Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix22.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#159935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tayanchlar
deb ataladi. Tayanchlar fazoviy konstruktsiyalar hisoblanadi, lekin 
yassi sistema deb qaralayotgan inshootlarda tayanchlar ham ularning yassi tashkil etuvchi 
bo`laklari deb qabul qilinadi. Yassi sistema tayanchlari uch guruhga bo`linadi: 
1.
Sharnirli qo`zg’aluvchan tayanch (1.6 – rasm 
a
). Bunday tayanch kinematik 
nuqtai nazardan sistemaning sharnir A markaziga o`q atrofida erkin aylanishiga va 
gorizontal ko`chishiga imkon beradi. U faqat vertikal ko`chishga qarshilik ko`rsatadi. 
Statik nuqtai nazardan, bu tayanchda faqat ko`chishga qarshilik ko`rsatilayotgan 
yo`nalish bo`yicha (vertikal) reaktsiya 
A
R
hosil bo`ladi. Sharnirli qo`zg’aluvchan 
tayanchlarning sxematik tasviri 1.6 – rasmdagi bir tayanchli bog’lovchi sterjen orqali 
ko`rsatilg
an. 
Bu 
tayanch –
sterjen absolyut bikr deb
qaraladi.
2.
Qo`zg’almas sharnirli tayanch (1.7 – rasm, 
a
). Bunday tayanchlar vertikal va 
gorizontal yo`nalishlarda ko`chishlarni cheklaydi. Qo`zg’almas sharnirli tayanchlarning 
konstruktsiyasi faqat A sharnir markazidan o`tgan o`q atrofida sistemaning erkin 
aylanishiga imkon beradi. Bu tayanchlarda, statik nuqtai nazardan sharnir A markazidan 
o`tuvchi 
A
R
tayanch reaktsiyasi hosil bo`ladi. (1.7 - rasm). Uni vertikal 
A
V
va gorizontal 
A
H
tuzuvchilarga ajratish mumkin. Qo`zg’almas sharnirli tayanchning sxematik tasviri 
1.7 – rasmda ko`rsatilgan. 
3.
Qistirib mahkamlangan tayanch (1.8 - rasm). Bunday tayanchlar, kinematik
nuqtai nazardan inshootning qistirib mixlangan kesimining chiziqli va burchakli 


ko`chishlariga qarshilik ko`rsatadi. Qistirib mahkamlangan tayanchlarda, statik jihatdan 
vertikal va gorizontal tuzuvchilarga ajraluvchi reaktsiya kuchi bilan reaktiv moment hosil 
bo`ladi. Reaktiv moment 
A
M
qistirma moment deb ataladi. Bu tayanchning sxematik 
tasviri 1.8 – rasmda ko`rsatilgan. 
Inshootga qo`yilgan tashqi kuchlar, uni harakatlantirishga intiladi, lekin bunday 
harakatlanishga tayanchlar yo`l qo`ymaydi. Natijada, tayanchlarda reaktsiyalar vujudga 
keladi. Tayanch reaktsiyalarning miqdori va yo`nalishini aniqlashda, tayanchlarni fikran 
olib tashlab, ularning inshootga ta`siri V, H va M reaktsiyalar bilan almashtiriladi. 
So`ngra tashqi kuchlar va tayanch reaktsiyalar ta`siridagi inshootni muvozanatda turgan 
sistema deb qarab, statikaning muvozanat tenglamalari yoziladi: 






.
0
,
0
,
0
M
Y
X
bu tenglamalarni echib, uchta noma`lum tayanch reaktsiyalarni topish mumkin. 
TASHQI YUKLAR VA ULARNING TURLARI 
Inshootga ta`sir qilayotgan aktiv tashqi kuchlar yuklar deb ataladi. Yuklarni 
uchta asosiy gruppaga bo`lish mumkin.
1. Foydali yuklar — inshoot qabul qilishi lozim bo`lgan yuklar. Bularga misol 
qilib odamlar, asbob-uskunalar, avtomobillar, poezdlarning og’irligi, to`g’onlardagi 
suvning bosimi va shunga o`xshashlarni kiritish mumkin. Foydali yuklarning belgilangan 
miqdori normalar va texnik shartlardan olinadi. 
2. Inshootlarning og’irligi. Inshootni hisoblayotganda foydali yuklar qatorida 
uning o`z og’irligini ham e`tiborga olish kerak. 
3. Qor va shamol (atmosfera) yuklari. Bu yuklar miqdori mamlakatimizning 
territorial tabiiy sharoitlarini va inshoot shaklini hisobga oluvchi normalarda berilgan 
bo`ladi. 
Inshootlarga ta`sir etuvchi yuqorida qayd etilgan yuklar sirtqi va hajmiy yuklarga 
bo`linadi. Inshoot sirtining bir qismiga yoki hammasiga ta`sir kilayotgan kuchlar sirtqi 
yuklar deb ataladi. Inshootning barcha ichki nuqtalariga ta`sir qiluvchi kuchlar xajmiy 
yuklar deb ataladi. Bu yuklar inshootning butun xajmi bo`yicha taqsimlangan bo`ladi. 
Yuklarning qo`yilishiga ko`ra, ular to`plangan va taralgan (yoyilgan) bo`ladi. 
Inshootning o`z o`lchamlariga nisbatan uning juda kichik sirtiga ta`sir qiluvchi kuchlar 
to`plangan yuklar deyiladi. Bunday yuklarga ustunlar, to`sin va sho`nga o`xshash 
elementlarning asoslariga bo`lgan bosimlari kiradi. Bu bosimlar uncha katta bo`lmagan 
yuzalar orqali uzatiladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun bunday kuchlar bir 
nuqtaga qo`yilgan deb faraz qilinadi.To`plangan kuchlar tonna (t), kilogramm (kg) yoki 
n’yuton (N), kilon’yuton (kN) hisobida o`lchanadi. 
Inshoot sirtidagi yuzaning biror qismiga yoki undagi chiziqning biror qismi 
bo`yicha ta`sir qilgan kuchlar taralgan (yoyilgan) yuklar deb ataladi. Masalan, bino 
tomidagi qor bosimi shu tom yuzasi bo`ylab yoyilgan bo`ladi. Binolarning qavatlari 
orasidagi rigellar ustiga qo`yilgan yuklar uning o`qi bo`ylab taralgan deb kabul qilinadi. 
Taralgan yuklarning intensivligi inshootning yuzi yoki uzunlik birligiga to`g’ri kelgan 
miqdori bilan xarakterlanadi. Yuza bo’yicha taqsimlangan yuklar t/m
2
yoki kN/m
2
bilan, 
uzunlik bo`yicha taqsimlangan yuklar esa t/m yoki kN/m bilan o`lchanadi. Yuklarning 
intensivligi uzunlik yoki yuza bo`yicha o`zgarmas bo`lganda ular tekis taralgan yuklar 
deyiladi. 


Yuklar ta`sir kilish vaqtiga ko`ra doimiy va muvaqqat yuklarga bo`linadi. 
Doimiy yuklar inshootga doim ta`sir qilib turuvchi yuklardir. Masalan, temir yo`l 
ko`prigining o`z og’irligi doimiy yuk, uning ustidan o`tayotgan poezdning og’irligi esa 
muvaqqat yuk bo`ladi. 
Yuklar inshootga ta`sir kilish harakteriga ko`ra: statik va dinamik bo`ladi. 
Inshootga yuk asta-sekin qo`yilib, eng katta qiymatiga etkazilsa, u statik yuk deyiladi. 
Inshootga kuch statik ravishda ta`sir etsa, uning qismlarida hech qanday inertsiya kuchi 
hosil bo`lmaydi. 
Agar inshootga qo`yilgan yuklar ta`siri natijasida uning qismlarida tezlanishlar 
hosil bo`lsa, ya`ni yuklar qisqa muddat ichida miqdor yoki yo`nalishi bo`yicha o`zgarib 
tursa, ular dinamik yuk deyiladi. 
Inshootga ta`sir qiluvchi yuklar qo`zg’almas va harakatlanuvchi yuklar 
gruppasiga bo`linadi. Qo`zg’almas yuklar inshoot ustida doimo bo`ladi (inshootning o`z 
og’irligi, asbob-uskunalarning og’irligi). Harakatlanuvchi yuklar esa inshoot bo`ylab 
ma`lum yo`nalish va chegarada harakatlanadi. Ularga, masalan: poyezd, avtomobil’, kran 
va shunga o`xshashlarning og’irligi kiradi. 
Inshootlar tayanchlarining cho`kishi va tashqi temperaturaning o`zgarishi 
natijasida ham ularga ta`sir etuvchi qo`shimcha yuklar hosil bo`lishi mumkin. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin