Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix22.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#159935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
 
REJA: 
1.
Harakatlanuvchi yuklar va ta`sir chiziqlari haqida
tushuncha. 
2.
Oddiy balkalarning ta`sir chizig’ini statik usul bilan qurish. 
3.
Oddiy balka tayanch reaktsiyalari, eguvchi moment, ko`ndalang kuchlarning ta`sir 
chiziqlari. 
4.
Eguvchi moment va ko`ndalang kuch epyuralari. 
Harakatlanuvchi va bir-biri bilan bog’langan vertikal yuklar sistemasi ta`sirida 
inshoot (ko`prik) elementlarida hosil bo`ladigan maksimal zo`riqishlarni aniqlash uchun 
ta`sir chiziqlar nazariYasidan foydalaniladi. Bu nazariyaga ko`ra, dastlab inshoot ustida 
harakatlanuvchi vertikal birlik kuch (P=1) ta`sirida unda hosil bo`ladigan zo`riqishlarning 
o`zgarish qonuni tekshiriladi.



So`ngra bu o`zgarish qonunlariga asosan va kuchlar ta`sirining bir-biriga bog’lik 
bo`lmaslik printsipidan foydalanib, harakatlanuvchi yuklar sistemasi ta`sirida inshoot 
elementlarida hosil bo`ladigan zo`riqishlar aniqlanadi. 
Birlik kuch inshoot (ko`prik) bo`ylab harakat qilganida uning elementlarida 
(ixtiyoriy kesimida) hosil bo`ladigan zo`riqish miqdorining o`zgarishini ifodalovchi 
grafik shu zo`riqishning 
ta`sir chizig’i
deyiladi. Inshoot ustida harakatlanuvchi birlik 
kuchning (P = 1) vaziyatini belgilovchi abstsissani x bilan, uning biror elementidagi 
zo`riqishni T bilan belgilasak, u holda:
)
(
x
f
T

(2.1) 
(2.1) tenglama zo`riqish T ning 
ta`sir chiziq tenglamasi
deyiladi. 
Inshootning ixtiyoriy kesimidagi zo`riqish ta`sir chizig’i statik va kinematik 
metodlar orqali chiziladi. Statik metod, inshoot ustida harakatlanuvchi birlik kuch (P = 1) 
ning ixtiyoriy nuqtada turgan holati uchun muvozanat tenglamalarini tuzib, talab 
qilinayotgan zo`riqishning analitik ifodasi (2.1) ni olishga asoslangan. Bu analitik ifoda 
yordamida zo`riqish T miqdorining o`zgarish grafigi chizilib, uning ta`sir chizig’i olinadi. 
Kinematik metod zo`riqishlar ta`sir chizig’ining umumiy ko`rinishini hosil kilish 
uchun qo`llaniladi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin