Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, shu farmon asosida 
yaratilgan Milliy o‘quv dasturi. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy 
o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori. 
3.
Xalq ta’limi Vazirligining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlari o‘quv dasturi”. 
4.
Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. O‘qituvchi.T.:1978. 
5.
Bekmurod Yo‘ldoshev. O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi 
hamda taraqqiyoti (monografiya). Samarqand.2013. 
6.
N.Maxmudov., D.Xudoyiberganova., O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. 
Ma’naviyat.T.:2013. 
7.
Weisgerber, L. Die Muttersprache im Aufbau unserer Kultur Text. / L. Vaysgerber. 
Diisseldorf, Padagogischer Verlag Schwann. 2. erweiterte Auflage, 1957.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA KREATIV 
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna 
BuxDUPI f.f.f.d (PhD)
 
Idiyeva Gulchehra Izomovna

BuxDUPI magistranti



443 
2020- yil 29 – oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm- 
fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” farmoni 
qabul qilindi. Mazkur farmon ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy intelektual 
hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda amalga oshirilishi lozim 
bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari atroflicha belgilab berildi. 
Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 – yilga kelib PISA ( The progamme for 
International Student Assesment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini 
baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati 
qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan. 
Shu konsepsiyaga binoan, tadqiqotlarda yetakchilik qilayotgan davlatlarning 
ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ulardan andoza olgan holda o‘z 
rivojlanish yo‘limizni tuzishimiz va shu yo‘lda ildam harakatlanishimiz lozim. 
Bunga misol tariqasida Finlandiya va Singapur tajribasini ko‘rsatishimiz mumkin.
Finlandiya maktablarida, Yevropa maktablarida bo‘lgani kabi, sinflarga yondashuv 
individualdir, ya’ni, har bir bola o‘z yo‘lini topishi kerak. Bir vaqtning o‘zida 
ikkita o‘qituvchi bir sinfda ishlaydi, bu ularning har biriga yukni yengillashtiradi 
va qaror qabul qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi. 
Har bir darsdan so‘ng o‘quvchilar nimani tushuna olganlarini va nimani tushuna 
olmaganliklarini aytishlari mumkin. Bundan tashqari, mavzuni noto‘g‘ri tushunish 
bolaning aybi deb hisoblanmaydi, balki o‘qituvchining bilim berish tizimini 
loyihalashdagi nuqson sifatida tan olinadi. Finlandiya maktablarida imtihonlar 
yo‘q, hatto bitiruvlar ham. 
Teng ta’lim imkoniyatlari, yuqori sifatli ta’lim va malakali ishchi kuchi 
ta’lim tizimining asosi hisoblanadi. Fikrlash qobiliyati, ijodkorlik, global 
xabardorlik, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlari muvaffaqiyat kalitidir. Bundan 
tashqari, bolalar qiyinchiliklardan qo‘rqmasliklari va kelajakda xatolardan 
hafsalasi pir bo‘lmasligi uchun “ muvaffaqiyatsizlik – zavqli “ ekanligini 
tushuntirish kerak. 


444 
Singapurdagi ta’lim tizimi Britaniya tamoyili asosida qurilgan. Dars ingliz tilida 
olib boriladi. Singapurda ham mamlakat fuqorolari, ham xorijliklar uchun ingliz 
tilida ta’lim olish uchun birinchi darajadagi sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda ham 
davlat, ham xususiy ta’lim faoliyat ko‘rsatmoqda. Singapur maktablarida bolalar 
ular boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga va keying ta’lim bosqichlariga o‘tish 
uchun imtihon topshiradilar. Bunday davrlarda bolaning ish yuki kuniga 12 
soatgacha bo‘ladi. Bolalarga qo‘yilgan bunday talab fanni chuqur, aniq 
o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Har ikkala ta’lim tizimida ham quyidagilarga 
e’tibor qaratiladi: 

STEM o‘qitilish usulining samarali tashkillashtirilganligi; 

Darsliklarning tez-tez o‘zgarib, mukammallashtirib turilishi; 

Xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullari

Individual topshiriqlardan keng foydalanish; 

Boladagi qobiliyatning to‘g‘ri rivojlantirilganligi; 
Shunga asosan, mamlakatimizda jadallik bilan islohotlar amalga oshirilar 
ekan, ta’lim tizimida sifat va samaradorlik kun sayin rivojlanib taraqqiy 
topmoqda. Chet el tajribasini o‘rganish, ulardan kerakli jihatlarni ajrata olish, 
ta’lim tizimimizda qo‘llay olish, xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish 
uchun keng imkoniyatlar ochadi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida 
zamonaviy 
kompyuter 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan 
to‘laqonli foydanish eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Boshlang‘ich sinf 
darslarida milliy dastur bilan hamohang holda, o‘quv jarayoniga yangi 
texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va 
kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. O‘quvchilarda go‘yalar va 
axborotlarni tahlil qilish, muloqot, qiziquvchanlik, ommaviy axborotlardan keng 
foydalanish,muammoni aniqlash, muammoni yechimini izlay olish ko‘nikmalarini 
shakllantirish zarur hisoblanadi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining 


445 
shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishga oid mexanizm bo‘lib qolmasdan, balki 
shaxsning umumiy ijyimoiy- madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham 
qaratilishini unutmaslik lozim. 
Bolani kreativligini oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 
Ta’lim tizimida keng imkoniyatlarning yaratilishi, texnologiyalardan samarali 
foydalana olish, turli islohotlar, xalqaro tadqiqotlardagi yetakchi mamlakatlar 
tajribasi bilan tanishish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz tomon rivojlanib 
borishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Boshlang‘ich sinfning sifatli 
dasturlari, darsliklar , o‘qishni o‘rgatishning chuqur o‘ylangan metodikasi, ta’lim 
tizimimizning rivojlanishiga asos bo‘ladi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin