Chapter · November 022 citations reads 190 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix23.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#80325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shixta (1)

deformatsiyalanish harorati bilan tavsiflanadi. 
Haroratga bardoshlilik. O’tga chidamli materiallarning harorat birdan 
o’zgarganda mustahkamligini saqlab qolish qobiliyatini tavsiflaydi. Bunday 
xollarda o’tga chidamli materiallarning yemirilishiga ma’lum haroratda ayrim 
minerallarni modifikatsiyasi (tarkibiy tuzilishi) o’zgarishi natijasidagi ichki 
kuchlanish sabab bo’ladi. O’tga chidamlilik ko’rsatkichi o’tga chidamli material 
namunasi emirilgunga qadar bardosh bergan issiqlik almashinuvi miqdorini 
ko’rsatadi. 
O’tga chidamli materiallarning muhim tavsiflaridan biri ularning g’ovakligi 
hisoblanadi. Bu xususiyat mexanik mustahkamlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, suyuq 
eritmalarni kimyoviy va fizik ta’siriga qarshi barqaror turish kabi xossalarga ta’sir 
qiladi. Ko’pchilik o’tga chidamli materiallarning g’ovakligi 17 – 25 % ni tashkil 
etadi. Biroq maxsus texnologiyalar bilan g’ovakligi 5% gacha va yuqori g’ovakli 
45 – 80% gacha bo’lgan yuqori zichlikka ega mahsulotlar olish mumkin. 
Ayrim xollarda o’tga chidamli materiallarning buzilishining asosiy sababi 
metallurgik eritish pechlarida shlaklar bilan emirilishidir. O’tga chidamli 
mahsulotning asosi bo’lib xizmat qiladigan oksidlarning kimyoviy faolligi 
bo’yicha, o’tga chidamli materiallar kislotali (SiO
2
), neytral (Al
2
O
3
), ishqorli (SaO, 
MgO) bo’ladi. 
Agar metallurgik qurilmada kislotali xossalarga ega eritmalar hosil bo’lsa, 
kislolali muhitda ishlaydigan o’tga chidamli materiallar tanlash kerakligi nazarda 


tutilishi kerak. Aks xolda kimyoviy korroziya sababli o’tga chidamli materiallar tez 
ishdan chiqadi. 
O’tga chidamli material tanlash va ishlatishda ularning nafaqat fizik - 
kimyoviy xossalari, balki narxi ham e’tiborga olinadi, chunki o’tga chidamli 
materiallar qimmatbaho materiallar toifasiga kiradi. Agar shamotning narxi bir deb 
olinsa, qolgan boshqa o’tga chidamli materiallarning narxi qo’yidagicha bo’ladi:
Shamotli – 1,0; Dinasli – 1,1 – 1,2; Magnezilli – 1,4 – 1,6;
Xromomagnezilli – 1,2 – 1,4; Yuqori glinozyomli – 2,5 – 9; 
Karborundli – 15 – 30. 
O’tga chidamli materiallarning qimmatligi ularni ko’p vaqt ishlashi bilan 
qoplanishi kerak. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin