TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
GERMANIYA TA’LIM TIZIMI
O.X. Xamidov
BuxDU rektori,
Iqtisod fanlari doktori, professor.
Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib,
yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biridir. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi
universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi
6
ham yangilanib borilyapti. Ta'lim ijtimoiy hayotning eng muhim sohalaridan
biridir. Zero, xalq kelajagi uning ma'nan yetuk va intelektual salohiyatli kadrlari
bilan baholanadi. Ta'lim tizimining hozirgi holati
noan'anaviy ta'lim
texnologiyalarining rolini oshirish bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning
yordami bilan bilimlarni o‘zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha
tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish
xarakterini o‘zgartiradi, o‘rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va
kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o‘qitish usullarini qo‘llash,
shuningdek, har bir kishining ta'lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada
kengaytirish imkonini beradi.
Bugungi kunda barcha xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi jadal rivojlanib
bormoqda. Jumladan, Germaniyada ta’lim sifati dunyodagi eng yuqori
ko‘rsatkichlarga egadir. Xususan, Germaniyaning eng qadimgi universiteti —
Geidelberg 1386-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu mamlakatning ta’lim tizimini
shakllanishiga etarli vaqt o‘tganligidan dalolat beradi. O‘rta asrlardayoq ushbu
universitetga kirish yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan. Germaniyaning
moʻjazgina Geydelberg shahrida joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir
ham baland. Bu yerdan Gegel, Yaspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin
Nobel mukofoti egalari yetishib chiqqan. Germaniya universitetlarida eng muhimi
o‘qish davridagi nazariy tayyorgarlik va amaliyotidir. Bundan tashqari,
Germaniyada ta’limning yuqori sifat darajasi etakchi ilm-fan texnologiyalaridan
foydalangan holda qo‘llab-quvvatlanadi.Eng zamonaviy texnika va texnologiyalar
bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash ko‘rsatkichi dunyodagi eng yuqori
ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Germaniya ta’lim sifati hamda malakali
kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratadigan davlatlar sirasiga kiradi. So‘nggi
yillarda mamlakat innovatsion universitetlar tizimi yuragiga, ta’bir joiz bo‘lsa,
zamonaviy ilmiy va intellektual faoliyat markaziga aylandi. Bu yerdagi barcha
sohalar ortida oliy ma’lumotli, yuqori bilim va tajribaga ega mutaxassislar turadi.
7
Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan taʼlim maskanida ayni paytda 45 ming talaba tahsil
oladi.
Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir
yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Odatda,
bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni topshiradi va
dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv
mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-sentabr, qishkisi esa
oktabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi
Bugun zamonaviy nemis universitetlari o‘zida ko‘plab fakultet va muta-
xassisliklarni jamlagan ilmiy va o‘quv markazi hisoblanadi. U yerdagi oliy o‘quv
yurtlarini bir qancha turga ajratish mumkin. Ular orasida texnik, pedagogik,
teologik, musiqa universitetlari hamda maxsus san’at bilim yurtlari mavjud.
Germaniyada
institutlar
ham
nomdorlik
borasida
universitetlardan
qolishmaydi. Germaniyani keng imkoniyatlar mamlakati sifatida ko‘rish mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda universitetlarda tahsil olish katta mablag’ talab etiladi.
Germaniyada esa o‘qish bepul bo‘lgan universitetlar bisyor. Shu bilan birga, aynan
ana shu o‘qish bepul bo‘lgan universitetlar dunyodagi eng yaxshi universitetlar top
mingtaligiga kiradi. Xorijiy talabalar uchun ham xilma-xil grantlar bor. Ayniqsa,
Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) dasturi orqali juda ko‘plab
xorijdan talabalar Germaniyaga o‘qish uchun keladi. Masalan, 2019-yilning o‘zida
mazkur dasturning 240 dan ortiq loyihasi doirasida 140 mingdan ortiq nemis va
xorijlik talabalar uchun stipendiyalar ajratilgan. Aynan shu dastur orqali
O‘zbekistondan ham ko‘plab yoshlar o‘qishga borgan.
Nemis ta’lim tizimining yana bir o‘ziga xosligi — ochiqlik va soddalikdir.
Barchaning oliy ma’lumotli hamda bilimli bo‘lishi tarafdori bo‘lgan hukumat
tomonidan universitetlarda o‘tiladigan ma’ruza darslariga nafaqat talabalar, balki
istalgan tinglovchining kirishiga ruxsat berilgan. Shu bois mamlakatda insonlar
qo‘lidagi oliy ma’lumot diplomi emas, balki ularning bilim va malakasi ko‘proq
qadrlanadi. Nemis pedagoglari isteʼdodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb
8
hisoblashadi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish,
ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. "Fikrlayapmanmi, demak,
yashayapman!" deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu
naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda
o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad
qiladi. Taʼlim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka
tayanadi.
Dostları ilə paylaş: |