Bir va ikki dekali dastgohda qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan
mahsulot tarkibi (%)
Dastgoh turi va sistemasi
|
Qobig’i
ajralmagan
don
|
Butun
YAdro
|
Mayda-
langan
yadro
|
Un
|
Qobiq
|
Ikki dekali: birinchi sistema
|
8,6
|
74,25
|
1,65
|
0,40
|
15,1
|
ikkinchi sistema
|
1,1
|
76,85
|
3,80
|
1,05
|
3,0
|
Bir dekali: birinchi sistema
|
15,0
|
66,50
|
2,50
|
0,70
|
15,3
|
ikkinchi sistema
|
7,2
|
71,60
|
2,90
|
0,80
|
1,5
|
uchinchi sistema
|
3,0
|
73,40
|
3,50
|
1,20
|
0,6
|
to'rtinchi sistema
|
0,7
|
73,50
|
3,95
|
1,30
|
0,4
|
Donning qobig’i ajratilgandan keyin yadroda meva va urug'’ qobig’i, aleyron qatlam va murtak qoladi. Qobiqlarning kop qismini va murtakni olib tashlash uchun yadro A1-ZSHN-3 rusumli silliqlovchi mashinalarda yoki valli dekali dastgohlarda silliqlanadi. Silliqlash mahsulotlari tarkibidagi qobiq va un havo separatorlarida (aspiratorlarda) ajratib olinadi.
Yorma va qoshimcha mahsulotlar A1-BRU rusumli elakdonlarda yoki yorma ajratgichlarda yirikligi bo'yicha saralash yo'li bilan ajratiladi. Teshik diametri 2,3...2,5 mm bo'lgan g’alvir qoldig’i bilan chiqindilar (bug’doy javdar va boshqalar) ajratib olinadi. Teshik diametri 2,3...2,5 mm bo'lgan g’alvirdan o'tgan mahsulot tariq Yormasi ikki marta aspiratorlarda va magnit separatorida nazorat qilingandan keyin tayyor mahsulot bunkeriga yuboriladi.
Tariq donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifati.
Bazis konditsiyali sifat ko'rsatkichli tariq donini qayta ishlab olingan yormaning chiqishi 21-jadvalda keltirilgan.
21-jadval
Tariq donidan olinadigan yormalarning turlari,%
№
|
Mahsulot nomi
|
Silliqlash usuli
|
|
|
valli dekali
|
A1-ZSHN-3
|
|
|
dastgohda
|
rusumli
mashinada
|
1
|
Yorma: oliy navli
|
5,0
|
5,0
|
|
birinchi navli
|
58,0
|
56,0
|
|
ikkinchi navli
|
2,0
|
2,0
|
|
Jami Yormalar
|
65,0
|
63,0
|
2
|
Maydalangan yuormalar
|
4,0
|
5,0
|
3
|
Ozuqa uni
|
8,5
|
9,5
|
4
|
Qipiq, III kategoriya chiqindi, mexaniq yo'qotish
|
15,0
|
15,0
|
5
|
I va II kategoriya chiqindi
|
7,0
|
7,0
|
6
|
Qurish
|
0,5
|
0,5
|
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
Takrorlash uchun savollar
Yorma donlarining tavsifini keltiring.
Donlardan qayta ishlab olinadigan yormalarning turlarini keltiring.
Butun mag’izli yormalar qaysi ekin donlaridan olinadi?
Maydalangan mag’izli yormalar qaysi ekin donlaridan olinadi?
Yormalarning sifat ko'rsatkichlariga qanday talablar qo'yiladi?
Yorma ishlab chiqarishda qo'llaniladigan tariq donining tavsifini keltiring.
Donni qayta ishlashga tayyorlashda qanday jarayonlar bajariladi? Ularning tavsifini keltiring.
Tariq donini tozalashda qanaqa uskunalar qo'llaniladi?
Donni qayta ishlashda qanday jarayonlar bajariladi? Ularning tavsifini keltiring.
Tariq donining qobig’ini ajratishda qanaqa mashinalar qo'llaniladi?
Tariq donining qobig’ini ajratish qaysi texnologik sxema asosida bajariladi?
Tariq donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlarini keltiring.
Tayanch iboralari.
Yorma ekinlari: tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib o'smagan ekin donlari (tariq, suli, sholi, grechixa), tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib o'sgan ekin donlari (arpa, bug’doy, makkajuxori).
Yorma mahsulotlari: qobig’i olingan yorma, silliqlangan yorma, silliqlangan maydalangan yorma, pachoqlangan yorma, bargsimon yorma, oqshoq, un.
Tariq doni. Yormaning chiqishi. Yormaning sifat ko'rsatkichi.
Tayyorlash jarayoni: havoli-g’alvirh separatorda, elakdonlarda va tosh tozalagich mashinalarida donni tozalash; gidrotermik ishlov berish.
Qayta ishlash jarayoni: donning qobig’ini ajratish; qobiq ajratish ja- rayonida hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash; yadroni silliqlash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
MAVZU. GRECHIXA DONIDAN YORMAISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI
Reja:
Grechixa donining turlari.
Grechixa donining sifat ko'rsatkichlari.
Grechixa donini chiqindilardan tozalash.
Grechixa doniga gidrotermik ishlov berish.
Grechixa donini qobig’idan ajratishdan oldin yirikligi bo'yicha fraktsiyalarga ajratish.
Grechixa donining qobig’ini ajratish.
Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash.
Grechixa donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlari.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
Egorov G.A., MeTnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomoTnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
MeTnikov E.M. Texnologiya krupyanogo proizvodstva. M., Agropromizdat. 1991 g.
Grechixa donining turlari.
Grechixa donidan ikki xil yorma ishlab chiqariladi - grechixa yormasi va maydalangan grechixa yormasi. Grechixa yormasi qobig’i olingan butun mag’izdan iborat bo'lib, teshiklari 1,6x20 mm g’alvirdan o'tmaydi. Maydalangan grechixa yormasi maydalangan mag’izdan iborat bo'lib, teshiklari 1,6x20 mm g’alvirdan o'tadi va N 068 g’alvirda qoladi.
Grechixa yormasi yuqori biologik qimmati bilan boshqa yormalardan ustun turadi. Oqsil va almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar miqdori bo'yicha grechixa yormasi yormalar ichida birinchi o'rinda turadi. Grechixa yormasi tarkibida yog’ moddasi miqdori (2,6 % gacha) ham juda ko'p, hatto grechixa lipidi ko'p biologik aktiv moddalarga boy bo'lib, xususan tokoferol juda ko'p. Tokoferollarning ba'zi shakllari antioksidant bo'lgani uchun grechixa yormasini saqlash muddati kattadir. Grechixa yormasida V1, V2 va RR vitaminlari ko'p miqdorda bor, yana juda kerakli mineral komponentlar - temir, kaltsiy, fosfor ham kerakli miqdorda mavjud.
Grechixa donining sifat korsatkichlari.
Grechixa doni boshqa yorma donlaridan o'zining uch qirrali (uchburchak piramidaga o'xshash) shakli bilan ajralib turadi. Don meva qobig’i (16...25 %) bilan qoplangan bo'lib, tuzilishi bo'yicha gul plyonkasini eslatadi. Mag’izda yupqa urug'’ qobig’i (1,5...2,0 %) va aleyron qatlam (4,0...5,0 %) bor. Grechixaning murtagi katta (10...15 %) bo'lib, endospermaning ichida joylashgan bo'ladi va lotincha S harfiga o'xshaydi. endospermi unsimon va juda mo'rt bo'ladi.
Grechixa yormasi silliqlanmaydi, bu uning shakli, endospermasini tuzilishi va murtakni joylashuvi bilan tushintiriladi.
Grechixa doni tarkibida uchraydigan aralashmalar bug’doy va tatar grechixasini ajratish juda qiyindir.
Grechixa doni uchun asosiy texnologik ko'rsatkichlarga donning yirikligi va tekislanganligi kiradi. Grechixa donini yirikligi bo'yicha oltita fraktsiyaga ajratilishi sababli bu ko'rsatkichlar juda keraklidir. Yirik fraktsiyali grechixa donlarida meva qobig’i miqdori kam bo'ladi va yaxshi ajraladi. Bunday donlarning qobig’ini ajratganda mayda don fraktsiyalariga nisbatan kam miqdorda maydalangan mag’iz hosil bo'ladi.
Grechixa donini chiqindilardan tozalash.
Grechixa donini qayta ishlashga tayyorlash don tarkibidagi chiqindilarni ajratish va donga gidrotermik ishlov berish jarayonlaridan iborat.
Donning tarkibidagi chiqindilarni ajratish uchun fraktsiyalarga bo'lish usuli qo'llaniladi. Birinchi va ikkinchi separatorlar sistemasida yirik chiqindilarni ajratish uchun uchburchak teshikli uchburchak tomonlari
..7.5 mm bo'lgan g’alvir qo'llaniladi. Donning tarkibidan chiqindilarni to'liq ajratish uchun A1-BRU rusumli elakdon yoki Yorma ajratgich ishla- tiladi. Birinchi elakdonda uchburchak teshikli g’alvirlarda chiqindilar ajratiladi va don ikkita fraktsiyaga bo'linadi. Har bir fraktsiya doni elakdonlarda alohida ajralishi qiyin bo'lgan va mayda chiqindilardan tozalaniladi. Tarkibida asosiy mineral chiqindilari bo'lgan don fraktsiyasi (mayda don fraktsiyasi) tosh tozalag’ich mashinasida yoki pnevmosaralash stolida tozalaniladi.
Dondan uzun bo'lgan chiqindilardan (bug’doy, arpa va boshqalar) tozalash uchun suli ajratgich (A9-UTO-6) mashinasi qo'llaniladi.
Don tozalash uskunalarida ajratib olingan donsimon chiqindilar Yorma ajratgich mashinalarida nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |