta’minoti” deb nomlanadi. Ushbu bo’limda oldingi bo’limda keltirilgan simpleks usulining algoritmi bo’yicha dasturiy ta’minot yaratish ketma-ketligi keltiriladi. Bunda forma, stringgrid komponentasi, Label, Button komponentalaridan fordalangan holda dastur Paskal tilida yozilgan.

Xulosa qismida ishni bajarish paytida olingan taassurotlar, ishni amaliyotda qo’llanish sohalari haqida ma’lumotlar beriladi.



Ilova qismida ishni bajarish paytida tuzilgan dasturning listingi keltirilgan.
I BOB. KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’QUV JARAYONIGA QO’LLASHNING AHAMIYATI

Yüklə 268,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin