Unning kleykovina miqdori, % dan kam bo'lmasligi kerak
Elakdagi qoldiq, №/% ko'p bo'lmasli- gi kerak
Elakdan o'tgan, №/% ko'p bo'lmasli- gi kerak
Bug’doy uni
Oliy
0,55
43/5
-
28
Birinchi
0,75
35/2
43/75
30
Ikkinchi
1,25
27/2
33/60
25
Bug’doy uni
To'liq maydalan- gan
Tozalashgacha bo'lgan donning kuldorligi 0,07 % kam bo'ligi kerak
0,67/2
38/30
20
Javdar uni
Elanma
0,75
27/2
38/90
-
Sidirma
1,45
045/2
38/60
-
Tarkibida bor bo'lgan yaxshi sifatli mag’izi, singan yorma miqdori, qobig’i olinmagan doni va boshqa ko'rsatkichlarining miqdoriga qarab yormalar navlarga ajratiladi. Yormalarni nomerlanishi ularni yirikligi bo'yicha g’alvirlarda saralash yo'li bilan aniqlanadi.
Yorma mahsulotlarining turlari
Ekin turi
Yormaning nomlanishi va turlari
Navlari va nomerlari
SHoli
Silliqlangan gurunch
Oliy navli, 1 va 2 navli
Silliqlangan maydalangan gurunch
Navlarga ajratilmaydi
YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun silliqlangan gurunch
Oliy navli,1-navli.
Grechi-xa
Qobig’i olingan mag’iz (yadritsa)
1-navli, 2-navli,3-navli
Maydalangan mag’iz (prodel)
Navlarga airatilmaydi
Tez pishar mag’iz
1-navli, 2-navli,3-navli
Tez pishar maydalangan mag’iz
Navlarga airatilmaydi
YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun tez pishar mag’iz
1-navli
Pishirishni talab qilmaydigan grechixa yormasi
Navlarga ajratilmaydi
Tariq
Silliqlangan tariq yormasi
Oliy navli, 1 va 2 navli
Tez pishar silliqlangan tariq yormasi
Oliy navli, 1 va 2 navli
Maydalangan suli yormasi
Oliy navli, 1 va 2 navli
Pachoqlangan suli yormasi
Oliy navli, 1 va 2 navli
Gerkules nomli suli yormasi
Navlarga ajratilmaydi
YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli yormasi
Oliy navli
Ekstra nomli suli yormasi
№1, №2, №3.
YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli uni
Navlarga ajratilmaydi
Arpa
Dursimon yormasi
N1, N2, N3, N4, N5
YAchnevaya yormasi
N1, N2, N3
Tez pishar arpa yormasi
N1, N2, N3
Pishirish vaqti qisqartirilgan dursimon yormasi
N1, N2, N3, N4, N5
Pishirishni talab qilmaydidigan arpa yorma
Nomerlarga ajratilmaydi
No'xat
Qobig’i olingan butun no'xat
1-navli, 2-navli
Qobig’i olingan bolingan no'xat
1-navli, 2-navli
Tez pishar no'xat yormasi
Navlarga va nomerlarga ajratilmaydi
Makka- juxori doni
Silliqlangan makkajuxori yormasi
N1, N2, N3, N4, N5
YAlpaytirilgan yorma ishlab ishlab chiqarish uchun yirik makkajuxori yormasi
Navlarga va nomerlarga ajratilmaydi
Qalamcha ishlab chiqarish uchun mayda makkajuxori yormasi
Navlarga va nomerlarga ajratilmaydi
Makkajuxori uni
Navlarga ajratilmaydi
Qattiq Bug’doy
Poltavskaya bug’doy yormasi
N1, N2, N3, N4,
Bug’doy yormasi
Tez pishar bug’doy yormasi
N1, N2, N3
Un va yorma ishlab chiqarishda standartlashning roli
Hozirgi kunda tegirmon va yorma zavodlarida standartlashtirilgan jihoz va uskunalar ornatiladi. Tegirmon va yorma zavodlariga qayta ishlash uchun keladigan donlar davlat standartlari talablariga javob berishi shart. Donni qabul qilish, saqlash va shu jarayonlarda ularning sifat ko'rsatkichlarini nazorat qilish usullari, dondan olinadigan mahsulotlarni qoplash, qadoqlash, saqlash va tashish jarayonlari ham standartlashtirilgan.
O zbekiston Respublikasida har bir tegirmon va yorma zavodidan chiqadigan mahsulotlar standartlar asosida sertifikatlangan bo'lib, o'z sertifikatiga ega bo'lishi shart.
Korxonalarni sertifikatlashda ularga o'rnatilgan jihozlarning turlari, sifati, ishlab chiqarish samaradorligi, jarayonlarni boshqaradigan texnologlarning bilim saviyasi va mutaxassisligi hisobga olinadi.
Un va yorma ishlab chiqarish texnologiyasida ekologiyaning vazifasi
Tabiat xom ashyolarini qayta ishlash bilan bog’liq bo'lgan, energiyasi yuqori bo'lgan korxonalarning jadal rivojlanishi, qishloq xo'jaligi va ko'pgina sanoat sohalarining aktiv ximiyalanishi murakkab ekologik muammolarni tug’dirdi. Hozirgi zamon ekologiyasida inson va biosfera o'rtasidagi o'zaro muloqot masalalarini ko'rib chiqish asosiy o'rinni tutadi.
Un va yorma ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga ta'siri bo' lib, bulardan asosiylari quyidagilar:
-tutash territoriyalarni changli chiqindilar bilan ifloslantirish; texnologik jihozlarning aspiratsiyasi to'g’ri tashkil qilingan bo'lsa bu hol istisnodir;
-texnologik va yordamchi jihozlarning ishlashida sodir bo'ladigan shovqin, asosan maydalovchi va havo puflovchi mashinalarda; shovqinni pasaytirish uchun maxsus choralar ko'rilishi kerak;
-vibratsiya; hozirgi zamon usullarida texnologik jihozlarni montaj qilish va sanoat korxonalarini ko'rish natijasida vibratsiya ishlab chiqaruvchi korpusda ham sezilmaydi;
-tozalanmagan oqova suvlarni ishlab chiqarishdan kanalizatsiyaga yuborish; tegirmonlarda donni yuvishdan voz kechilgandan keyin bu masala ham ahamiyatga molik bo'lmay qoldi.
Lekin, sohamiz korxonalarini to'la ekologik toza deb bo'lmaydi. Ular yashash massivlariga yaqin o'rnatilsa, shovqin baribir aholini bezovta qiladi, qolgan sharoitlarda esa ekologik jihatdan xavf tug’dirmaydi.
Takrorlash uchun savollar Un va yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari qanday?
Un ishlab chiqarish tegirmonlarida asosiy texnologik jarayonlarining tavsifini keltiring.
Yorma zavodlarida asosiy texnologik jarayonlarning tavsifini keltiring.
Bug’doy va javdar donidan qanday navli unlar ishlab chiqariladi?
Un va yormaning umumiy tavsifini keltiring.
Donlardan qanaqa yormalar ishlab chiqariladi?
Tegirmonga keladigan bug’doy va javdar donlarining sifat ko'r- satkichlariga qo'yilgan talablarni keltiring.
Yorma donlarining sifat ko'rsatkichlariga qanday talablar qo'yilgan?
Unlarni nav bo'yicha sifat ko'rsatkichlari qanaqa bo'lishi kerak?
Yormalarning sifat ko'rsatkichlari qanaqa bo'lishi kerak?
Tayanch iboralari Un - tortish jarayonida donning endospermasini kraxmalli qismini yanchishda hosil bo'ladigan kukunsimon mahsulot.
Yorma - donning qobiqlari (gul, meva va urug'’ qobig’i), aleyron qatlami va murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki mag’iz endospermasinmg katta bo'lakchalari.
MAVZU. UN VA YORMAISHLAB CHIQARISHDA XOM ASHYO
SIFATIDA DONNING XOSSALARINI O RGANISH.
Foydalanilayotgan adabiyotlar Egorov G.A., Mel’nikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologicheskie oborudovanie mukomoknoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
Don tuzilishining texnologik ahamiyati
Don qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Un va yorma ishlab chiqarishdagi umumiy sarfning 90-95 % don zimmasiga tushadi. SHuning uchun uni yuqori samaradorlik bilan ishlatish zarur, ya'ni minemal solishtirma ishlatish sarflarida sifati yuqori bo'lgan tayyor mahsulotlarning chiqishini maksimal ta'minlash.
Bunday muhim vazifani korxonalarda texnologiyaning yuksak usullarini va yuqori unumdorli jihozlarni qo'llagan holda, qayta ishlash jarayonida don xususiyatlarini boshqarish asosida amalga oshirish mumkin. Buning uchun mutaxassis korxonaga qabul qilinayotgan donning texnologik xususiyatlarini baholay olishi va xossalarini hisobga olgan holda texnologik jarayonlarning maqsadga muvofiq tartibini tanlay olishi zarur.
Hozirgi zamon ilmiy tasavvuriga ko'ra, donning xususiyatlarini baholashda quyidagilarni hisobga olish kerak: don fizik jihatdan murakkab bo'lib, strukturasi va xossalari har xil bo'lgan anatomik qismlarni (endosperm, qobiqlar va murtak) butun birlikda organiq bogTanishi natijasida hosil bo'lgan murakkab organizmdir.
Ikkinchidan, don-tirik organizm bo'lib, unda kechadigan hamma jara- yonlar, tabiat bog’liq bo'lmagan holda donning biologik sistemasiga ta'sir etuvchi boshqaruvchiga bo'ysunishini hisobga olish zarur. Termodinamiq nuqtai nazardan qaraganda don ichki va tashqi bogTamshlarmmg soni ko'p bo'lgan murakkab ochiq sistemaga o'xshaydi.
Qayta ishlash uchun xom ashyo sifatidagi donni kompleks baholash uchun uning texnologik potentsiali degan tushunchani qo'llash maqsadga muvofiq. U navning biologik xususiyatlari, o'stirishning tuproq va iqlim sharoitlari, agrotexnik tadbirlar kompleksi ta'siri ostida shakllanadi.