752
turibmiz. Sog‘lom avlod-jismoniy barkamol, ma’naviy yetuk kishilardir. Faqat
shunday kishilargina O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida halollik, fidoyilik
namunalarini ko‘rsatishi, mamlakatimizning kuch-qudrati, keng imkoniyatlarini
butun jahonga amalda namoyish etishlari mumkin.
Tarbiya - inson ma’naviy
kamolotining birinchi, asosiy poydevori bo‘lib
hisoblanadi. Yaxshi oilada tarbiyalanib axloq va odobning muayyan normalarini
bilgan, hayot faoliyatida ularga asoslanadigan yoshlargina ma’naviy kamolotning
kengroq imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Yaxshi tarbiya zamiridagina bilim olishga
ishtiyoq, oqilona amaliy faoliyat uchun zamin hozirlanadi. Tarbiyaviy zamini
yaxshi bo‘lmagan yoshlarda mehnat qilib, amaliy malakalar hosil qilishga ishtiyoq
bo‘lmaydi.
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi mumkin. Odob aqlga bog‘liq holat.
Aql ustiga odob qo‘shilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Odob va axloq insonni
bezab turadi.
Inson odobi bilan go‘zal, deydi xalqimiz. Bu so‘zning zamirida katta ma’no
yotadi. Hozir ham ayrim yoshlar salom berish va alik olish, jamoatchilik o‘rtasida
o‘zini tutish, boshqalarni hurmat qilish singari axloqiy qadriyatlarni yaxshi
egallamagani sezilib turadi.
Inson omilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tiborga olib, umumta’lim
maktablarining barcha sinflarida “Milliy axloq va odob asoslari” degan umumiy
bir fanni o‘qitish lozim. Shuningdek, umumta’lim maktablarining barcha sinflarida
o‘quvchilarga, ularning yosh xususiyatlari, axloqiy,
aqliy kamoloti darajasini
e’tiborga olib, oddiy axloq, odob qoidalaridan to murakkab nazariy muammolarga
qadar o‘rgatib borish zarur. Yosh bola ota-onani, o‘qituvchini, yoru-do‘stlarini
hurmat qilishga, salom berib, alik olishga o‘rganishi ham ma’naviy kamolotning
dastlabki poydevoridir.
Milliy, sharqona axloqiy fazilatlarning ko‘p qirralari Abu Nasr al-Farobiy,
Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy asarlarida va
753
Amir Temur tuzuklarida atroflicha yoritib berilgan. Z. M. Bobur o‘zining
“Boburnoma” asarida o‘zbeklar-ga, umuman, turkiy xalqlarga xos bo‘lgan axloqiy
fazilatlar qatoriga quyidagilarni kiritadi: bular- iymon va e’tiqodlilik, andishalilik,
oilaga
muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik,
farzandlarning ota-onaga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, fahm-
farosatlilik, savodxonlik, saxovatlilik, xushfe’llik, shirinso‘zlik, do‘stlarga
oqibatlilik, xushbaxtlik,
hayolilik, shinavandalik, oq ko‘ngillilik, mehnatsevarlik
va boshqalar.
Oilaviy marosimlar o‘zbek xalq an’analarining asosiy tarkibiy qismlaridan
biri bo‘lib, ularning aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga
bag‘ishlanganligi uchun ham yoshlarning kamol topishida muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi to‘yparast xalq. U to‘y qilaman, elning duosini olaman,
boshqalarni ham quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning
uchun to‘y o‘zbek millati hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq turg‘unlik
yillarida o‘zbek oilaviy marosimlarining bir qismi taqiqlandi, taqiqlash mumkin
bo‘lmaganlar (masalan, “Nikoh to‘yi”)
yangi umumqoidalar, an’analar asosida
o‘zgartirila boshlandi. Mustaqillik sharoitida bu xatolarni to‘g‘rilash maqsadida
oilaviy marosimlarning asosiy turlari, chunonchi, “Ism qo‘yish”, “Charlar”, “Soch
to‘yi”, “Tish to‘yi”, “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi”, “Muchal to‘yi”, “Kumush
to‘yi”, “Otlin to‘yi” kabi an’analarni tiklash uchun yo‘l ochildi. 1998 yil –“Oila
yili” deb e’lon qilinishi oilaviy an’analarga e’tibor berish va ularni rivojlantirish
uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ijobiy an’analar quvvatlanib, salbiylari
jamoatchilik tanqidiga uchradi.Oilaviy qadriyatlarning yalpi tiklanishi milliy-
ma’naviy tiklanish jarayonidagi muhim bosqich bo‘ldi.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga ma’naviy meros sifatida
o‘tib, rivojlanib kelgan urf-odatlar, marosimlar
va bayramlarni saqlamay turib,
milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu sababli, bu borada jiddiy
ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish mumkin. Har bir millat o‘ziga xosligi,
754
milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy tarzi
majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatda o‘z ifodasini topadi. Binobarin, xalq
ma’naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirishni oiladan boshlash kerak.
Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim o‘rin tutadi.
Insonning ma’naviy – axloqiy, ruhiy ziynati poydevori oilada qo‘yiladi.Oila milliy
ruhi xalq milliy ruhiyatini belgilaydi. Shu ma’noda har bir oila o‘z a’zosida milliy
psixologiyani shakllantiruvchi muqaddas ijtimoiy institutdir. “Bu institut necha
ming yilliklar davomida jahon xalqlarining bir – birlariga o‘xshamaydigan
turfa
milliy – ma’naviy qiyofalarini tarbiyalab kelayotir”.
Dostları ilə paylaş: