Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#159935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tekshirish hisobi
deyiladi.
Agar inshoot elementlarining o`lchamlari noma`lum bo`lsa, u holda aniqlangan 
ichki kuchlar va deformatsiyalarning miqdoriga ko`ra elementlarning mustahkamligi, 
bikrligi va ustivorligini qanoatlantiruvchi o`lchamlarini aniqlash mumkin. Bunday 
hisoblash usuli 
loyihalash hisobi
deyiladi. 


Qurilish mexanikasi statik va dinamik kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootlarni 
hisoblash nazariyalari to`g’risida ma`lumot beradi. Tashqi kuchlar ta`sirida inshoot 
qismlarida hosil bo`ladigan ichki zo`riqish kuchlari bilan deformatsiyalar orasidagi 
bog’lanishlar ma`lum bo`lgandagina, inshootlarning yangi, ratsional shakllarini tanlash 
mumkin. Demak, qurilish mexanikasining yana bir vazifasi – inshootlarning tuzilishi, 
uning elementlarining bir – biriga biriktirilish konunlarini tekshirish va ularning eng 
ratsional (xavfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat. 
Ba`zan qurilish mexanikasida yaratilgan yangi nazariy metodlar bilan 
inshootlarni hisoblash natijasida olingan ichki zo`riqish va deformatsiya miqdorlari 
hamda boshqa natijalarning to`g’ri ekanligini bilish maqsadida konstruktsiyalarning 
modeli yoki natural ko`rinishini eksperimental metodlar bilan tekshirilib ko`riladi. 
Inshootlarning natural ko`rinishini eksperimental metod bilan tekshirishdan olingan 
ma`lumotlar asosida yangi nazariy metodlar yaratish mumkin. Demak, qurilish 
mexanikasi nazariy va eksperimental fandir. 
INSHOOTLAR VA ULARNING HISOBLASH SXEMASI. 
Inshoot 
va 
konstruktsiyalarning 
hisobini 
osonlashtirish 
uchun 
ular 
soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini 
ifodalovchi 
sxema hisoblash
sxemasi deyiladi. Hisoblash sxemasida inshoot sterjenlari 
o`q chiziqlar bilan, plastinalar o`rta sirtlar bilan almashtiriladi. Inshoot hisobining aniqlik 
darajasi hisoblash sxemasining to`g’ri tanlanishiga bog’liq
Agar tekshirilayotgan inshoot sxemasi sodda va oddiy tasvirlansa, u hisoblash 
sxemasi deb qabul kilinadi. Inshootning haqiqiy sxemasi murakkab ko`rinishda bo`lsa, 
uning ba`zi xususiYatlari nazarga olinmay hisoblanadi.
Fermani hisoblash sxemasida uning sterjenlari o`q chiziqlari bilan, bikr tugunlari 
esa ideal sharnirlar bilan almashtirilgan. Haqiqiy tayanchlar sharnirli tayanch 
bog’lanishlar orqali ifodalangan. 
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarning geometrik shakliga 
ko`ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 


1.
Sterjenlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar Bunday inshootlar 
sterjenli sistemalar deyiladi. Sterjenlarning uzunligi ularning ko`ndalang kesimi 
o`lchamlariga nisbatan bir necha marta katta bo`ladi. Agar element o`qi egri chiziqli 
bo`lsa, bunday element egri sterjen’ deyiladi . 
2.
Plastinka, plita va qobiqlar hamda ularning birikmasidan tashkil topgan 
inshootlar. Plastinkaning kalinligi qolgan ikki o`lchamiga nisbatan bir necha marta kichik 
bo`ladi.
3.
Massivlardan tashkil topgan inshootlar Massivning uzunligi va ko`ndalang 
kesim o`lchamlari bir xil bo`ladi. Massiv inshootlar jumlasiga to`g’onlar, tirgak devorlar 
va ko`p qavatli binolarning yaxlit fundamentlari kiradi. 
F e r m a l a r. Sharnirli birikmalar orqali boglangan sterjenlardan tashkil topgan 
inshoot 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin