904
o‘z
maqsadlari, mazmuni qo‘llaniladigan metodlari va vositalari bo‘yicha
yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega, ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif
qilinadi:
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
- o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
- shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
- boshqaruv turi bo‘yicha;
- bolaga yondashuvi bo‘yicha;
- ko‘p qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha;
- ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini
quyidagicha tasniflash mumkin:
- Qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
- falsafiy asosi bo‘yicha; majburlash pedagogikasi;
- umumiy majburiy ta’lim;
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha:
Asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni
tarbiyalashga qaratilgan; shu
bilan bir vaqtda,
shaxsning har tomonlama
rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda;
- o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha; asostiativ, - reflektor bo‘lib, suggestiya
(namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsatish) ga tayangan holda;
- shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha; axborotli, ya’ni bilim,
malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta’lim
mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida tashkil qilish va olib borishda
didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
905
- boshqaruv turi bo‘yicha: an’anaviy-mumtoz (klassik) bo‘lib, unga ta’limni
texnika vositalari qo‘shilgan;
- bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar;
- ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha tushuntirish illyustratsiyalash;
- ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va
umuman, jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni
yaratdi. Har bir darsning alohida xususiyati mavjud. Musiqa o‘qituvchisining ham
o‘ziga xos sirlari bo‘ladi. Musiqaga muhabbat, qiziqish bilan qarash, o‘quvchi-
bolalarga bor bilimlarini berishga intilish va ishga sidqidildan yondashish,
insonning ish jarayonidagi hayoti bilan yashash maqsadga muvofiqdir. Tajribada
pedagoglar musiqa fanini murakkabligini va o‘qituvchi
bilan sozandaning
bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tganlar. Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini olib
boradi. U faqatgina keng bilimga ega bo‘lib qolmay, o‘zining fanini ham yaxshi va
chuqur bilishi lozimdir. Bolalarni musiqa san’ati bilan tarbiyalashda dunyoqarashi,
fikrlashi, tushunchasi birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Musiqa kishi hissiyotini, ayniqsa, emotsional estetik hissiyotini faol
rivojlantiradi. Musiqa o‘qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san’atkor bo‘lishi
lozimdir. Musiqa cholg‘usida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega
bo‘lishi, notaga qarab yaxshi ijro qilishi, bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobida yaxshi ijro etishi juda muhimligi quyidagida
belgilanadi. Birinchidan: Jonli ijro etish – sinfda kayfiyatni yaxshilaydi.
Ikkinchidan: Jamoa bo‘lib (xor) ijro etayotganda hohlagan epizodni yoki (taktik)
jumlani qaytarish mumkin. Uchinchidan: Musiqa asbobida
ijro eta oladigan musiqa
o‘qituvchisi o‘z tarbiyalanuvchilariga musiqani o‘zi ijro etish naqadar
qiziqarliligini va muhimligini amaliyotda ko‘rsatib o‘tadi.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobini yaxshi ijro etishi bilan cheklanib qolmay
yaxshi tovush, dirijyorlik jesti bilan, musiqa nazariyasini mukammal bilmog‘i va
906
ijod qilishi lozimdir. O‘qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi musiqa
fanining taqdirini hal qiladi. O‘qituvchi bulardan tashqari darslarni kuzatib borishi
ham lozimdir. Doimiy kuzatishlar orqali o‘qituvchi pedagogik mahoratini egallab
boradi. U vaziyatni (situatsiyani) baholashga, o‘quvchilarning ichki tuyg‘ularini
sezishga o‘rganadi. Kuzatish 1-7 sinflar davomida amalga oshiriladi. Eng asosiysi:
o‘qituvchi asarni ijro etibgina qolmay, balki uning mazmuni bilan ham tanishtirishi
lozim, buning uchun o‘qituvchining nutqi ravon, qisqa, hamda tushunarli bo‘lishi
kerak.
Musiqa madaniyati darsida o‘qituvchining mahorati
har tomonlama yuksak
darajada bo‘lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini
tushuntirib berishi, o‘quvchilarni ajoyib va sehrli san’at - musiqa olamiga olib
kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga yo‘naltirishi
mumkin. O‘qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa, qiziqarli bo‘lishi
kerak va o‘quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozimdir. Dars davomida
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot usulini qo‘llasa, musiqa haqida to‘g‘ri
mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Suhbat jarayonida
ko‘proq o‘quvchilar bahsga o‘tadilar. Bu faoliyatida o‘qituvchi rejissyor singari
ularni boshqarib, to‘g‘ri xulosalarga erishishi lozim.
Dostları ilə paylaş: