Chapter · November 022 citations reads 190 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix23.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#80325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shixta (1)



See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 
https://www.researchgate.net/publication/365423934
METALLURGIYADA SHIXTA TAYYORLASH JARAYONLARI
Chapter
· November 2022
CITATIONS
0
READS
190
1 author:
Some of the authors of this publication are also working on these related projects:
Metallurgy
 
View project
Metallurgy
 
View project
Saodat Mirzajonova
Tashkent State Technical University
105
PUBLICATIONS
78
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by 
Saodat Mirzajonova
 on 16 November 2022.
The user has requested enhancement of the downloaded file.


3-BOB. METALLURGIYADA SHIXTA TAYYORLASH JARAYONLARI
3.1. Shixta tayyorlashga qo’yiladigan talablar 
Metallurgiya sanoati xomashyo, yoqilg’i va energiya ko’p talab qiladigan 
tarmoq hisoblanadi. Masalan, rangli metallurgiyada o’rtacha mahsulot tannarxining 
61 – 62 % xomashyo, asosiy va qo’shimcha mahsulotlar uchun qilinadigan 
harajatlarga 10 – 12 % yoqilg’i va energiya harajatlariga to’g’ri keladi. Shunday 
qilib, tannarxning bu bo’limlariga umumiy harajatning ~ 75 % to’g’ri keladi. 
Rangli metallurgiyaning ko’p xomashyo talab qiladigan sohalariga qattiq 
qotishmalar (umumiy harajatning – 80 %), mis (~ 70%) va qo’rg’oshin - rux
(– 64%), eng ko’p energiya talab qiladigan alyuminiy sanoati hisoblanadi. 
Shu sababli dastlabki xomashyoning metallurgik qayta ishlashga sifatli 
tayyorlanishi metallurgik bo’limninig texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli 
ta’sir ko’rsatadi. 
Metallurgik qayta ishlashga aniq bir metall tarkibli mahsulot emas, balki 
flyus va aylanma mahsulot va turli tarkibli rudali xomashyo aralashmasi keladi. 
Qayta ishlashga yuborilgan aralashma (yoqilg’isiz) shixta deyiladi. 
Metallurgik shixtaga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar: 
1) kimyoviy tarkibning doimiyligi; 
2) kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibning bir xilligi; 
3) shixta hosil qiluvchilarning o’lchamlari optimalligi; 
4) namlikning me’yorida bo’lishi. 
Metallurgik uskunalarning doimiy bir me’yorda ishlashi, shixta doimiy va 
me’yorida bir xil tarkibda bo’lgandagina amalga oshirilishi mumkin. 
Bir sutkada yuz hatto bir necha ming tonna dastlabki xomashyo qayta 
ishlanadigan zamonaviy 
metallurgik 
korxonalarda, bu talab 
xomashyo 
mahsulotining bir me’yorda uzatish va shixta tashkil etuvchilarni yaxshi 
aralashlirish bilan amalga oshiriladi. 
Qayta ishlanayotgan shixtaning o’lchami qo’llanilayotgan jarayon va uning
talablariga ko’ra belgilanadi. Masalan, minorali pechlarda eritish uchun bo’laklar 


o’lchami 50 – 100 mm bo’lgan va qattiq shixta, yallig’ qaytaruvchi pechlarda 
eritish uchun shixta o’lchami 2 – 5 mm dan yirik bo’lmasligi talab etiladi. 
Gidrometallurgik texnologiya va ayrim avtogen jarayonlar bo’laklari o’lchami
70 – 100 mkm gacha bo’lgan mayda shixta talab etadi. 
Kelayotgan shixta namligi ham texnologiya tomonidan belgilanadi. 
Gidrometallurgik jarayonlar dastlabki mahsulotning namligi yuqori bo’lishiga 
ruxsat etsa, yallig’ qaytaruvchi pechlarda eritish uchun shixta namligi 5 – 8 % 
gacha, elektr pechlarda eritish uchun namlik 3 % va undan kam, muallaq xolda 
eritish uchun esa namlik 0,1 – 0,3 % gacha bo’lishi kerak. 
Tayyorlovchi jarayonlarning ikkita guruhini ajratish mumkin: mexanik va 
kimyoviy tayyorlash. 
Mexanik tayyorlashga quyidagilar kiradi: 
1) shixta materiallarini saqlash; 
2) dastlabki xomashyolarni (ruda, flyus, bo‘lakli aylanma materiallar) 
maydalash va yanchish; 
3) materiallarni yiriklik bo‘yicha saralash; 
4) dastlabki xomayoshlarni quyuqlashtirish, filtrlash va quritish yo‘li bilan 
suvsizlantirish (ayrim hollarda aksi, namlantirish talab etiladi); 
5) mayda materiallarni bo‘laklash; 
6) shixta komponentlarini aralashtirish yo‘li bilan shixta tayyorlash.
Kimyoviy 
tayyorlashga 
dastlabki 
xomashyoni 
kuydirish 
yoki 
aglomeratsiyalash (kuydirib yiriklashtirish) jarayonlari kiradi. 
Zamonaviy metallurgik korxonalarda katta xajmda xomashyolar qayta 
ishlanishi sababli, ularni sifatli qabul qilish, tahlil qilish, omborlarga joylashtirish 
va shixta tayyorlashni talab etadi. Barcha keltirilgan jarayonlar ruda omborlarida 
yoki shixta tayyorlash bo‘limlarida (“shixtarnik”) amalga oshiriladi. 
Tayyorlov bosqichlarni tashkil etishning birinchi vazifasi bu xomashyo 
materiallar zaxirasi shakillantirishdir. Xomashyo zaxirasini shakillantirishda, 
shixta komponentlari va yoqilg‘ini etarli miqdorda va o‘z vaqtida transport qilish 
imkoniyatini, xomashyo namunalarini tahlil qilish va shixta tayyorlashni, inobatga 


olish kerak. Korxonada barcha materiallarning optimal zaxirasini ta’minlashga 
intilish zarur. Xomashyo resurslarning optimal zaxirasi shixta tayyorlash usuliga 
bog‘liq. Masalan, rangli metallurgiya korxonalarida xomashyo resurslarning 
zaxirasi, asosiy metallurgik agregatlarni 10 – 30 kun to‘xtovsiz ishlashini 
ta’minlash zarur. 
Xomashyo materiallarini birlamchi qayta ishlashga, xomashyoni omborlarga 
joylashtirish, navlash va tarkibini o‘rtalashtirish, g‘alvirlash va yirik bo‘laklarni 
maydalash jarayonlari kiradi. 
Shixtani tayyorlash, saqlash va metallurgik qayta ishlashga yetkazib 
berishning eng yaxshi tizimlaridan biri bu – mexanizasiyalangan shixtarniklarda 
shixtani qatlam-qatlam shtabellashdir (Bedding sistema). 
Mexanizatsiyalangan shixtarnik, shixta materiallarni etqazib berish transport 
tizimi va tayyor shixtani bo‘shatish tizimi bilan ta’minlangan yopiq turdagi 
ombordir (3.4-rasm). Shixta komponentlari shtabel ko‘rinishida qatlam –qatlam 
omborxonada joylashtiriladi. 
Mexanizatsiyalangan shixtarnikning ishi quyidagi tartibda olib boriladi: 
uchta shtabellarda biriga shixta komponentlari joylashtiriladi, ikkinchi shtabeldan 
namuna olinib taxlil qilinadi, uchinchi shtabalni bo‘shatishadi. Shixtani 
mexanizatsiyalangna shixtarnikda tayyorlanishi shixta komponentlarning yaxshi 
aralashini ta’minlaydi. Har bir shtabel turli materiallarning ko‘p miqdordagi 
gorizontal qatlamlaridan tashkil topgan. Shixta bo‘shatish mashinasining boranasi 
bilan shtabellardan shixta komponentlari vertikal kesimda olinadi va lentali 
konveyerlarga yuklanadi va buning natijasida shixta komponentlarni yaxshi 
aralashtirilishi ta’minlanadi. 


3.4-rasm. Mexanizatsiyalashtirilgan shixtarnik
1,2-lentali konveyer;
3-talab beruvchi aravacha;
4-shixta shtabeli; 
5-shixta o‘rtalashtiruvchi;
6,7,8-lentali konveyer;
9,10-bolg‘ali maydalagichlar; 
10- oraliq aravacha.
Shixta tayyorlashning keng tarqalgan usullaridan yana biri bu bunkerlarda 
shixta tayyorlashdir (3.4-rasm). Bu usulda shixta materiallari alohida bunkerlarda 
saqlanadi, va oldindan hisoblangan miqdorga asosan bunkerlardan materiallar 
qatlam–qatlam transportyor lentaga joylashtiriladi.
3.5.-rasm. Bunkerlarda shixta tayyorlash sxemasi
1-bunker;
2-oziqlantiruvchi;
3-lentali transportyor; 
4-6 – boyitmalar;
9- ohak;
10 – shixta
Shixta komponentlarining aralashtirilishi, transportlash va ayniqsa shixta 
komponentilarini transportyordan transportyorga qayta yuklanishida amalga 
oshiriladi. Shixtani yig‘ma transportyorga yuklanishi lentali, plastinali va 


likopchali oziqlantiruvchilar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shixta 
tayyorlashning bu usuli soddaligi va arzonligi bilan ajralib turadi, ammo bu usulda 
shixta komponentlarining yaxshi aralashtirilishi to‘liq ta’minlanmaydi. Bunkerlada 
shixta tayyorlash usuli uchun qo‘shimcha greferli ombor qurilishi zarur
(3.5-rasm). 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin