jarayonlari. Yormalarni boyitmasdan murakkab-takrorlanuvchi un tortish guruhiga javdar donidan navli sidirma va elanma un tortish kiradi. Javdar donidan birta navli sidirma uni (87 %), birta navli elanma uni (63 %), ikkita navli 15.30 % sidirma va 50...65 % elanma unlari, umumiy chiqishi 80% bo'lgan un olinadi.
Javdar donidan birta navli sidirma uni tortish texnologik jarayonlari. Javdar donidan un tortishda sidirma unining sifat ko'rsatkichlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Kuldorligi 1,45 % dan ko'p emas;
Unning yirikligi N 045 elakdan o'tishi bilan aniqlanadi. Bazis sifat ko'rsatkichli javdar donidan sidirma unining chiqishi 87 % ni tashkil qiladi. 9 % kepak va 3,7 % chiqindi ajratib olinadi.
Un tortishning texnologik sxemasi 4..5 ta Yormalash va 1-2 ta yanchish sistemalaridan iborat. Yormalash jarayonidagi har bir sistemada qamchinli mashina o'rnatiladi. Oxirgi Yormalash sistemasining qoldig’i sidiruvchi mashinada qo'shimcha ishlov beriladi va elakdonda unni ajratib olish uchun saralanadi.
12-rasmda javdar donidan birta navli sidirma uni tortishning texnologik sxemasi keltirilgan.