Silliqlangan gurunch. Silliqlangan maydalangan gurunch YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun silliqlangan gurunch. Qobig’i olingan mag’iz (yadritsa). Maydalangan mag’iz Tez pishar mag’iz. Tez pishar maydalangan mag’iz.
YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun tez pishar mag’iz. Pishirishni talab qilmaydigan grechixa Yormasi.
Silliqlangan tariq Yormasi. Tez pishar-silliqlangan tariq Yormasi. Maydalangan suli Yormasi. Pachoqlangan suli Yormasi.
Gerkules nomli bargsimon suli Yormasi (xlop’e).
YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli yormasi.
Ekstra nomli suli yormasi.
YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli uni.
Dursimon yormasi. Silliqlangan arpa yormasi.
Tez pishar arpa yormasi. Pishirish vaqti qisqartirilgan dursimon yormasi. Pishirishni talab qilmaydigan arpa yormasi.
Qobig’i olingan butun no'xat yormasi. Qobig’i olingan bo'lingan no'xat yormasi. Tez pishar no'xat yormasi.
Silliqlangan makkajuxori yormasi. Bargsimon yorma ishlab chiqarish uchun yirik makkajuxori yormasi.
Qalamcha ishlab chiqarish uchun mayda makkajuxori yormasi. Makkajuxori uni.
Silliqlangan bug’doy yormasi.
Tez pishar bug’doy yormasi.
Xalisa uchun bug’doy yormasi.
Yormalarning sifat korsatkichlari.
SHoli, tariq, grechixa, suli donlaridan maydalanmagan butun yorma ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonida hosil bo'ladigan maydalangan mag’izlar oziq-ovqat mahsulotlariga (maydalangan sholi, maydalangan grechixa) yoki ozuqa mahsulotlariga (tariq va sulining maydalangan mag’izi) tegishlidir.
Butun mag’izdan olingan yorma sifatiga qarab ikki yoki uch navga bo'linadi. Maydalangan yorma navlarga bo'linmaydi.
Arpa, bug’doy, makajuxori donlaridan olingan maydalangan silliqlangan yormalar yirikligiga qarab nomerlarga bo'linadi.
Ko'p turli yormalarning asosiy sifat ko'rsatkichiga to'liq sifatli mag’iz miqdori kiradi, bundan tashqari yorma tarkibida organiq va zararli minerallar, metallomagnit chiqindilar, qobig’i olinmagan don, butun yorma tarkibida maydalangan yorma miqdori chegaralanib qo'yiladi.
Nomerli maydalangan yorma uchun tekislanganlik bo'yicha sifat ko'rsatkichi o'rnatilgan, ya'ni aniq yiriklikdagi zarrachalar miqdori foizda belgilangan.
Tariq donining turlari va sifat ko'rsatkichlari.
Tariq donidan silliqlangan uch navli (oliy, birinchi va ikkinchi) yorma ishlab chiqariladi.
Silliqlangan tariq yormasi bu gul qobig’i, meva va urug' ’ qobig’i, murtak va qisman aleyron qatlamdan ajratilgan tariq mag’izini tashkil qiladi. Tariq yormasi o'zining iste'molbop xossalari va tez pishishi bilan ajralib turadi. Tariq yormasini pishirganda uning hajmi olti-etti barobar oshadi, bo'tqasi yaxshi ta'mi, rangi, konsistentsiyasi va tez hazm bo'lishi bilan tavsiflanadi.
Tariq donining oqsil moddasi yuqori biologik qimmatga ega emas, chunki uning tarkibida lizin, metionin va triptofan aminokislotalarining miqdori etarli emas. Tariq yormasini tarkibida lipidlarning ko'pligi Yormani saqlash muddatlarini kamaytiradi.
Yorma ishlab chiqarishda tariq donining to'rtta xili qo'llaniladi. Yorma ishlab chiqarishda qimmatli tariq doni deb oq va oq-sariq rangli plyonkali, hamda qizil rangli gul plyonka bilan qoplangan don navlari hisoblanadi. Donning plyonkasini miqdori 20 % oshmasligi kerak.
YAdroning konsistentsiyasi ham asosiy texnologik ko'rsatkichlardan hisoblanadi. SHaffofsimon yadroli tariq navlari yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi, qobiq ajratish va silliqlash jarayonlarida kamroq maydalanadi. Yirik va aylana shaklidagi tekislangan tariq doni navlari yaxshi texnologik xossalariga egadir.
Tariq donini gul plyonkalari yadro bilan birga o'smagan bo'lib, qobiq ajratishda yengil ajratiladi. Namligi 13,5... 14,5 % bo'lgan tariq doni qayta ishlaganda yormaning chiqishi ko'p bo'ladi.
Tariq donini qayta ishlashga tayyorlash jarayoni.
Tariq donini qayta ishlashga tayyorlashning alohidaligi shundan iboratki tariq doni massasi tarkibida ajralishi qiyin bo'lgan chiqkindilar ko'p bo'ladi. Bu chiqindilarni fizik xossalari mayda tariq donining xossalariga yaqin bo'lganligi sababli ularni ajratish juda qiyin kechadi. Bu chiqindilarning ancha qismini teshiklarini o'lchami 1,6x20 mm (1,5x20 mm) g’alvirda ajratish mumkin, lekin chiqindilar bilan birga qisman mayda don ham yo'qotiladi.
Tariq donini qayta ishlashga tayyorlash texnologik sxemasi quyidagilarni o'ziga oladi: donni uch marta havoli-g’alvirli separatorlarda tozalash; donni chiqindilardan qo'shimcha elakdonlarda tozalash; tosh tozalagich mashinalarida mineral chiqindilarni ajratib olish.
Donni uch marta ketma ket havoli-g’alvirli separatorlarda tozalaganda yirik chiqindi birinchi separatorda teshik diametri 4,0...4,5 mm bo'lgan g’alvir bilan uchinchi separatorda teshik diametri 3,0...3,5 mm bo'lgan g’alvir bilan ajratib olinadi. Mayda chiqindi 1,5x20 mm va 1,7x20 mm teshikli g’alvirlar yordamida ajratiladi.
Mayda chiqindilar qo'shimcha A1-BRU markali elakdonda va buratlarda 1,7x20 mm teshikli g’alvirlar yordamida oxirgi marta ajratiladi. Teshik diametri 2,7 mm g’alvirdan o'tgan mahsulot yirik don fraktsiyasidir. Teshik diametri 2,0 mm g’alvirda qolgan mahsulot mayda don fraktsiyasi hisoblanadi. Yirik va mayda don fraktsiyalari alohida tosh tozalagich mashinalariga yuboriladi. CHiqindilar buratlarda nazorat qilinadi va har qaysi chiqindi kategoriyasi bo'yicha alohida bunkerga yuboriladi. Tariq doniga gidrotermik ishlov berilmaydi.
Tariq donini qayta ishlab yorma olish jarayoni.
Tariq donidan yorma olish texnologik sxemasi quyidagi jarayonlarni o'ziga oladi: donning qobig’ini ajratish; qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash; yadroni silliqlash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
Donning qobig’ini ajratish va qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash oraliq yadroni ajratib olmasdan qobiq ajratish sxemasi asosida olib boriladi. Donning qobig’i abraziv valli va rezinmatoli plastinkali dekali valli-dekali dastgohda ajratiladi. Donning qobig’i bir dekali yoki ikki dekali dastgohda ajratiladi. Ikki dekali dastgohda donning qobig’ini ajratish samaradorligi yuqori. Vallarning aylanish tezligi 15,5 m/s ni tashkil qiladi. Ikki dekali dastgohda donning qobig’i ajratilganda dastgohdan keyin hosil bo'lgan mahsulot tarkibida qobig’i ajralgan don va maydalangan yadroning miqdori birinchi qiyin 91,0 va 3,7 % bo'lishi kerak, ikkinchi sistemadan keyin 99,0 va 5,0 % bo'lishi kerak. Maydalangan yadroga teshik diametri 1,5 mm bo'lgan g’alvirdan o'tgan yadro bo'lakchalari kiradi.
Bir dekali dastgohda donning qobig’i ajratilganda dastgohdan keyin hosil bo'lgan mahsulot tarkibida qobig’i ajralgan yadroning miqdori quyidagi bo'lishi kerak: birinchi sistemadan keyin 80...90 %, ikkinchi sistemadan keyin 90...95 %, uchinchi sistemadan keyin 95...98 %, to'rtinchi sistemadan keyin 99 %.
Bir va ikki dekali dastgohda qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan mahsulot tarkibi 20-jadvalda keltirilgan.
20-jadval