Chapter · November 022 citations reads 190 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix23.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#80325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shixta (1)

 
Nazorat savollari 
1. Tashlandiq suvlarni tozalash usullari. 
2. Gidrometallurgik usulda oqova suvlarni tozalash usullarini gapirib
texnologiyasini tushuntirib bering.
3. Sanoat korxonalarining suv bilan ta’minlanishining yopiq sxemasini 
tashkil etish, oqava suvlarni chiqarmasdan ishlash rejimini o’tkazish.
 
 
3.10. Metallurgik yoqilg‘ilar 
Ko’pgina metallurgik jarayonlar yuqori haroratda amalga oshiriladi va 
issiqlik energiyasini sarflanishi bilan bog’liq. Kerak bo’lgan haroratga yoqilgi 
yoqish yoki elektroenergiya sarflash bilan erishiladi. 
Yoqilg’ilarning asosiy turlarini kelib chiqishi organik hisoblanadi. Yoqilg’i 
tarkibiga turli birikmalar ko’rinishida va yonish massini hosil qiladigan uglerod, 
vodorod, oltingugurt, kislorod, azot kiradi. Bundan tashqari yoqilg’i tarkibida 
alyuminiy, kremniy, kaltsiy va boshqa oksidli birikmalardan tashkil topgan 
yoqilg’ining yonmaydigan qismi - suv va kul ham bo’lishi mumkin. 


Agregat holatiga ko’ra, qattiq, suyuq va gazsimon, olish usuliga ko’ra - 
tabiiy va sun’iy yoqilg’i mavjud. Sun’iy yoqilg’i tabiiy yoqilg’ini qayta ishlash 
natijasida olinadi. 
Bir qator metallurgik jarayonlarda uglerodli materiallar, yoqilg’i vazifasini 
bajarishdan tashqari, qaytaruvchi ham bo’lishi mumkin. Yoqilg’ini yoqish 
natijasida miqdori kimyoviy tarkibi va yoqish sharoitlariga bog’liq bo’lgan issiqlik 
ajraladi. Yoqilg’ining yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori
yoqilg’ining yonish issiqligi deyiladi. Yonish issiqligi quyidagi birliklar orqali 
ifodalanadi: kJ/kg, kJ/m
3
, kJ/mol. Turli yoqilg’ilarni o’zaro taqqoslab baholash 
uchun yonish issiqligi 29300 kJ/kg ga teng bo’lgan shartli yoqilg’i qabul qilingan. 
Yoqilg’i va elektenergiyani tejab sarflash muammosini hal etishda sulfidli 
materiallarni qayta ishlanayotgan xomashyoning ichki energiya zaxiralaridan 
foydalanib avtogen usulda qayta ishlash katta ahamiyat kasb etmoqda. Avtogen 
jarayonlarni amalga oshirishga kerak bo’lgan harorat, etarlicha yuqori yonish 
haroratiga ega qayta ishlanayotgan shixta tarkibidagi sulfidlar yonishidan hosil 
bo’lgan issiqlik hisobiga olinadi. Shunday qilib, avtogen jarayonlarda sulfidli 
shixta, xomashyo bo’lib qolmasdan, bir vaqtning o’zida texnologik yoqilg’i 
hisoblanadi. Rangli melallurgiyada avtogen jarayonlardan foydalanish ko’p 
miqdorda uglerodli yoqilgi va elektroenergiya tejab qolish imkonini beradi. 
Tabiiy sulfid va ayrim yoqilg’i turlarini o’zaro taqqoslash xususiyati
3.1- jadvalda keltirilgan. 
3.1-jadval. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin