Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix22.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#159935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
TAYANCH IBORALAR 
Balka, ferma, rama, arka, deformatsiya, mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik, kuch, 
uzilish, siqilish va egilish. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1.
Qurilish mexanikasi fani nimani o`rgatadi? 
2.
Qanday inshootga mustahkam, bikr va ustivor inshoot deyiladi? 
3.
Inshootning hisoblash sxemasi nima? 
4.
Qanday sistemalarga geometrik o`zgarmas va geometrik o`zgaruvchan sistema 
deyiladi? 
5.
Qanday yuklar to`plangan va taralgan (yoyilgan) yuklar deb ataladi? 
6.
Taralgan yuklarning intensivligi nima? 
7.
Qanday yuklar statik yuklar deb ataladi? 
8.
Qanday yuklar dinamik yuklar deyiladi? 
9.
Plastinka, massiv, ferma va rama deb nimaga aytiladi? 
2-MA`RUZA
INSHOOTLARNING SXEMALARINING
KINEMATIK ANALIZI. 
 
REJA: 
1.
Kinematik analizdan ko`zlangan maqsad. 
2.
Tekis sistemalarning erkinlik darajasi. 
3.
Inshootlar geometrik strukturasining analizi. 
4.
Geometrik o`zgarmas sitema. 
5.
Geometrik o`zgaruvchan sistema. 
6.
Oniy o`zgaruvchan sistema. 


7.
Geometrik o`zgarmas sistemani tashkil etish usullari. 
Bir – biri bilan sharnirli yoki bikr kilib biriktirilgan elementlardan tashkil topgan 
inshootlar tashqi yuklar ta`sirida o`zining shakli va holatini o`zgartirmasligi lozim. 
Bunday talabni qanoatlantiruvchi inshoot geometrik o`zgarmas sistema bo`ladi. Inshoot 
shakli yoki holatining o`zgarishi uni tashkil etuvchi elementlarning deformatsiyalanishi 
tufayligina sodir bo`lishi mumkin. 
Har bir inshootni hisoblashdan oldin uning sxemasi geometrik o`zgarmaslik 
shartlariga asosan kinematik analiz qilinishi kerak. Masalan, 1.9–rasmda tasvirlangan 
sistemaning sterjenlaridagi zo`riqishlarni aniqlash mumkin emas, chunki oz miqdorda R 
kuchning ta`siri ham uning shakli va holatini o`zgartiradi. Demak berilgan sistema 
geometrik o`zgaruvchan sistema, ya`ni mexanizmdir. Sistema geometrik o`zgarmas 
bo`lishi uchun o`nga qo`shimcha bog’lovchi element (masalan, BC) ni kiritish kerak. (1.9 
– rasm, 
b
).
Sistemani asosiy hamda yordamchi elementlarga ajratishda va ularning bir – biri 
bilan qanday bog’lanishda ekanligini tekshirishda kinematik analizning ahamiyati katta. 
Kinematik analiz yordamida sistemaning geometrik o`zgarmas yoki o`zgaruvchan 
ekanligi bilib olinadi. Faqat geometrik o`zgarmas inshootlargina tashqi ywuklarni qabul 
kilib, ularga qarshilik ko`rsatishi, ya`ni, yuklar ta`sirida ishlashi mumkin.
Har qanday yassi jism yoki yassi jismlar sistemasining tekislikda olgan o`rnini 
to`la aniqlab beruvchi, bir – biriga bog’liq bo`lmagan geometrik parametrlar miqdori shu 
sistemaning erkinlik darajasi soni deb ataladi. Tekislikda olingan biror A nuqtaning 
ixtiyoriy qabul qilingan qo`zg’almas koordinatalar o`qiga nisbatan olgan o`rni ikkita 
koordinata 
A
A
y
x
,
bilan aniqlanadi. Shuning uchun nuqtaning o`zi yotgan tekislikdagi 
erkinlik darajasi soni ikkiga teng bo`ladi. 
Har qanday geometrik o`zgarmas tekis sistema 
disk 
deb ataladi. Masalan: sterjen’, 
plastinka, balka va fermalarni disk deb qabul kilish mumkin. Tekislikdagi biror diskning 
koordinatalarning koordinatalar o`qiga nisbatan olgan o`rni uchta parametr
x,y
va 
AB

bilan aniqlanadi (1.10 - rasm). Demak, har bir disk o`zi yotgan tekislikda uchta erkinlik 
darajasiga ega bo`ladi. Diskning erkin harakatini,ya`ni erkinlik darajasini turli qurilmalar 
yordamida cheklash mumkin. Bitta erkinlik darajasini cheklovchi qurilma kinematik 
bog’lanish deyiladi. Bunga misol qilib, ikkita diskni bir – biri bilan bog’lovchi sterjenni 
ko`rsatish mumkin (1.11 – rasm, 
a
). Bu sterjen’ ikkinchi diskning birinchi diskka 
nisbatan chiziqli ko`chishiga qarshilik ko`rsatadi. Ikki disk bir – biri bilan silindrik 
sharnir vositasida bog’langanda (1.11 – rasm, 
b
) birinchi diskka nisbatan ikkinchi disk 
ikkita erkinlik darajasini yo`qotadi. Demak, silindrik sharnir ikkita sterjenga 
ekvivalentdir (1. 11 – rasm 
b
). Inshootlarni hisoblash sxemalari, asosan geometrik 


tekis elementlar (disklar) dan iborat bo`lgan kinematik zanjirlardan tuziladi. Bu disklar 
(elementlar) bir –biriga sharnirlar yordamida, erga esa tayanch sterjenlar orqali 
bog’lanadi. Bunday murakkab sistemaning erkinlik darajalari soni quyidagicha 
aniqlanadi. Sistemadagi disklar soni D bo`lsa, uning erkinlik darajasi soni 3 D bo`ladi, 
chunki har bir disk uchta erkinlik darajasiga ega. Bu disklar bir – biri bilan SH ta oddiy 
sharnirlar bilan bog’langan bo`lsa, sistemaning erkinlik darajasi 2 SH ga kamayadi
chunki har bir sharnir ikkita erkinlik darajasini yo`qotadi. Demak, murakkab sistemaning 
erkinlik darajasi soni W quyidagi ifodaga asosan topiladi: 
W=3D—2Sh—S
T
(1.1); 
bunda D—disklar soni, Sh—disklarni o`zaro bog’lovchi oddiy sharnirlar soni, St — 
tayanch sterjenlar soni. 
Agar berilgan sistema uchun 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin