Chapter · November 022 citations reads 190 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix23.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#80325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shixta (1)

Suyuq yoqilg’i.
 
Rangli metallurgiyada ishlatiladigan suyuq yoqilg’ining 
asosiy turi neft haydash jarayonining qoldig’i bo’lgan mazut hisoblanadi. Neft va 


mazut turli uglevodorodlarning aralashmasi hisoblanadi. Mazut moylash 
materiallari olish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. SHuning uchun hozirgi 
vaqtda yokilgi sifatida uni ishlatish cheklangan. Mazutni yoqish maxsus 
forsunkalar yordamida amalga oshiriladi. Ularda siqilgan havo bilan mazutni 
aralashlirishadi. Mazutni yaxshi changlanishi uchun yoqishdan oldin uni 80°C 
gacha qizdirishadi. 
Toshko’mir.
 
Toshko’mir 
o’simlik 
qoldiqlarining 
tabiiy 
mineralizatsiyalanish mahsuloti hisoblanadi. Mineralizatsiyalanish darajasiga ko’ra 
toshko’mirlar tarkibida erkin uglerod, uglevodorodlar, kul va bitumlar bo’lishi 
bilan farqlanali. Rangli metallurgiyada qoidaga ko’ra, tarkibida kuli kamroq (15% 
dan ko’p emas) va uchuvchan birikmalar - uglevodorodlar (>25%) ko’p bo’lgan 
yuqori sifatli toshko’mirlar ishlatiladi. Toshko’mir ko’mir kuli ko’rinishida 
yoqiladi. Buning uchun ko’mir maydalanadi, 70-80 mkm gacha yanchiladi, so’ngra 
qurililadi. Ko’mir kuli maxsus gorelkalarda, siqilgan havo bilan aralashtirib 
yoqiladi. 
Koks. Koks sun’iy yoqilg’i turlariga kiradi. U maxsus navli toshko’mirni 
900-1000°C haroratda zich yopilgan kameralar - koksli batareyalarda quruq 
xaydash yo’li bilan olinadi. Kokslash vaqtida engil komponentlarni gaz va bug’ 
ko’rinishida haydash bilan toshko’mirni termik parchalanishi boradi. Engil 
komponentlar sovutgichga yuboriladi, u erda bir qator qimmatli komponentlarni 
kondensatsiyalanishi boradi. Tozalangan gaz esa sovutgichdan chiqarilib, marten 
pechlarini qizdirish uchun yoqilg’i sifatida va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi. Koks eng qimmat va tanqis yoqilg’i 
turi hisoblanadi. U bo’lakli va mustahkam materiallarni 
qayta ishlaganda (misol uchun, shaxtali pechlarda) 
ishlatiladi. 3.14-rasmda koksning ko’rinishi berilgan.
3.14-rasm. Koksning ko’rinishi 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin