Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://www.strategy.uz/
2.
https://e-finland.ru/travel/general/sistema-obrazovaniya-finlyandii.html
3.
https://uniquesingapore.ru/shkolnoe-obrazovanie-v-singapure/
4. Avliyoqulov N. X., Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. – T., 2008
5. Tolipov U.K., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini
rivojlantirishning pedagogik asoslari.- T., 2012
Mustaqilligini
rag'batlantirish
Bolaning
fikrlarini
qo‘llab
quvvatlash
Qiziqishlarni
inobatga olish
Tanqidiy
fikrlashni
rivojlantirish
446
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING
MAZMUNIDA TARBIYA G‘OYASI
Shukurov Avaz Ro‘ziboyevich
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti San’atshunoslik kafedrasi dotsenti
Amrullayeva Jasmina
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Ma’lumki, hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan bir boshlang‘ich
sinflarda ta’lim mazmunini zamon talabiga mos qilib qurishdan iborat bo‘lib qoldi.
Bu vazifani amalga oshirish har jihatdan hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani
doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, shuningdek ijodkor va izlanuvchan
bo‘lishiga chorlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faqat bir yoki ikki fan
doirasida emas, balki boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlar doirasida
bilim va malakalarga ega bo‘lishi davr talabidan bir hisoblanadi. Boshlang‘ich
sinflarda tasviriy san’atni hozirgi kun talablari darajasida o‘qitish, fan yutuqlari
ilg‘or tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida milliy
san’atimizning an’analarini qadrlash, yangi marralarini zabt etish bilan birga
o‘quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishga imkon yaratadi. Yuqorida
qayd qilinganlardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni
o‘qitishning mazmunida quyidagilarga e’tiborni ajratamiz:
Boshlang‘ich sinflarda borliqni idrok etish (shakl, rang).
a)Narsaning asliga qarab tasvirlash (kompozitsiya)
447
b) Narsaning asliga qarab yasash (haykaltaroshlik)
3. Boshlang‘ich sinflarda qurish yasash mashg‘ulotlarini tashkil qilish.
4. Mavzu asosida rasm ishlash (kompozitsiya)
5. Dekorativ rasm chizish (kompozitsiya)
6. Tasviriy san’atdan suhbatlar o‘tkazish.
Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu
sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik
xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda
layoqatlariga qarab belgilanadi. Ularga beriladigan topshiriqlar ham aynan shu
xususiyatlarning darajasiga qarab belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida bolalarni
borliqdagi va san’atdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, idrok etish, tushunish va
qadrlashga o‘rgatadi. Ularda badiiy va estetik didni o‘stiradi, badiiy ijodiy
qobiliyati va fantaziyani rivojlantiradi. Yuqoridagi fikrlarni shakllantirishda esa
o‘quvchi tasviriy san’atning qonunlari: yorug‘soya, rangshunoslik, perspektiva va
kompozitsiya tuzish kabilarga ro‘baro keltiradi. Bularning barchasi rasm ishlashda,
haykal yasash, qurish – yasash ishlarida qo‘l keladi. Natijada esa ularda turli xil
malakalar hosil bo‘la boshlaydi: Kuzatuvchanlik, ko‘rish xotirasi, chamalash,
fazoviy va abstrakt hamda mantiqiy tafakkur rivojlanib boradi. O‘quvchilarning
bilim va malakalari, ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, idroklarini hisobga olib
o‘tkaziladigan pedagogik tashhis ishlari quyidagi tashkiliy ishlar bilan bog`liq:
-o‘quvchilar bilimlarini aniqlash uchun test materiallarini tayyorlash;
-o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash uchun anketa va savolnomalar
tayyorlash;
-o‘quvchilarni bilim va malakalarini baHolash mezonlarini ishlab chiqish;
-o‘quvchilarni bilim va malakalarini aniqlashga doir didaktik materiallar
tayyorlash;
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tashhis etish bilan masalaning
yechimi tugamaydi. Yangi materialni bayon etish va uni o‘quvchilar tomonidan
448
to‘liq o‘zlashtirilishi uchun tegishli metodika zarur bo‘ladi. Bu bosqichning muhim
jihatlaridan biri tashhisdan o‘tgan guruhlarda o‘quvchilarning tasviriy san`atdan
bilimlar hajmi va darajasini aniqlashdir. Gap shundaki, yangi mavzuni idrok
etishga guruhdagi barcha o‘quchilar tayyormi yoki yo‘qmi, axir guruhdagi barcha
bolalarning bilim va malakalari bir xil emasku?! Bir guruhdagi bir o‘quvchi
ikkinchisiga qaraganda ozmi, ko‘pmi kengroq va chuqurroq bilimga ega. Shunday
ekan, guruhdagi barcha bolalarni o‘qituvchi yangi materialni idrok etishi va
o‘zlashtirishi uchun tayyorlashi lozim bo‘ladi. Tabaqalashtirish faqat guruhlar
bo‘yicha emas, har bir o‘quvchi bilan ham yakkama-yakka ish olib borishni ham
nazarda tutadi. U dars jarayonida, uyga topshiriqlar berganda amalga oshiriladi.
Shuningdek, individual ta`lim faqat bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlashni
emas, bir yo‘la iqtidorli, qobiliyatli bolalar bilan ishlashni ham nazarda tutadi.
Muammoning dolzarbligi ham shundaki, o‘quvchi yuqoridagilarni
o‘zlashtirgach, tasviriy va amaliy san’at asarlarini o‘qiy oladi, ularni sevadi va
qadrlaydi, savodli rasmlar bajaradi. Bu esa real hayotni tan olishga, milliy g‘ururni
shakllanishiga ya’ni milliy mafkura: vatanparvarlik sifatlarini tarkib topishida
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tasviriy san’at darslarining yana bir muhim tomoni,
maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar chambarchas bog‘liqligidadir, ayniqsa
adabiyot, matematika, geografiya, tabiatshunoslik, mehnat kabi fanlar bilan
uzviyligi darhol ko‘zga tashlanadi. Misol tarzida o‘quvchi matematika fanida
jismlarning o‘lchami bilan, geometriyada jismning shakli bilan, tabiatshunoslikda
turli xususiyatlari bilan tanishsa, musiqa, mehnat va jismoniy tarbiya darslari
ularda estetik sifatlarni tarkib topishini va ma’naviy sog‘lom bo‘lishini
ta’minlaydi.
Demak, tasviriy san’at darslarining mazmuni faqat rasm chizishni emas, balki
yosh avlodni zamona talabiga mos yetuk ma’naviy sog‘lom, barkamol inson bo‘lib
yetishida muhim ahamiyat kasb etishda xizmat qilar ekan. O‘qituvchi bolalarning
449
diqqati, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, his-tuyg`ulari, xarakteri haqida ham
tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |