Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/34
tarix25.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#148584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

P,
Bu erda: RX - ajratilgan komponent miqdori.
R0 - shu komponentni aralashmadagi miqdori.
Ajratish jarayonini texnologik jarayonga ta’sir etuvchi omillari 4 guruhga bo'linadi:

  1. Mashinaga tushayotgan yuklanish sharoiti - bu mashinaning ishchi organiga vaqt birligi ichida tushayotgan mahsulotlar miqdori;

  2. Ajratishda aralashmaga ishlov berish vaqti;

  3. Aralashmaning tarkibiy qismlarini tabiiy xossalari;

  4. Ajratgichning ishchi organlarini geometrik va kinematik o'lchamlari.

  1. Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining

ahamiyati.
Tegirmonning tayyorlov bo'limida har xil chiqindilardan ajratib tozalangan don yana qo'shimcha ishlov berishni talab qiladi. Donni transportirovka qilishda va saqlashda donning yuzasida yig’ilib qolgan chang va qotib qolgan loylar quruq ishlov berish jarayonida ajratiladi. Bundan tashqari donlar travma olishi natijasida qobiqlari zararlanadi va qisman qo'poriladi. Bu donlar noqulay sharoitda saqlangan bo'lsa, donning yuzasida mogorli griblar rivojlanadi. Bunday ifloslikni yo'qotish uchun donni yuzasiga quruq yoki ho'l usulda ishlov beriladi. Quruq usulda ishlov berish kamchinli va shutkali mashinalarda yoki A1-ZSHN rusumli qobiq ajatuvchi mashinasi- da bajariladi. Namlab ishlov berish usulida donni yuzasiga ishlov berish uchun yuvadigan mashinalar yoki namlab qayroqlaydigan (A1-BMSH rusumli) mashinalar qo'llanadi.
Tegirmonda donni oddiy un tortishga tayyorlash sxemasida va javdar donidan navli un tortishda qobiq ajratuvchi qamchinli mashinalar donga gidotermik ishlov berishdan oldin o'rnatiladi. Bug’doy donidan navli un tortishda qamchinli mashinalar gidrotermik ishlov berishdan oldin va keyin ham o'rnatiladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berganda qamchinli mashinalarda don massasi tarkibida qotgan tuproq bo'lakchalari bo'lsa ular maydalanadi, donning yuzasi changlardan tozalanadi, qisman donning qobiqlari va murtagi ajratib olinadi.
Donning yuzasiga ho'l usulda ishlov berishda yuvuvchi mashinalar qo'llanilsa don intensiv yuviladi - donning nafaqat yuzasidan balki uning jo'yakchasidan ham chang va mikroorganizmlar olib tashlanadi. YUvuvchi mashinalarda donning yuzasini tozalash bilan birgalikda yana don massasidan gidrodinamiq yengil (boshoq qismlari, poyasi, barglar, puch donlar va boshqalar) va og’ir chiqindilar (nomagnit metal bo'lakchalari, shisha va boshqalar) olib tashlanadi.
YUvuvchi mashinalarda donni yuvish uchun faqat odam ichadigan suv ishlatiladi. Bir tonna donni yuvish uchun 2 metr kub suv sarf qilinadi. Donni yuvilgan suvida ko'p miqdorda iflosliklar va mikroorganizmlar bo'ladi. Bu suv kanalizatsiyaga yuborilishidan oldin tozalanishi kerak.
Namlab qayroqlovchi mashinalarda don namlanadi va qayroqlanadi. Bu mashinalarda yuvuvchi mashinalarga nisbatan 5-10 barobar suv miqdori kam talab qilinadi.
Donlarning yuzasiga quruq ishlov berishda donning strukturali-mexaniq, fizik-kimyoviy va texnologik xossalari o'zgaradi. YUqoridagi meva qobiqlarni qisman olib tashlash natijasida donning mustahkamligi kamayadi, bu donni maydalashga ketadigan elektr energiyasi sarfini kamaytiradi. Qobiqdan ajratilgan donga suv tezda singadi va endospermda gidrotermik ishlov berish jarayoni jadal boradi.
Ishlab chiqarish sharoitida donning yuzasiga ishlov berish samaradorligi donning kuldorligini kamayishi bilan baholanadi. Bunda qo'shimcha singan donlarning miqdorini oshishi ham hisobga olinadi. Ho'l usulda donlarga ishlov berilganda donning namligini oshishi ham aniqlanadi.
Donlami yuzasiga ishlov berganda donning kuldorligi quyidagicha kamayishi shart:

  1. Kamchinli mashinalarda - 0,03 - 0,05 %;

  2. YUvuvchi mashinalarda yoki namlab

qayroqlovchi mashinalarda - 0,03 - 0,05 %;

  1. A1-ZSHN rksumli mashinalarda - 0,08 - 0,12 %;

Singan donlarning miqdori ko'payishi 2 % dan oshmasligi kerak. Donlarni yuvganda yoki namlab qayroqlaganda donni mikroorganizmlar soni 4-5 barobar kamayadi, don A1-ZSHN-3 rusumli mashinalarda qayroqlanganda mikroorganizmlar soni yanada ko'proq kamayadi.

  1. Yorma zavodlarida donning yuzasiga ishlov berish jarayonining

ahamiyati.
Yorma zavodlarida donning yuzasiga qamchinli yoki abraziv yuzali mashinalarida ishlov berganda don massasi tarkibida qotgan tuproq bo'lakchalari bo'lsa ular maydalanadi, donning yuzasi changlardan tozalanadi, qisman donning qobiqlari va murtagi ajratib olinadi.
Tozalangan arpa donlari fraktsiyalari RZ-BKT tosh tozalagich mashinasida mineral aralashmalardan (tosh, shisha, kesak) tozalanadi.
Tozalangan arpa doni urib tozalovchi R3-BGO-6 va A1-ZSHN ma- shinalarida ketma ket ikki martadan ishlov berilib, gul qobigi ajratib olinadi va aspiratorda yengil aralashmalardan tozalangan yadro donning qobig’ini ajratish bo'limiga uzatiladi.

  1. Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni.

Tegirmon va yorma zavodlarida gidrotermik ishlov berishning asosiy maqsadi donni boshlang’ich texnologik xossalarini yo'naltirilgan holda belgilangan o'lchamda o'zgartirib, bu xossalarni bir xilda optimal holda saqlashdir.
Ishlab chiqarishga kelayotgan don endospermasi va qobiqlarini strukturali-mexaniq xossalarini farqi juda kam bo'ladi. SHuning uchun ularni bir-biridan ajratish juda qiyin bo'lib, bunday donlarni qayta ishlashda natija yuqori bo'lmaydi. Gidrotermik ishlov berishda asosan donni qobig’i va endospermasining xususiyatlarini farqini ko'paytirishga harakat qilinadi. Bunda tegirmonlarda jarayon shunday olib boriladiki endospermning mustahkamligi kamaytiriladi va qobiqning mustaxkamligi oshiriladi. Yorma zavodlarida esa teskarisi qilinadi, ya'ni mag’izning (endosperm) mustahkamligi oshiriladi, qobiqning mustahkamligi kamaytiriladi. Bu o'zgarish qancha jadal borsa, shuncha donni qayta ishlab un va Yorma olish samaradorligi yuqori bo'ladi. Donni texnologik xossalarini o'zgartirish darajasi gidrotermik ishlov berishning aniq usullari va donni suv bilan o'zaro harakatini alohidaligi bilan aniqlanadi.


  1. Yüklə 1,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin