Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq, 1997. 
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi.-
Toshkent, 1995. 


456 
3.Tasviriy san’at. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv 
dasturi.-Toshkent: Sharq, 1999. 
4.Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda tasviriy san’at to‘garagi. Toshkent, 
1995. 
5.Bulatov S. Amaliy san’at qisqacha lug‘ati.-Toshkent: +BM, 1992. 
6. R. Xasanov . Tasviriy san’at darslarni takomilashtirish. Toshkent . 
1991 y. 
SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA TEZ AYTISHLAR- 
NUTQ O‘STIRISH OMILLARI 
Aziza Xoliqovna Rashidova, 
Buxoro viloyat Buxoro shahar 35- IDUM 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
O‘qituvchining ijodkorligi. 
Bilimga chanqoq yosh avlodga saboq 
berish,hayotda o‘z o‘rnini topishga o‘rgatish barcha o‘qituvchi, ustozlarning 
majburiyatidir. Bu maqsadga erishish uchun esa o‘qituvchi har jihatdam 
mukammal shaxs bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda o‘qituvchining ijodkorligi haqida fikr 
bildirar ekanmiz, darsning mazmunli qiziqarli hamda barcha uchun birdek 
tushunarli tarzda o‘tkazishda ushbu jihat muhim omil bo‘lib hizmat qiladi. 
Qachonki pedagog kreativ fikrlab o‘z g‘oyalarini tadbiq qilar ekan zamonaviy 
ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin bo‘lar edi. 
O‘qituvchining notiqlik mahorati. 
О‘qituvchi о‘z sо‘zi bilan о‘quvchilar-
ga bilim beribgina qolmay, о‘quvchilarga sо‘zlash namunasini kо‘rsatish yо‘li 
bilan muloqotga о‘rgatadi. Shuning uchun о‘qituvchining sо‘zi о‘quvchilar javob 
berishi lozim bо‘lgan og‘zaki bayon yaratish talablariga javob berishi, biror 
axborotni yetkazish namunasini berishi, biror qoidani qanday dalillash kerakligini 
kо‘rsatishi, qanday qilib xulosa chiqarish va umumlashmalarga kelishga о‘rgatishi 
darkor. О‘qituvchi bilimlarni ma’lum qilishga emas, balki bilimdan qanday 
foydalanish, uni nima uchun bilish kerakligini eslatib borishi lozim: hayotda xato 


457 
qilmaslik uchun nimanidir eslab qolish kerak va hokazo. О‘qituvchining sо‘zi 
о‘quvchilarning aqliy sohasiga ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, hissiy jihatlariga ham 
asoslanishi lozim. Yorqin ifodalar yorqin kо‘rsatmalilik bilan qо‘shib olib borilsa, 
tuygùlar uygòtishi mumkin. Darslarda о‘qituvchining sо‘zi nazariy ma’lumotlarni 
о‘rgatishgagina qaratib qolinmay, nutq madaniyati tushunchasini anglash uchun 
ham yordam berishi lozim. О‘qituvchining nutqi madaniyatli nutq namunasi bо‘la 
olishi zarur. 
Nutq- insonga berilgan oily ne`matlardan biri. Inson besh yoshga to‘lgunga 
qadar umri davomida ishlatadigan so‘zlarning 90 foizini o‘rganib, so‘zlay 
boshlaydi. Demak, shu yoshdan boshlab so‘zlarni to‘g‘ri, chiroyli va aniq talaffuz 
qilish lozim. Buning uchun bolaning dastlabki so‘zlarni talaffuz qila boshlashi 
bilan nutqiga ahamiyat qaratilib, tarbiyalab borish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasiga katta mas`uliyat yuklanadi. O‘qituvchi 
bolalarning talaffuzi, nutqi ustida qanchalik ko‘p ishlasa, uning o‘quvchilari 
tushunarli, sof, jarangdor so‘zlay boshlaydi, ularda notiqlik, o‘z kechinmalarini 
boshqalarga qiynalmasdan yetkaza olish ko‘nikma hamda malakalari shakllanib 
boradi. 
Yaxshi talaffuz qilish aslida tovush hosil qiluvchi nutq a`zolarining 
egiluvchanligiga bog‘liq. Bu egilivchanlikni o‘stirish uchun turli mashqlardan, tez 
aytish o‘yinlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Tez aytish o‘yinlari to‘g‘ri 
nafas olishga, tovushlarni ravon talaffuz qilishga, bolaning fiziologik holatiga 
ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘qituvchi Alifbe” darslarida har bir harfni 
o‘rgatayotganda shu harfga moslab tez aytishlardan foydalansa, bu bolalarning 
darsga bo‘lgan qiziqishini, diqqatini oshiradi, faolligini kuchaytiradi. Dars 
davomida boladagi toliqish va zerikishning oldini oladi. Turli mavzudagi- 
hayvonlar, o‘ simliklar to‘g‘risidagi tez aytishlar esa bolani tabiat bilan 
tanishtiradi,borliqni tushunishga undaydi. O‘qituvchi ularni tanlaganda, bolaning 
yosh xususiyatiga e`tibor berishi kerak. 


458 
Savod o‘rgatish darslarida tez aytishlardan unumli foydalanish bolaning 
nafaqat talaffuz me`yorini tartibga soladi, balki aqliy salohiyatini ham oshiradi. 
Muayyan mavzular doirasidagi tez aytishlar fanlarni bir- biriga bog‘lab 
o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tabiat bilan bog‘liq tez 
aytishlar o‘quvchilarni jonli va jonsiz tabiatni bir- biridan farqlashga undasa, 
tarbiya, odob- axloq bilan bog‘liq tez aytishlar bola tarbiyasida ijobiy xislatlarni 
shakllantiradi. Umuman olganda, tez aytishlar savod o‘rgatish darslari sifatini 
oshiribgina qolmay, darslarning ta`lim – tarbiyaviy jihatdan samarali bo‘lishiga 
ham ma`lum darajada hissa qo‘shadi. 
Tez aytishlar esda qoladigan, qisqa, talaffuzi yengilroq bo‘lishi lozim. 
Quyida “Alifbe” darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tez aytishlardan namunalar 
tavsiya etamiz. 
Asror archani arraladimi, randaladimi? 
Bilimli bola Bilolmi? 
Bilol- bilimli bolami? 
Dilshodaning dili shod, 
Dili shodning o‘zi shod. 
Eldorning echkisi egatdagi ekinni yedi. 
Farrux futbolda Farhodni yengdimi? 
Farhod futbolda Farruxni yengdimi? 
Go‘zaloyning gullari gultuvakda gulladi. 
Hashar, hashardan shahar yashnar. 
Jur`at Jo‘raga jo‘r bo‘lgan, 
Jo‘ra Jur`atga jo‘r bo‘lgan. 
Qurilishga terak kerak, 
Demak terak ekmoq kerak. 
Olma shoxida olmaxon, 
Olmaxonni olma, Olmaxon! 


459 
Bir tup tut, 
To‘rt tup turp. 
Pirpirak pirillaydi, 
Chirildoq chirillaydi. 
Qo‘g‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi? 
Salomat sanamay sakkiz demas. 
Yo‘ldosh yo‘lda yo‘l- yo‘l yo‘lbarsni ko‘rdi. 
Namanganlik To‘lagan 
To‘la lagan osh yegan. 
Vosit, Vasila, Vazira 
Valiga varrak yasashdi. 
O‘ktam ko‘m- ko‘k ko‘klam rasmini chizdi. 
G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi, 
Shamol Sharifning shaftolisini shitirlatdi. 
Charos Chimyonda chang‘ida uchdi. 
Hasanning xo‘rozi sahar, 
Shahar xalqini uyg‘otar. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin