Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi
Yormalarni boyitishni qisqartirilgan jarayoni bilan murakkab takrorlanuvchi un tortish. Yormalarni boyitishni qisqartirilgan jarayoni bilan murakkab- takrorlanuvchi un tortish guruhiga bug’doy donidan birta navli unning chiqishi 85 % bo'lgan ikkinchi navli un tortish kiradi. Bug’doy donidan olingan ikkinchi navli unning sifati quyidagi talablarni qondirishi kerak: Kuldorligi 1,25 % dan ko'p emas; Hul kleykovina miqdori 25 % dan kam emas; Yirikligi - N27 elakdagi qoldiq 2 % dan ko'p emas, N 38 elakdan o'tgan elanma 60 % dan kam emas. Bug’doy donidan ikkinchi navli un tortish texnologik sxemasida beshta yormalash, beshta yanchish va uchta boyitish sistemalari mavjud. I...IV yormalash sistemalarida qamchinli mashinalar o'rnatilgan. Sistemalarning texnik tavsifi shunday tanlanganki, mahsulotlarni jadal ravishda maydalash ta'minlanadi. Yormalash jarayonida yirik yormacha, o'rtacha yormacha, mayda yormacha, dunstlar va un ajratib olinadi. Yormachalar faqat birinchi ikkita yormalash sistemasida ajratib olinadi. Boyitish sistemalarida boyitilgan yormachalar yanchish sistemalarida yanchiladi. Un maydalashning hamma sistemalaridan ajratib olinadi. Yormalarni boyitishni rivojlangan jarayoni bo'lgan murakkab- takrorlanuvchi un tortish. Yormachalarni boyitishni rivojlangan jarayoni bo'lgan murakkab- takrorlanuvchi un tortish guruhiga bug’doy donidan ikkita va uchta navli un tortishlar kiradi. Bu un tortish guruhi asosiy bo'lib, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qo'llaniladi. Bazaviy sifatli dondan unlarning chiqishi quyidagicha: Unning chiqishi 75 % yoki 78 % ikkita navli un tortish; Unning chiqishi 75 % yoki 78 % uchta navli un tortish; Unning chiqishi 72 % yoki 75 % ikkita navli makaron uni tortish; Bug’doy donidan asosan yuqori navli unlar ishlab chiqariladi. YUqori navli unlarning sifat ko'rsatkichlariga qo'yilgan talablar ham yuqori bo'ladi. SHuning uchun yuqori navli un tortishda texnologik jarayonlarni tashkil qilish ham murakkab bo'ladi. Bunda oliy navli unlarning chiqishini ko'paytirish uchun oraliq mahsulotlarni (Yormachalarni) havoli- g’alvirli mashinalarda ishlov berish katta ahamiyatga egadir. Yormalash jarayoni shunday olib boriladiki, bunda donning en- dospermasini Yorma va dunst ko'rinishida to'liq ajratib olish imkoniyatini ta'minlash zarur. SHu bilan birga Yormalash sistemasida qisman un ham hosil bo'ladi. Boyitish sistemalarida yirik, o'rtacha va mayda Yormalar havoli-g’alvirli mashinalarda boyitiladi, bunda kuldorligi yuqori bo'lgan qoldiq mahsulotlarning bir qismi Yormalash jarayoniga qaytariladi, boyitilgan Yormachalar yanchib un olish uchun yanchish sistemalariga yuboriladi. Boyitish sistemalarida tayyor mahsulot sifatida 2 % gacha manna Yormasi ham ajratib olish mumkin. YAnchish sistemalarida boyitilgan Yormacha va dunstlar jadal ravishda yanchilib un olinadi. Yormalash va saralash jarayonlari. Don va mahsulotlarni maydalash to'rtta yormalash sistemasida bajariladi. Uchinchi va tortinchi yormalash sistemalari (III yo.s. va IV yo.s.) yirik va mayda mahsulotlarni maydalash uchun ikkiga bo linadi. Hammasi bo'lib oltita maydalash sistemasi qo'llaniladi. Ikkinchi yormalash sistemasidan keyin mahsulotlarni yirik va mayda fraktsiyalarga bo'lishdan maqsad - yirik fraktsiyada endosperm miqdori kam bo'ladi. SHuning uchun III yirik yormalash sistemasining qoldiq mahsuloti sidiruvchi mashinaga yuboriladi. Birinchi uchta yormalash sistemalaridan endosperm massasining asosiy qismi kam kuldorli mahsulot sifatida ajratib olinadi. Bu mahsulotlarni ajratib olish miqdori 78...80 % dan kam bo'lmasligi kerak. SHundan yirik yormachaning miqdori 18...20 %, o'rtacha yormachaning miqdori 22...24 %, mayda yormachaning miqdori 13...15 %, dunstlar miqdori 12 .14% va unning miqdori 13...15% ni tashkil qiladi. SHunday qilib, tayyorlov bo'limidan kelgan don massasidan ajratib olingan Yormacha va dunstlarning miqdori 65 % ni tashkil qilishi kerak. Bu mahsulotlar asosiy qimmatga egadirlar. Dunstlar va qisman mayda yormachalar yanchish jarayoniga yuboriladi, yirik va o'rtacha yormachalar alohida yiriklik fraktsiyasi bo'yicha havoli-g’alvirli mashinalarda boyitiladi. Boyitish va silliqlash jarayoni. Boyitish jarayonida yormachalar alohida yiriklik fraktsiyasi bo'yicha havoli-g’alvirli mashinalarda elak va havo oqimi yordamida boyitiladi. Havoli-g’alvirli mashinalarda elaklar kelayotgan yormachaning yirikligidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Havoli-g’alvirli mashinalardan keyingi mahsulot sifati bo'yicha taqsimlanadi: juda ko'p miqdorda qobiqlari bo'lgan yormachalar III va IV yormalash sistemalariga qaytarib yuboriladi; en- dospermda qisman qobig’i bo'lgan yormachalar qo'shimcha ishlov berish uchun silliqlash jarayoniga yuboriladi; boyitilgan yormachalar birinchi yanchish sistemalariga yuboriladi. Silliqlash sistemalariga kelayotgan yormachalarni maydalash shunday rejimlarda olib boriladiki, bunda endosperm qismi maydalanadi, qobiqlar maydalanmasdan butun holida qoladi. YAnchish jarayoni. YAnchish jarayonida yormalash va saralash jarayonlarida, qo'shimcha silliqlash va boyitish jarayonlarida ishlov berib ajratib olingan yormacha va dunstlar yanchiladi. YAnchish jarayoni oddiy bo'lib, 10... 12 ta yanchish sistemasidan iborat. 2, 3 yanchish sistemalarida birinchi sifatli toza Yormacha va dunstlar yanchiladi. 4, 7, 9 yanchish sistemalari qoldiq sistemalari rolini o'ynaydi. Bu har bir yanchish sistemasiga oldingi ikkita yoki uchta yanchish sistemasidan qoldiq mahsulotlar keladi. YAnchish sistemalaridagi valli dastgohlarning vallarini yuzasi g’adir budurli bo'ladi. Valli dastgohdan keyin mahsulot birinchi uchta yanchish sistemasida entoleytorlarda, qolgan sistemalarda detasherlarda qo'shimcha ishlov beriladi. Oxirgi 11 yanchish sistemasida tishli vallar bo'lganligi sababli detasher qo'llanilmaydi. entoleytor va detasherlarni qo'llash har bir sistemada unning chiqishini oshiradi. G’adir-budurli vallarni qo'llash qobiqli bo'lakchalarni maydalanishini oldini oladi. YAnchilgan mahsulotlar R3-BRB yoki ZRSH-M rusumli elakdonlarda saralanadi. Takrorlash uchun savollar Bug’doy donidan oddiy un tortish jarayoni qanaqa sistemalardan tashkil topgan? Javdar donidan oddiy un tortish jarayoni qanaqa sistemalardan tashkil topgan? Bug’doy va javdar donlaridan oddiy un tortishda hosil bo'ladigan yo'ldosh mahsulotlarning miqdorini keltiring. Yormachalarni boyitmasdan murakkab-takrorlanuvchi un tortishda qanday navli unlar hosil bo'ladi? Yormachalarni boyitmasdan murakkab-takrorlanuvchi un tortishda qo'llaniladigan jarayonlarning tavsifini keltiring. Yormachalarni boyitishni qisqartirilgan jarayoni bilan murakkab- takrorlanuvchi un tortishda qanday navli unlar olinadi? Yormalarni boyitishni rivojlangan jarayoni bo'lgan murakkab tak- rorlanuvchi un tortishda qo'llaniladigan jarayonlarning tavsifini keltiring. Makaron mahsulotlari uchun un tortishning o'zgachaligi qanday? Makaron mahsulotlari uchun un tortishda qo'llaniladigan bug’doy donlarining tavsifini keltiring. Yormalarni boyitishni rivojlangan jarayoni bo'lgan murakkab tak- rorlanuvchi un tortishda navlar bo'yicha un oqimlari qanday hosil qilinadi? Tayanch iboralari. Oddiy un tortish. Murakkab un tortish: Yormachalarni boyitmasdan un tortish; Yormachalarni qisqartirilgan jarayoni bilan un tortish; Yormachalarni rivojlangan boyitish jarayoni bilan un tortish. 13 MAVZU. YORMAISHLAB CHIQARISH. Reja: Yorma ekin donlarining texnologik xossalari. Donlarning texnologik xossalarini aniqlovchi korsatkichlar. Yorma ekin donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarining turlari. Yormalarning sifat ko'rsatkichlari. Tariq donining turlari va sifat ko'rsatkichlari. Tariq donini qayta ishlashga tayyorlash jarayoni. Tariq donini qayta ishlab yorma olish jarayoni. Tariq donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifati. Foydalanilayotgan adabiyotlar. Egorov G.A., MeTnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g. Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomoPnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g. MePnikov E.M. Texnologiya krupyanogo proizvodstva. M., Agropromizdat. 1991 g. Yorma ekin donlarining texnologik xossalari. Yorma zavodlari 8-10 xil yorma ekinlaridan Yorma ishlab chiqaradi. Grechixa, tariq va sholi donlari - asosiy yorma ekinlari hisoblanadi. CHunki ular asosan yorma ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bundan tashqari suli, arpa, bug’doy, no'xat, makkajuxori, alohida hollarda oq juxori, chechevitsa (yasmiq-dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o'simlik) va boshqa ekin donlaridan yorma ishlab chiqariladi. Ekin donlari o'zlarining xususiyatlarini har xilligi bilan bir-biridan farq qiladi. Don xususiyatlari ko'rsatkichlarini ikki guruhga bo'lish mumkin: Faqat shu ekin doniga ta'lukli xususiyatlari (shakli, mag’iz va qobiqlarni o'zaro bogTanish mustahkamligi, mag’izni mustahkamligi va boshqalar); Har qaysi ekin chegarasida o'zgaradigan xususiyatlar (namlik, yirikligi, tozaligi, chiqindilar miqdori va boshqalar). Don asosan uch qismdan tashkil topgan - endosperm, qobiqlar va murtak. Donlarni qayta ishlab yorma olishda endospermdan (mag’izdan) qobiqlar ajratiladi. Birinchi navbatda tashqi qobiqlar ajratiladi - gul qobig’i (sholi, tariq, suli, arpa), meva qobig’i (bug’doy grechixa, makkajuxori) va urug'’ qobig’i (no'xatda). Har xil ekin donlarining tashqi qobiqlari (po'stlog’i) mag’iz bilan birlashmasdan, yoki bir nuqtada birlashgan holda o'rab turadi (tariq, grechixa, sholi va suli), yoki mag’izning hamma yuza qismiga jips tutashgan bo'ladi (arpa, bug’doy, makkajuxori, no'xat). MagTzlardan qobiqlarni ajratish usuli har xil bo'ladi, chunki mag’iz bilan qobiq bir-biriga mustahkam yoki mustahkamsiz birlashgan bo'ladi. Donlarning tuzilishi ulardan olinadigan yormaning turini ham aniqlab beradi. Mag’iz va qobig’i bir-biriga birlashmagan yorma ekin donlaridan asosan butun yorma ishlab chiqariladi, texnologik jarayon etarli darajada samaradorli bo'lmaganida ko'p bo'lmagan miqdorda singan yormalar ham olinadi. Qobiq bilan mag’iz birlashib o'sgan bo'lsa, donlarning qobig’ini ajratish qiyin kechadi. Bunday paytlarda katta mexaniq kuch ishlatishga to'g’ri keladi, bu mag’izlarning qisman sinishiga olib keladi. Bunday ekin donlarini qayta ishlashda har xil o'lchamdagi (raqamli) singan yormalar olinadi. Har xil ekin donlarining mexaniq xususiyatlari bir xil emas. SHoli va grechixani mag’izi yuqori mo'rtligi bilan boshqa ekin donlaridan farqlanadi, ular urilishda tez sinadi, suli mag’izi egiluvchan bo'lib, ular urilishga yaxshi qarshilik ko'rsatadi. Har bir yorma ekin donlariga ta'luqli bo'lgan xususiyatlar kerakli me'yorda, ulardagi endosperm, qobiq, murtakning ximiyaviy tarkibiga bog’liq bo'ladi. SHoli endospermasida kam miqdorda oqsil va ko'p miqdorda kraxmal bo'lganligi uchun sholiga namlik va issiqlik ta'sir etganda mag’izlarning yorilishiga olib keladi. Suli endospermasining yuqori egiluvchanligi uning tarkibidagi yog’ning miqdoridan sezilarli bog’liq bo'ladi. Har bir ekin donining ximiyaviy tarkibi ko'pmi-kammi doimiy, lekin ularni ekib etishtirish sharoitiga qarab oqsil, kraxmal, yog’lar, mineral moddalar va boshqalarning miqdori o'zgarib turadi, bu esa donning xususiyatlariga ta'sir qiladi. Hozirgi vaqtda tayyor mahsulotni ekologik toza bo'lishiga katta ahamiyat beriladi, yani ularda zararli element va moddalar bo'lmasligi kerak. Zararli elementlar tarkibiga quyidagi og’ir metallar kiradi: qo'rg’oshin, kadmiy, simob, mis va boshqalar. Og’ir metallarni don tarkibida bo'lishi ularni tuproq, havo qatlami, o'g’itlar va suvdagi miqdoridan bog’liq bo'ladi. Zararli moddalarga avvalam bor pestitsidlar kiradi - bu moddalar asosan begona o'tlarga, zararkunandalarga va boshqalarga qarshi kurashda qo'llaniladi. Bunday zararli element va moddalarni yosh bolalar oziq-ovqati uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarda bo'lishi juda xavflidir. Donlarni qayta ishlash yorma mahsulotlari tarkibida zararli moddalarni miqdorini kamayishiga olib kelmaydi, donlar tarkibida ularning miqdorini chegaralab qo'yish kerak. SHuning uchun yosh bolalar oziq-ovqati mahsulotlari ishlab chiqarishda, ular tarkibidagi og’ir metallar va pestitsidlarning saqlanishini nazorat qilish kerak. Bundan tashqari bir qator mikroorganizmlarning, hamda ularning hayot faoliyati mahsulotlarining miqdori chegaralab qo'yilgan. Har bir don partiyasi o'zi xos texnologik xossalarga ega. Donning texnologik xossalari deganda, uni aniq optimal sharoitda qayta ishlab olingan oxirgi natija - tayyor mahsulotlarning chiqishi va sifat ko'rsatkichlari, solishtirma ekspluatatsion harajatlar, ya’ni tayyor mahsulot massasi birligini ishlab chiqarishga ketgan harajatlar tushiniladi. Donlarning texnologik xossalari quyidagi ko'rsatkichlarga bog’liq bo'lib, ularni ikki guruhga bo'lish mumkin: Faqat shu ekin doniga ta'luqli xususiyatlari (shakli, qobiq va mag’izning o'zaro bog’lanish mustahkamligi) mag’izning mustahkamligi va boshqalar. Har bir ekin chegarasida o'zgaradigan xususiyatlar (namlik, tozaligi, yirikligi, chiqindilar miqdori va boshqalar. 2. Donlarning texnologik xossalarini aniqlovchi ko'rsatkichlar. Donlarning texnologik xossalariga ta'sir qiluvchi ko'rsatkichlarning ancha qismi standartlarga to'g’ri kelishi kerak. Donlarning texnologik xossalariga ta'sir qiluvchi ba'zi ko'rsatkichlarni ob'ektiv baholab bo'lmaydi. Asosiy ko'rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: donlarning tozaligi, ularning ifloslanganligi, qobiqdorligi, mag’izni butun holda saqlanishi, yirikligi, tekisligi, namligi va boshqalar. Donning tozaligi. Toza donda yarqiragan qobiq bo'ladi, toza emaslarida - qoraygan, yarqiramagan xira holda bo'ladi. Ba'zida mag’iz juda qoramtir rangda bo'ladi. Toza don o'ziga xos hidli. Toza bo'lmagan don - qo'lansa hidli, mog’orlagan, solodli, turshak achchiq ta'mga ega. Bunday donlardan ishlab chiqarilgan yorma yomon iste'molboplik xususiyatiga ega. SHuning uchun yorma zavodlarida qayta ishlanadigan donlar toza bo' lishi kerak. Donlarning ifloslanganligi. Yorma donlari massasida ko'pgina miqdorda chiqindilar mavjud. Bu chiqindilar qanchalik ko'p bo'lsa, yormaning chiqishi va sifati shuncha past bo'ladi. Donli yoki iflos chiqindilar bo'lishi mumkin. Donli chiqindilarga o'sgan donlar, urilgan, etilmagan, singan, qobig’i ajralgan donlar va iflos chiqindi tarkibiga kirmaydigan madaniy o'simliklarning donlari kiradi. Asosan sholi, tariq va grechixa tarkibida uchraydigan har qanday yovvoyi va madaniy ekinlarning urug'Tari iflos chiqindi hisoblanadi. Bu asosiy ekin donlarining ezilgan, urilgan, shikastlanganlari - donli chiqindi hisoblanadi. Boshqa ekin turlaridagi donli chiqindilarga ba'zi madaniy o'simliklarning urug'Tari kiradi. Masalan arpada-bug’doy, sulida - bug’doy, arpa, polba va boshqalar. Iflos chiqindilarga - organiq va mineral chiqindi, begona o'simliklarning urug'Tari, ba'zi bir donlar uchun madaniy o'simliklarning urug'Tari kiradi. Bulardan tashqari bu chiqindilarga quritish, donlarning o'z-o'zidan qizishi natijasida buzilgan donlar, mog’orlagan donlar kiradi. Asosan don massasida qiyin ajraluvchi chiqindilar, buzilgan donlarning bo'lishi don sifatini yomonlashtiradi. Tarkibida buzilgan donlar ko'p bo'lgan don massasidan standartlarga javob beradigan, yuqori navli yormalar olib bolmaydi. Bundan tashqari iflos chiqindilarga, standartlar asosida ko'rsatilgan aniq o'lchamdagi g’alvir teshiklarining elanmasi kiradi. Tariq uchun g’alvir teshiklarining o'lchamlari 1,4x20 mm, grechixa uchun - diametri 3 mm, suli va arpa uchun diametri 1,5 mm va boshqalar. Suli, arpa, bug’doy, makkajuxori va no'xat uchun standartlar bo'yicha qabul qilingan g’alvirlarning elanmasi mayda donni tashkil qiladi. Suli doni uchun g’alvir teshiklarining o'lchamlari 1,8x20 mm, arpa uchun - 2,2x20 mm, bug’doy uchun - 1,7x20 mm va boshqalar. Don massasi tarkibida mayda donlarning ko'p miqdorda bo'lishi, yormaning chiqishini kamaytiradi va qobig’i ajralmagan donlarning miqdorini ko'paytiradi. SHuning uchun bir qator ekinlarda (suli, arpa va boshqalar) mayda donlarning miqdori standartlar bo'yicha chegaralanadi. Yorma ekin donlaridan ishlab chiqariladigan Yorma mahsulotlarining turlari. Donni qayta ishlab yorma olish texnologik sxemasini tuzishga qo'yidagi omillar ta'sir qiladi: ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti (butun yoki singan mag’izdan olingan yorma, silliqlangan yoki silliqlanmagan yorma); donning anatomik tuzilishi, mag’iz va qobiqlarni bogTanish mustahkamligi, mag’izni mustahkamligi, donning shakli va boshqalar. Texnologik jarayonlarni tuzishni umumiy qoidalaridan bog’liq holda hamma yorma ekinlarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib o'smagan ekin donlari kiradi. Bu donlardan (tariq, suli, sholi, grechixa) olinadigan asosiy mahsulot butun yadrodan olingan yormadir. Ikkinchi guruhga tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib o'sgan ekin donlari kiradi va ulardan olinadigan asosiy mahsulot maydalangan yadrodan olingan yorma hisoblanadi. Rus no'xatini qayta ishlab butun yorma bilan birgalikda bo'lingan yorma ham olinadi. Pachoqlangan va bargsimon, tezpishar yormalar, bolalar uni va boshqa xil maxsus mahsulotlarni ishlab chiqarish sxemasi alohidaligi bilan farq qiladi. Yorma ekinlaridan 19-jadvalda ko'rsatilgan mahsulotlar ishlab chi- qariladi. 19-jadval Yorma ekinlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi
Yüklə 1,14 Mb. Dostları ilə paylaş: |