Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   373
innovatsion

 
Adabiyotlar: 
1. Umurov N.K. Notnыe redaktorы Sibelius-4, Sibelius-6 (vozmojnosti i 
sravnitelnыy analiz versiy programmы Sibelius. –T.: 2015. 
2. Elektron o‘quv materiallari. 
3. Elektronnaya dokumentasiya programmы «Sibelius». Versii 4.0., 6.0. 
4. Sibelius Software Limited (2007-2010). 
 


747 
RUBOB-PRIMA CHOLG‘USIDA IJRO ETISHNING BOSHLANG‘ICH 
KO‘NIKMALARI 
Xudoyberdiyev Dilmurod Ruzimurodovich 
Buxoro Davlat Universitetining pedagogika instituti 
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti 
Annotatsiya: 
Maqolada prima rubobining yaratilishi, uning tuzilishi, prima-
rubobida ijro etish uchun dastlabki ko‘nikmalar, ijrochilik uchun uslubiy 
ko‘rsatmalar, nazariy ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar, musiqa savodi haqida so‘z 
yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: 
Rubob prima, labaratoriya, tor, xarrak, lad, kvinta, maxnizm, 
mizrob, musiqiy tovush, teri, tebranish. 
Rubob-prima cholg‘usi qashqar rubob oilasini kengaytirish maqsadida 
yangidan yaratilgan soz hisoblanadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 
arbobi, professor A.I Petrosyans va cholg‘u ustasi S.E Didenkolar 
konstruksiyasidagi to‘rt torli rubob-primalar dastlab qirqinchi yillarning birinchi 
yarmida Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi 
eksperimental labaratoriyada yaratiladi. Rubob-prima yuqori registrli cholg‘u 
hisoblanib, u kichik oktavadagi SOL (G) tovushidan to‘rtinchi oktavadagi MI (E) 
tovushigacha keng diapazonda egadir. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida boshqa 
cholg‘ular bilan bir qatorda rubob-prima ham munosib ravishda yetakchi o‘rinni 
egallab kelayapti. Rubob-prima orkestrdagi mizrobli guruhning ijro mahoratini va 
imkoniyatlarini sezilarli darajada boyitib turadi. Badiiy va ijrochilik jihatdan katta 
imkoniyatlarga ega bo‘lgan bu sozda jahon kompozitorlarining mumtoz asarlarini, 
o‘zbek xalq kuylarini, O‘zbekiston kompozitorlar yaratgan musiqalarini ijro etish 
mumkin. 
Rubob-prima xalq cholg‘u ijrochilari orasida keng tarqalib kelayotgan soz 
hisoblanadi. O‘zbekistonning deyarli hamma musiqa o‘quv yurtlarida rubob-prima 
sinflari mavjud. Biroq, shunga qaramasdan, rubob-primada o‘qitish uslubi zarur 


748 
darajada ommalashmagan va sistemalashmagan, bu esa o‘z navbatida ijrochilik 
san’ati taraqqiyoti yo‘lida g‘ov bolib kelayapti.
Rubob primaning torlari to‘rttaligi, ularning barchasi metalldan ishlanganligi 
cholg‘uda o‘zbek xalq musiqasi namunalari, O‘zbekiston kompozitorlari asarlari 
bilan birga jahon kompozitorlik ijdodidan namunalarni ham ijro etishning imkonini 
beradi. An’anaviy qashqar ruboblarning kosaxonasi tut daraxti yog‘ochidan o‘yib 
ishlangan bo‘lsa, yangi yaratilgan ruboblar kosaxonasi yog‘och qovurg‘achalarni 
birlashtirib yasala boshlandi. Rubob prima kosaxonasi ham yog‘och 
qovurg‘achalardanm dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlandi. Kosasiga baliq 
terisi va yurak parda qoplandi. Cholg‘u torlarini tutib turish uchun kosa tagiga 
to‘rtta ilmoqlar o‘rnatildi. Kosaxona bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki 
tomonida shoxsimon bezak qulog‘I mavjud bo‘lib ular o‘ziga xos chiroy vazifasini 
o‘taydi. Torlar rubobning bosh qismiga o‘rnatilgan mexanik quloqlarga taqiladi va 
cholg‘u dastasining boshida shayton xarrak hamda kosaga qoplangan baliq terisi 
ustida joylashgan xarrak orqali ilmoqlarga o‘tkaziladi. Xarrak yumshoq 
yog‘ochdan bo‘lmasligi, aksincha qattiq pishiq va sifatlishi muhim. Sababi, xarrak 
tovush sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rubob prima dastasi 24 metalldan yoki latun 
plastinkalar bilan bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi o‘zaro masofa parda yoki lad deb 
yuritiladi. Pardalar sozning bosh qismidan kosaxonasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10, 
12, 14 raqamli pardalarga o‘ziga xos bo‘lgan turli ko‘rinishdagi plastmassalar yoki 
sadafdan ishlangan naqsh, bezak – belgilar o‘rnatiladi, ular soz dastasida notalar 
joylashuvini aniqlashda yordamlashadi. 


749 
Rubob prima cholg‘usi to‘rt torli bo‘lib, birinchi va ikkinchi torlar po‘latdan 
silliq yasalsa, uchinchi va to‘rtinchi torlar po‘lat torga o‘ralgan holatda 
tayyorlanadi. Amaliyotda birinchi 0.24mm, ikkinchi tor 0.28, uchinchi tor asosi 
0.30 mm, o‘ramasi 0.70mm, to‘rtinchi tor asosi 0.45mm, o‘ramasi 0.95mm 
qalinlikda tayyorlanadi. Rubob prima cholg‘usi kvinta intervali bo‘yicha sozlanib 
sadolanishi nota yozuviga to‘g‘ri keladi. 
1 – tor ikkinchi oktava Mi (E) 
2 – tor birinchi oktava LYA (A)
3 – tor birinchi oktava RE (D) 
4 – tor kichik oktava SOL (G)
Sozning yaxshi va aniq sadolanishi ko‘p jihatdan torlarning sifatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Har bir muayyan yo‘g‘onlikka ega bo‘lishi kerak. Rubob prima uchun to‘rt 
torli domra va mandolina sozlarining torlari komplekti ishlatilinadi. Quloqli 
mexanizdagi torlar o‘zlarining pardadagi o‘rniga muvofiq to‘g‘ri tortilishi, bunda 
ular chalkashib ketmasligi zarur. Cholg‘uni sozlashda xarrakning tutgan o‘rni va 
balandligiga bo‘g‘liqdir. Agar xarrak rubob prima dastasi tomon yaqinroq 
qo‘yilgan bo‘lsa, ijro etish chog‘ida sadolanish balandlashadi, agar aksi ya’ni 
dastadan ancha uzoqroq qo‘yilgan bo‘lsa sadolanish pastlashadi.
Rubob primada ijro etish mediator yana mizrob bilan amalga oshiriladi. Uchi 
o‘tkirlangan, ovalsimon, cho‘ziqroq shakldagi maxsus yassi ebonit mizrob deb 


750 
ataladi. Mizrobning shakli ijro sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uchi o‘tkirlangan 
jarangdor, qattiq tovush hosil qiladi. Mizrobning katta yoki kichikligi ijrochi 
qo‘lining katta kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik barmoqlar uchun kichik 
barmoqlarga qaraganda birmuncha katta o‘lchamdagi mizrob kerak bo‘ladi, lekin 
juda katta mizrob ham ijrochining ijro jarayonida unga qiyinchilik tug‘dirishi 
mumkin bo‘ladi. 
Musiqiy tovush shovqinlardan farqli o‘laroq, ma’lum balandlikka ega 
bo‘lgan tovush hisoblanadi. Musiqiy tovush balanligi tarang jismning tebranish 
tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Prima rubobida esa ana shunday tebranishlarni torlar 
bajaradi. Tor xarrak orqali o‘zining tebranishini teri mumbranaga uzatadi, teri 
membrana esa tebranishni kuchaytiradi va o‘zida tovush hosil qiladi.
Torni tarang tortish darajasi quloq 
mexanizmini burash orqali 
muvofiqlashtirib turiladi. Bo‘sh tortilgan tor kam sonli tebranish va past tovush 
bersa, tarang torilgan tor ko‘p sonli tebranish va balandroq tovush hosil qiladi. 
Torning tebranish tezligi uning yo‘g‘on yoki ingichkaligiga ham bog‘liq. 
Tovushning balandligi, shuningdek, torning uzunligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tor 
qanchalik uzun bo‘lsa, shuncha kam sonli tebranadi, tovush esa past eshitiladi, tor 
qanchalik qisqa bo‘lsa, tebranish soni ko‘p bo‘lib, tovush ham balandlashadi. 
Rubob prima ijrochilig haqida gap ketar ekan, bu jarayon bevosita orkestr 
ijrochiligi bilan chambarchas bog‘liqligini alohida ta’kidlash kerak. Sababi 
cholg‘ularning yangi turlarini yaratishdan ko‘zlangan asisoy maqsadlardan biri 
ham aynan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri diapazoni, uning ijrochilik 
imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘lgan. Rubob prima orkestrining ijro 
imkoniyatlari va diapozonini kengaytiribgina qolmay, uning tembr xususiyatlarini 
ham boyitib turadi.
Rubob primada chalishni o‘rganuvshi yosh sozanda – ijrochi badiiy 
malakalarni uyg‘un taraqqiy ettirish ruhida tarbiyalanishi, sozda ijro etish 
usullarini o‘rganayotgan asarning badiiy niyatlarini ochib berishga bo‘ysundirishi 


751 
kerak. U o‘zi ijro etayotgan asarlarni idrok etishi, tovush sifatiga tanqidiy 
munosabatda bo‘lishi, texnik qiyinchiliklarni tahlil qila olishi va ularni bartaraf 
etish yo‘llarini topishi zarur. 
Rubob prima keng ifoda imkoniyatlariga ega, bu esa uni yakkanavoz sozlar 
jumlasiga kiritish huquqini beradi. Rubob prima ijrochilarini cholg‘u sozining ijro 
imkoniyatlarini har taraflama puxta egallashlari va ijroni ham takomillashtirib 
borishlari lozim.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin