Chapter · November 022 citations reads 190 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix23.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#80325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shixta (1)

gazoxodlarda faqat yirikligi 100 mkmdan ortiq chang zarrachalari ushlab qolinib, 
f.i.k. 40-70 % ni tashkil etadi. Katta hajm egallashi va f.i.k. pastligi sababli 
cho’ktirish kameralari rangli metallurgiyada deyarli qo’llanilmaydi; ularning 
vazifasini gaz tashiydigan gazoxodlar bajaradi. 


3.8-rasm. Cho’ktarish kamerasining sxemasi 
Hozirgi vaqtda quruq chang ushlagichlardan siklonlar keng tarqalgan 
hisoblanadi (3.9-rasm). Siklonlarda chang ajralib chiqishi yopiq tsilindrik yoki 
konussimon bo’shliqda paydo bo’ladigan va og’irlik kuchidan bir necha marta 
ortiq bo’lgan markazdan qochma kuch ta’sirida boradi. Siklonlarda paydo 
bo’ladigan markazdan qochma kuchlar chang zarrachalarini uning korpus devorlari 
tomon sochib tashlaydi va ular tashqi spiralsimon traektoriya bo’yicha pastki 
chang zarrachalarini chiqarib yuborish tuynugi tomon harakatlanadi. Konusning 
pastki qismigacha yetib kelgan gaz oqimi aylanib yana tepada o’rnatilgan tuynukka 
qarab ichki spiralsimon harakat qiladi. Siklonlarda chang zarrachalarini cho’kish 
tezligi gaz oqimi aylanish radiusi ortishi bilan kamayadi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, kichik diametrli siklonlarning ish unumdorligi yuqori bo’ladi. 
Amaliyotda ortirilgan tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, diametri 0.8-1 m bo’lgan 
siklonlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Shu sababli, gaz oqimi katta 
bo’lganda bitta katta diametrli siklondan ko’ra, gaz oqimi parallel taqsimlanadigan 
bir necha kichik diametrli siklonlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday sistema 
siklonlar guruhi deb ataladi (3.9-rasm). 


3.9-rasm. Siklon 
Odatda siklonlar gazlarni zarrachalari o’lchami 5-10 mkm bo’lgan 
changlardan tozalash uchun foydalaniladi. Siklonlarning f.i.k. 70-80 % ni tashkil 
etadi. Gaz oqimining aylanish radiusi kachayishi bilan siklonlarning ish 
unumdorligi oshishi diametri 40-250 mmli siklonlardan iborat siklonlar 
batareyasini ishlab chiqarilishiga olib keldi (3.8-rasm). Chang zarrachalari 
o’lchami 5 mkm bo’lganda batareyali siklonlarning ish unumdorligi 82-85 %, 15 
mkm bo’lganda 95-96 % ni tashkil eladi. Gaz oqimini siklonlar ichida yo’naltirish 
mahsus vint ko’rinishidagi element yordamida amalga oshiriladi. 
3.10-rasm Siklonlar guruhi 


3.11-rasm. Siklonlar batareyasini 
Matoli filtrlarda tarkibida chang bo’lgan gaz, kalava, ip, shisha va sintetik 
tola, shuningdek jun va paxtadan tayyorlangan filtrlash matosi orqali o’tkaziladi 
(3.12-rasm). Rangli metallurgiyada qopsimon filtrlar keng tarqalgan. Qopsimon 
faltrlar mayda zarrachalarni ushlab qolishda samarali ishlaydi. Shuning uchun 
ularga yo’naltirilgan gaz dastlab yirik chang zarrachalaridan tozalanishi kerak 
(misol uchun siklonlarda). Qopsimon filtr ishlaganda mato g’ovaklari chang bilan 
to’lib qoladi va filtrlash qobiliyati asta-sekin kamaya boradi. Filtrni ish 
unumdorligini oshirish uchun uning alohida sektsiyalari to’xtatilib, qopchalar 
titrama mexanizm yordamida qoqiladi. Matoning ichki yuzasida o’tirib qolgan 
changlar bunda bunkerga to’kiladi va shnek yordamida filtrdan chiqarib yuboriladi. 
Qopsimon filtrlarning f.i.k. 98-99 % ni tashkil etadi. 


3.12-rasm. Filtr matoning ko’ndalak kesimi 
3.12-rasm. Matoli filtr 
Nam holatda chang ushlab qolish chang va suvning o’zaro ta’siriga 
asoslangan. Bunday turdagi chang ushlagichlarning keng tarqalgan turi suv sepib 
ishlaydigan skrubberlar hisoblanadi. O’lchami 2-5 mkm bo’lgan zarrachalarning 
70 % dan kamrog’i ushlab qolinadi. Bundan mayda zarrachalar yaxshi ushlanib 
qolinmaydi (3.12-rasm). 


3.13 – Skrubber sxemasi
Chang zarrachalarini elektr usulida ushlab qolish, rangli metallurgiya 
gazlarini mayda va o’ta mayda zarrachalardan tozalaydigan va f.i.k. 99,5 % ga teng 
bo’lgan asosiy usullardan biri hisoblanadi. Elektr yordamida chang zarrachalarini 
ushlab qolish qurilmalari elektrfiltrlar deyiladi. Elekrfiltrlarning ish tamoyili chang 
zarrachalarini 50-100 kV kuchlanishli doimiy lok bilan manfiy zaryad zaryadlash 
hisoblanadi. Ionlangan zarralar eleklrodlarga tortilib, ularda o’tiradi. Quruq va nam 
filtrlar mavjud. Rangli metallurgiyada harorali 400-450°C bo’lgan chang 
zarrachalari ko’p yoki kam bo’lgan gazlarni tozalash uchun ishlatiladigan 
gorizontal quruq filtrlar keng tarqalgan. Nam elektrofiltrlar yuqori elektr 
qarshilikka ega bo’lgan yoki gazdagi mayda tomchi ko’rinishidagi muallaq bo’lgan 
zarrachali changlarni ushlab qolish uchun ishlatiladi. 
Sanoat sharoitida changni ushlab qolish bir necha bosqichda, kamida ikki 
bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab gazoxod va siklonlarda yirik zarrachali chang 
ushlab qolinadi, so’ng yuqori samaradorlik bilan mayda zarrachali chang ushlab 
qolinadi. Bu ushlab qolingan changdan ratsional foydalanish va mayda zarrachali 
changni ushlab qolish samaradorligini oshirishga imkon beradi Yirik zarrachali 
chang asosiy jarayonga qaytariladi, mayda zarrachali chang esa tarkibida qimmatli 
oson uchuvchan zarrachalar bo’lgani sabali mahsus kompleks qayta ishlashga 
yuboriladi. 


Aniq bir melallurgik jarayon uchun chang ushlash sistemasini tanlash 
ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari: chang chiqishi, uning 
granulometrik tarkibi, asosiy metallga yo’ldosh komponent sifatida keladigan 
qimmatli komponentlar miqdori, chiqib kelayotgan gazlar harorati va boshqalardir. 
Ko’pchilik xollarda gazlarni changdan tozalash o’z-o’zidan belgilangan 
maqsad hisoblanmaydi. Ko’pgina metallurgik ishlab chikarishning chiqib 
ketayotgan gazlar tarkibida atrof-muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir qiladigan 
yoki ma’lum qimmatga ega bo’lgan va olinishi shart bo’lgan komponentlar bo’ladi. 
Olinishi ikki tomonlama foydali bo’lgan gaz tarkibidagi komponentlarga 
oltingugurt oksidi, gazsimon xlor, simob bug’i va xakozolarni aytib o’gish 
mumkin. Misol uchun, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiladigan oltingugrg oksidi
sulfat kislota 
yoki elementlar oltingugurt olish uchun 
muvaffaqiyatli 
foydalanilmoqda. 
Metallurgik gazlar tarkibidan qimmatli komponentlarni ajratib olish va 
ularni zararsizlantirish uchun quyidagi usullar ishlatiladi: 
1) absorbtsiya, ya’ni gazlarni suyuqlikka yutilishi. Gaz holatda ajratib 
olinayotgan komponent yutayotgan suyuqlik bilan, unda eriydigan birikma hosil 
qilish bilan kimyoviy ta’sirlashadi. Bunday jarayon xemosorbtsiya deyiladi; 
2) adsorbtsiya - gazlarni zarralarning qattiq fazasiga yutilishi; 
3) gazsimon zarrachalarni mahsus qo’shimchalar yordamida keyinchalik 
chang ushlab qolish usuli bilan ularni gazdan ajralib olish uchun qattiq yoki suyuq 
holatga o’tkazish. 
Rangli metallurgiya korxonalari, tarkibida oltingugurt oksidi miqdori 
kamligi sababli to’g’ridan-to’g’ri sulfat kislota olib bo’lmaydigan gazlari albatta 
zararsizlantirilib, keyinchalik yutilgan oltingugurtdan foydalangan xolda, 
oltingugurt tarkibli qimmatli mahsulot olinadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin