Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori.-Toshkent: Sharq, 1997. 
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi.-Toshkent, 
1995. 
3.Hasanov R. Mavzu asosida rasm chizish jarayonida estetik tarbiya.– Toshkent: 
O‘qituvchi, 1980. 
4.Hasanov R. Amaliy bezak san’ati mashg‘ulotlari metodikasi. O‘quv qo‘llanma.-
Toshkent, 2003. 
TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLAR 
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi 
Amonova Robiya 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti Tasviriy san’at va muhandislik 
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini didaktik 
prinsiplarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy 
bog‘lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta’lim va tarbiyaning 
samarali bo‘lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy 
masalalari Yevropaning buyuk pedagog-olimlari Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G. 
Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab 
chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo‘shganlar. Ular 
tomonidan ilgari surilgan g‘oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil 
etadi. 


450 
Didaktik prinsiplar hisoblangan ta’lim va tarbiyaning birligi, ko‘rgazmalilik, 
ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta’lim mazmunini 
bolalarning kuchi va yoshiga mos bo‘lishi maktabda tasviriy san’atni o‘qitishda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik 
prinsiplar professorlar N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Xasanovlar tomonidan
ishlab chiqilgan.
Ta’lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan 
hisoblanadi va bu tasviriy san’atni o‘qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o‘quvchilarni 
milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. O‘. Tansiqboyevning 
“Jonajon o‘lka”, X. Rahmonovning “May tongi”, N. Karaxanning “Oltin kuz”, Z. 
Inog‘omovning “Choyga”, Y.Yelizarovning “Natyurmot” kabi asarlarida 
O‘zbekiston ko‘rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O‘quvchilarni bunday asarlar bilan 
tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bo‘lgan ilk muhabbat paydo bo‘ladi, shu 
zaylda ularda ona-vatanga, o‘lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ulari yanada 
kuchayadi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani 
amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya 
ishlash, 
boshqa 
millat 
va 
xalqlar 
hayotini 
ifodalovchi 
suratlarning 
reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illustratsiyalarni namoyish etish 
orqali amalga oshiriladi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo do‘stlik, totuvlik 
Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham 
amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida 
o‘zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan 
totuvligi, ba’zi chet xalqlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarni ko‘rish 
mumkin. O‘qituvchi bunday san’at asarlarini tahlil qilar ekan, ularning o‘ziga xos 
hamda umumiy belgilarini ta’kidlab o‘tishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilar 
tasviriy san’at asarlarini o‘rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining 
mehnati va mehnatdagi jasoratlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati 


451 
bilan oshno bo‘ladilar. Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining 
mehnat qilish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi 
bo‘lgan mehnatga nisbatan hatti-harakati asosiy ko‘rsatkich sanaladi. Bu sifat 
mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi. Naturani o‘ziga qarab tasvirlash 
jarayonida o‘quvchilar turmushda qo‘llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va 
mevalar tasvirini ishlaydilar. O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilar mustaqil ish 
boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyumlar shakli, 
proporsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun 
sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi.
Shuningdek, o‘zbek xalq 
amaliy san’ati haqidagi suhbat darslarida o‘qituvchi ularning turlari va ustalarning 
mehnat shijoatining o‘ziga xos jihatlari haqida gapiradi. Tasviriy san’at dasturida 
xalqimizning fidokarona mehnati va uning go‘zalligni aks ettiruvchi asarlarini 
o‘rganish ham ko‘zda tutilgan. O‘.Tansiqboyevning “Paxtani sug‘orish”, 
“Chorovoq qurilishida”, Z.Inog‘omovning “Choyga” va boshqa asarlari shular 
jumlasiga kiradi. Natijada, o‘quvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma’naviy va 
axloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog‘i va mehnatni sevmog‘i lozim, 
degan xulosaga keladilar. Shuningdek, bolalar odamlar faqat o‘zi uchun emas, 
jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilariga va ular yaratgan 
buyumlarga nisbatan hurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega 
bo‘ladilar. 
Maktabda tasviriy san’at estetik turkumdagi o‘quv predmeti xisoblanib, 
o‘quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, ya’ni 
tasviriy san’at darslarida san’atdagi va borliqdagi go‘zallikni ko‘rish, tushunish va 
qadrlay olish hissi takomillashadi.
O‘quvchilar naqsh chizishda, dekorativ - 
bezak ishlarida tabiat elementlaridan foydalanadilar. Bunga tabiat mahsulotlari 
yaxshi material bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar tabiat materiallari va hayvonot 
dunyosini stilizatsiyalashtirib, takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar. 
Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni 


452 
rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar dars 
jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoh-
shabalarning shakl va yo‘nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, 
nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek, gullarning rangi va shakli, 
xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go‘zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning 
yengil va nafis parvozi ham o‘quvchilarni hayajonlantiradi. Yuqori badiiy saviyada 
yaratilgan tasvriy san’at asarlarini o‘rganishda o‘quvchilar ulardan estetik zavq 
olishadi.
Ilmiylik prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan biri bo‘lib, u fan 
asoslarini 
chuqur 
o‘zlashtirmasdan o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o‘quv predmetlaridagi kabi bu 
prinsip tasviriy san’at darslarida ham amalga oshiriladi. Tasviriy san’at atrof-
muhitni his etish, undagi voqea va hodisalarni o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab 
etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar chiziqli va havo 
perspektivasi, yorug‘soya, rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi 
bilishlari talab etiladi. Shuningdek, odam va hayvonlarning plastik anatomiyasi 
haqida yetarlicha ma’lumotlarga ham ega bo‘lishlari lozim. Tasviriy san’at 
dasturida o‘quvchilarning bu qonunlarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutiladi. 
Perspektiva qonunlarini o‘zlashtirmasdan realistik tasvir yaratish mumkin emas, 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rassom yoki o‘quvchining rasm chizish uslubi har xil 
bo‘lishi mumkin, lekin rasm yoki san’at asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda 
bo‘lishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi, 
ufq chizig‘i, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish 
nuqtasi asosida rasmini ishlash, o‘lchovlarni o‘zgarish perspektivasi, och-to‘qlikni 
o‘zgarish perspektivasi, ranglarni o‘zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi 
aniqlikni kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o‘rgatishning 
asosini tashkil etadi. 


453 
Ko‘rgazmalilik prinsipi tasviriy san’atni o‘qitishda borliqdagi narsa va 
hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini 
o‘rganishga ko‘maklashadi. Naturani o‘rganish chog‘ida (sinfda va plenerda) 
o‘quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 
O‘quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni solishtiradi, 
naturaning tuzilishi, o‘lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. Shubhasiz, 
bularning hammasi o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi. 
Ko‘rgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa o‘quv predmetlaridagidek 
yordamchi emas, balki o‘quvchilarda tushuncha va tasavvurlar hosil qiluvchi 
asosiy materialdir. Naturaning o‘ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi, bu o‘rinda tasviriy san’at darslarida ko‘rgazmalilik 
prinsipining roli juda katta. Agar ko‘rgazmalilikning birinchi yo‘li bilim, qonun va 
tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo‘li pedagogga bu qonun-
qoidalarni, atrof-muhitdagi hodisalarni isbotlashda o‘qituvchiga ko‘maklashadi. 
O‘qituvchining so‘zi sinfda zaruriy muhit hosil qilishda, o‘qituvchilarning ijodiy 
faoliyatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o‘qituvchining 
nutqi ravon, tushunarli va ma’noli bo‘lishi lozim. 
O‘qitishning ongli bo‘lish va o‘quvchilarning bilish faolligi prinsipi o‘quv 
jarayonining o‘stiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirishga olib keladi. Onglilik 
prinsipining ahamiyati fan, texnika va madaniyat gurkirab rivojlangan hozirgi 
davrda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu prinsip o‘qituvchi tomonidan 
berilayotgan bilimlarni ongli, tushungan holda o‘zlashtirishni bildiradi. 
O‘quvchilar bu bilimlarni ko‘r-ko‘rona emas, balki berilayotgan tushuncha 
ma’lumotlarni ma’no mohiyatini anglab yetgandagina uning bilimlari chuqur va 
mustahkam bo‘ladi va u bolalar xotirasida uzoq saqlanadi. Bunga erishish uchun 
o‘quvchilarning faolligi diqqati va mustaqil ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, o‘ziga qarab rasm chizish darslarida naturani sinchiklab o‘rganish 


454 
ularning tuzilishi, hajmi, shakli, o‘lchov va ranglaridagi xarakterli xususiyatlarini 
bilish kerak bo‘ladi. 
Masalan o‘quvchi: 
- san’atni kishilar hayotidagi ahamiyatini tushunib yetishi; 
- kompozitsiya ishlaganda uning qonun va qoidalariga rioya qilishi; 
- naturaning tuzilishi, o‘lchovlari, shakllari, ranglariga qat’iy rioya qilishi; 
- har qanday narsa asosida u yoki bu geometrik shakl yotishi
- rasm chizganda ufq chizig‘ini chizib olish va yagona ko‘rish nuqtasiga rioya 
qilishi. 
Tasviriy san’at asarlariga oid materiallarning ongli o‘zlashtirilishi ilmiylik 
prinsipidagidek perspektiva, rangshunoslik, optika va yorug‘soya qonunlari, 
anatomiyadan ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu qonunlarni 
egallamasdan turib, o‘quvchilar o‘z tasviriy faoliyatilarini to‘g‘ri amalga oshira 
olmaydilar. Faraz qilaylik, o‘quvchi uyida chizish uchun geometrik shakldagi 
turmush buyumlaridan natyurmot qo‘ydi. U perspektiva qonunlari, ufq chizig‘i, 
kuzatish nuqtasi, buyum va surat tekisligi, kesishish nuqtasi, narsalarning 
o‘lchovlarini perspektiv qisqarishini bilmay turib o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini 
to‘g‘ri hal qila olmaydi. Yorug‘soya qonunlari hisoblangan tabiiy va sun’iy 
yoritish, tushuvchi va shaxsiy soya, nutura yoritilganida soyalarning joylashuvi, 
yorug‘soya, yarimsoya, blik, refleks va boshqalarning bilmagan o‘quvchi 
buyumlarning hajmini to‘g‘ri tasvirlay olmaydi. Topshiriq yuzasidan mavzuni 
belgilashda o‘quvchilarning hayvonlar, qushlar, sportga bo‘lgan katta qiziqish 
uyg‘otishini hisobga olish lozim bo‘ladi. 
Boshqa fanlarda bo‘lganidek, tasviriy san’at darslarida ham materiallarni 
muntazam va ketma-ket bayon etish prinsipi muhim ahamiyatga ega. Bu prinsip 
butun kurs davomida o‘quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va har bir 
mavzu oldindan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi 
materiallarni o‘tilganlar bilan bog‘lab bayon etilishi lozimligini nazarda tutadi. 


455 
Ba’zan shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda o‘qituvchilar bilim berishning bu 
muhim prinsipini to‘g‘ri baholay olmaydilar. O‘quvchilarga berilayotgan 
vazifalarda bolalarning ilgari olgan bilim va malakalari hisobga olinmaydi. 
Natijada ular berilgan vazifani uddalay olmaydilar. Shuning uchun ish rejalarini 
shunday tuzish kerakki, o‘quvchilar har bir darsda yangidan yangi masalalarni hal 
etsinlar. Lekin, yangi materiallarni o‘quvchilar o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirib 
va mustahkamlab olganlaridan so‘nggina berish lozimligini hisobga olish lozim.
O‘qitishning o‘quvchilar yoshiga va kuchiga mos bo‘lishi prinsipi 
berilayotgan
bilimlar yoki ular o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materiallarni murakkablik 
darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo‘lishini nazarda tutadi. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatadiki, ayrim o‘qituvchilar 5-7 sinflarda ham to‘rtburchak, doira 
shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. Bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi 
vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bulardan tashqari, o‘quvchilarga doskaga 
chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko‘chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular 
beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bo‘lishiligini nazarda tutadilar. Lekin, 
topshiriqlarning o‘ta jo‘n bo‘lishi ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning 
mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni 
to‘xtatadi. 
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari 
ishlar jarayonida didaktik prinsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini 
sezib olish qiyin emas. Didaktik prinsiplar o‘quvchilarning badiiy ta’limi, tarbiyasi 
va rivojlanishiga shart-sharoitlarni yaratadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin