Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-areldagi PF-5712 sonli 
farmoni. 
2.
M.M.Ahmedjanov, 
Z.Sh.To‘xtayeva. 
didaktik 
vositalar 
majmuasi 
o‘quv 
qo‘llanma. “Fan va texnologiyalar” 2008-yil 100-bet. 
3.
N.A.Muslimov “Elektron darslik yaratish tamoyillari va texnologiyalari” 
infocom.uz 2004-yil 62-66 bet. 
4.
R.K.Ishmuhammedov 
“Innovatsion 
texnologiyalar 
yordamida 
ta’lim 
samaradorligini oshirish yo‘llari” Toshkent TDPU 2005-yil.
ADABIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA FRAZEOLOGIK 
BIRLIKLARDAN FOYDALANISH USULLARI
S.S.To‘rayeva 
Buxoro viloyat XTXQTMOHM 
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim
Metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi 
 
 
XXI asrda kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonida har bir jamiyat o‘z 
milliyligi orqali ajralib turadi. Bu jarayonda ona tilining o‘rni beqiyosligi hech 
kimga sir emas. Binobarin, xalqning ziynati va tabiatini, ruhiyati va mentalitetini 
tildan ayri holda tasavvur qilib ham, tadqiq etib ham bo‘lmaydi. Tildagi birliklarda
ayniqsa, obrazli so‘z, ibora-ifodalarda xalqning mental o‘ziga xosligi muayyan 
tarzda in’ikosini topadi. Zotan, bunday obrazli ifodalar xalqning teran 
dunyoqarashi, obrazli nigohi, idroki va tafakkuri mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan. 
Mutaxassislar haqli ravishda ta’kidlaganidek, “xalqning madaniyati va mentaliteti 
haqidagi ma’lumotlarning eng qimmatli manbasi frazeologizmlar, metaforalar, 
ramzlar va shu kabilardir” Boshqacha aytganda, xalqning benihoya boy tarixiy-
madaniy, etnik-ma’naviy tajribalari, ya’ni uning o‘zigagina xos “olamning lisoniy 


439 
manzarasi” (L. Veysgerber) til vositasida shakllangani kabi mazkur tajribalarning 
barchasi aynan xalqning tilida o‘z ifodasini topadi, shu tilda yashaydi va muntazam 
ravishda ajdoddan avlodga o‘tib keladi. Ona tilini egallash jarayoni aynan 
maktabning boshlang‘ich sinfiga to‘g‘ri keladi. 
Maktab o‘qituvchisi oldidagi bosh vazifa, o‘quvchini o‘z ona tilida burro, 
aniq va go‘zal so‘zlashga, fikrni erkin bayon etishga o‘rgatishdan iborat. O‘quvchi 
nutqini rivojlantirishda esa ona tili va o‘qish savodxonligi darsining o‘rni beqiyos. 
Darsda so‘z va iboralardan, ularning omonim, sinonim va antonimlaridan nutqiy 
faoliyatda unumli foydalanishga o‘rgatish bosh maqsad sifatida qaraladi. Ayniqsa, 
iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash – nutqni ta’sirchan va o‘zgacha qiladi.
Ibora tilning eng ajoyib vositaslaridan biridir. Uni majoziy ma’noda “ona 
tilimizning gavhari” deb ham atashimiz mumkin. Shu sabab tilimizning leksik 
boyligini tashkil etuvchi iboralar tilshunoslarning doimo diqqat e’tiborida bo‘lgan. 
O‘zbek tilshunosligida bu sohada dastlabki ma’lumotlarni filolog olim 
Sh.Rahmatullayev o‘z ishlarida ilmiy tadqiq qilgan va ilk bor o‘zbek 
frazemalarining izohli lug‘atini tuzgan.
Iboralar murakkab til hodisasi sifatida ikki yoki undan ortiq 
komponentlardan tashkil topadi. Shu ma’noda iboralarni amaliy va ilmiy o‘rganish 
o‘ziga xos yondashuvni, o‘ziga xos metod va usulni ishlab chiqishni talab etadi.
O‘zbek tilshunosligida iboralar grammatik, semantik va uslubiy yo‘nalishda 
o‘rganilgan. Ammo shu davrha qadar boshlang‘ich sinf ona tili dasturida ham, 
darsligida ham, metodikalarida ham bu mavzu kiritilmagan, yoki unga doir 
mashqlar to‘plami ham mavjud emas. Vaholanki, darslikka kiritilgan aksariyat 
matnlarda kamida ikki va undan ortiq iborani uchratish mumkin. Bu o‘z-o‘zidan 
matnni to‘liq idrok etishda so‘z bilan birga iborani ham tahlil qilish kerakligini 
talab etadi.


440 
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsida iboralar ustida ishlash, o‘quvchining 
nafaqat iborani bilishi, so‘z boyligini boyitish, nutqning majoziy shakllari bilan 
tanishtirish, balki ularni nutq doirasida keng fiydalanishga o‘rgatish vositasidir. 
Hozirda foydalanilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida, o‘quvchi 
nutqini rivojlantiradigan, uni ta’sirchan qiladigan – frazeologik birliklar, ularning 
tahlili, mazmuni va ularga doir topshiriqlarni deyarli uchratmaymiz. Vaholanki, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, shu farmon asosida 
yaratilgan Milliy o‘quv dasturi, 1-2-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy 
o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori va Xalq ta’limi Vazirligining 2017-yil 3-
iyundagi 190-sonli buyrug‘ bilan tasdiqlangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlari o‘quv 
dasturi”da iboralar alohida mavzu sifatida kiritilgan. 2021-yil aprel oyida 
O‘zbekiston ilk marotaba PIRLS – 2021 xalqaro baholash dasturiga ishtirok etdi. 
Bunda respublikamizning 180 ga yaqin maktabining boshlang‘ich sinf 4-
o‘quvchilari qamrab olindi. Tadqiqotda aynan o‘quvchining matnni o‘qish va 
tushunishi – adabiy savodxonligi baholanadi. Bu o‘quvchida adabiy savodxonlikni 
shakllantirish, aniqlash va baholash zarurligi boshlang‘ich ta’limning dolzarb 
muammosi sifatida qaraladi.
1-2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsida bajariladigan har bir 
mashqda so‘z, so‘z ma’nosi tahlili, gapda so‘zning vazifasi, qisqasi barchasida so‘z 
asos qilib olinadi. Lekin so‘z ma’nosiga teng turadigan turg‘un birliklar – 
iboralarga oid biror mashq yoki ta’rif keltirilmaydi. Matnda uchragan iborani 
o‘qituvchi yo‘l-yo‘lakay tahlil qilib ketadi. Iboraning kuchi so‘zga teng turishi 
mashqlar ustida tahlil qilinmaydi. Natijada, o‘quvchining lingvistik boyligi ustida 
yetarlicha shug‘ullanib bo‘lmaydi va aholi o‘rtasida buzuq nutqning rivojlanishi, 


441 
bozor tilining kuchayishi kuzatiladi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchiga 
frazeologik birliklarni o‘rgatish uchun vaqt va darsni aniq belgilab olishi (sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda) juda muhim. Bu muhim jihat aynan o‘quvchida adabiy 
savodxonlikni shakllantishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiy savodxonligini 
shakllantirish vositasi bu badiiy asarlar hisoblanadi. Kichik kitobxonni 
shakllantirishda badiiy asarlarning o‘rni beqiyosdir. 
Aynan shu xususiyat darslik yaratuvchilari oldiga ulkan vazifani qo‘yadi. 
Ya’ni o‘quv materialida o‘quvchini iboralar bilan tanishtirishga majbur qiladi. Shu 
bilan birga, o‘qituvchi nutqining boyligi, mazmundor va bog‘lanishliligi ona tili va 
o‘qish darslarini (boshqa barcha darslarda ham) tashkil etishda katta ahamiyat kasb 
etadi. O‘quvchi nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida o‘qituvchi unga oid 
mashqlar tizimini oldindan ko‘rib chiqishi, shunga doir mashqlarni ishlab chiqishi 
kerak bo‘ladi. Ibora ma’nosini ochib berishda lug‘atdan foydalanish qulay. Ammo 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan frazeologik rasmli lug‘atlar mavjud 
emas. Faqat 2016-yilda S.Safarov va F.Safarovlar tomonidan yaratilgan 
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun iboralar lug‘ati” mavjud.
Iborani o‘rgatishda 
izohli lug‘atdan foydalanish, iboraga mos rasm chizish, uni 
so‘z bilan ifodalash, sinonim iborani topish, somatik (tana a’zolari), hayvon 
nomlari bilan bog‘liq iboralarga misollar keltirish,
illyustratsiyalash, iboralar 
ishtirokida gap va kichik hikoyalar tuzish, ibora ma’nosiga mos sinonim so‘zni 
tanlash, berilgan iboraga sinonim ibora tanlash, antonim iboralarni tanlash,
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi bilan birgalikda iboralar lug‘atini (rasmli) tuzish 
kabi mashq turlari o‘quvchi nutqini boyitishga, nutqida iboralarni qo‘llashga katta 
ahamiyat kasb etadi.
Taklif etilayotgan metodologiya o‘quvchi nutqini rivojlantirishda juda 
sezilarli natijalarga olib keladi, bu nafaqat o‘quvchining og‘zaki nutqida, balki 
vaqti-vaqti bilan, ongli yoki ongsiz ravishda frazeologik iboralarni o‘quvchilarning 
yozma asarlarida ham namoyon bo‘ladi. Bu, shubhasiz, o‘quvchi nutqini boyitadi, 


442 
uni ta’sirchan, rang-barang va qiziqarli qiladi, eng asosiysi unda adabiy 
savodxonlikni shakllantiradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin