Chinor fayzi baland


§ 12.4. Soliqlarni (yukini) o„tkazish nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 12.4. Soliqlarni (yukini) o„tkazish nazariyasi 
Soliq solishning asosiy muammolaridan biri soliqlarni qayta 
yuklash nazariyasida o‗z aksini topdi, uni o‗rganish XVII asrdayoq 
boshlangandi. 
Soliqlarni 
boshqalar 
zimmasiga 
qayta 
yuklash 
nazariyasiga soliqning haqiqiy yukini aniqlash muammosi asos soldi, 
desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Soliq yukini aniqlash muammosi dunyoda 
bir necha asrlardan buyon qizg‗in baxs-munozaraga sabab bo‗layotgan 
masalalardan biridir. Mamlakat bo‗yicha iqtisodiy ko‗rsatkichlar, 
o‗rnatilgan soliq stavkalari, shuningdek yalpi ichki mahsulotdagi byudjet 
daromadlarining ulushining hisoblab topilishi yoki korxonalar doirasida 
soliqning umumiy daromaddagi hissasini aniqlash makro yoki 
mikrodarajadagi soliq yuki bo‗yicha to‗liq tassavurni shakllantira 
olmaydi. Masalan, mikrodarajada korxona zimmasiga tushadigan 
soliqning haqiqiy yukini aniqlash nafaqat korxonalarning hisobot 
ma‘lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan ko‗rsatkichga, balki 
soliqlarning boshqa soliq to‗lovchilar zimmasiga qayta yuklanishi 
darajasiga ham chambarchas bog‗liqdir. 
361
O‗sha yerda. 


312 
Bunda, biz oldindan ma‘lum bo‗lgan, lekin birinchi marta XVIII 
asrga kelib o‗zining nazariy isbotini topgan hodisaga duch kelamiz. 
Jamiyat har doim yangi soliqni joriy etilishi paytida bu hodisaning 
guvohi bo‗ladi. Ko‗pchilik hollarda soliqlarning boshqa soliq 
to‗lovchilar zimmasiga yuklanish hodisasi ko‗p bosqichli bo‗ladi. 
Buning qanday kechishini qo‗shilgan qiymat solig‗i misolida ko‗rib 
chiqaylik. Temir rudasi qazib oluvchi korxona qo‗shilgan qiymat 
solig‗ini narxga kiritadi va temir erituvchi korxona zimmasiga yuklaydi, 
xuddi shunday temir erituvchi korxona soliqni po‗latni qayta ishlovchi 
korxona zimmasiga yuklaydi, u esa o‗z navbatida soliqni temir asboblar 
ishlab chiqaruvchi korxonaning zimmasiga yuklaydi va xullas, shu 
tarzda qo‗shilgan qiymat solig‗i tovarning chakana bahosigacha yetib 
bormaguncha hamda oxirgi iste‘molchidan undirilmagunga qadar bu 
jarayon davom etaveradi. Soliqlarni boshqa soliq to‗lovchilar zimmasiga 
yuklash hech kutilmagan va hatto 
ko‗ngilsiz oqibatlarga ham olib kelishi 
mumkin
362
.
Jon Lokk (ingl. John Locke; 1632 
- 1704) qayta yuklash nazariyasining 
asoschisi hisoblanadi, u barcha soliqlar 
oxir-oqibat 
yer 
egasi 
zimmasiga 
tushishi haqida xulosaga kelib, ushbu muammoni hal qilishning aniq 
yo‗llari va usullarini taklif etdi. XIX asr 
oxirida Kolumbiya universiteti professori 
Edvin Seligmen (ingl. Edwin Robert 
Anderson Seligman; 1861-1939) ―Soliq 
yuki va uni qayta yuklash‖ (The Shifting 
and Incidence of Taxation; 1892)
363
kitobida 
ushbu 
nazariyaning 
asosiy 
qoidalarini bayon qilib berdi va uning ikki 
362
Toshmatov Sh.А. Komilov M.M. Qoʼshilgan qiymat soligʼi. Monografiya. Toshkent: Iqtisodiyot va 
huquq dunyosi‖ nashriyoti –2004. – 102 b. 
363
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu asarning nomlanishi rus tilida ―Perelojenie i padenie nalogov‖ tarzida 
keltirilgan. Аsarning yuqorida keltirilgan oʼzbek tilidagi nomi bevosita ingliz tilidan tarjima qilinganligi 
uchun rus tilidagi tarjimadan farq qiladi. 


313 
turini ko‗rsatdi: sotuvchidan xaridorga yuklash (odatda, bu bilvosita 
soliq solishda yuz beradi) va xaridordan sotuvchiga yuklash (bilvosita 
soliqlar biror-bir tovar narxi yuqori stavkalar, masalan aksizlar tufayli 
juda yuqori bo‗lsa, ushbu tovarga bo‗lgan talabni ancha cheklaydi). 
Shunday qilib, har bir soliqning qayta yuklanish jarayonlariga to‗g‗ri 
baho berish uchun soliqlarni tabiatini, shuningdek uni undirishdagi 
mamlakatda mavjud barcha iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarini 
hisobga olish zarur
364

Tarixiy fakt. Prussiyada XIX asrda savdo bozorida katta 
univermaglar shunday katta mavqega ega bo‗ldilarki, buning natijasida 
mayda savdogarlar raqobatga bardosh berolmay qoldilar. Ularning 
yoppasiga inqirozga uchrashi bu hududda univermaglarni monopolistga 
aylantirib qo‗yishi muqarrar edi. Shu tufayli hukumat mayda 
savdogarlarga yordam berish maqsadida univermaglar uchun savdo 
aylanmasidan 2 foiz miqdoridagi soliqni joriy qildi. Buning natijasida 
univermaglardagi narx 2 foizga oshishi va ushbu soliqdan ozod bo‗lgan 
mayda savdogarlar raqobatbardosh bo‗lishi ko‗zda tutilgan edi. Aslida 
esa unday bo‗lib chiqmaydi. 
Univermaglar narxni ko‗tarish o‗rniga barcha mol yetkazib 
beruvchilardan narxni 2 foizga pasaytirishni talab qildilar. Mol yetkazib 
beruvchi zavod, fabrikalar doimiy mijozlaridan ajralib qolmasliklari 
uchun 
bu 
talabga 
bo‗ysunishga majbur edilar. Shu tufayli 
univermaglarga narxni ikki foizga pasaytirilishidan ko‗rilgan zararni 
qoplash maqsadida, zavod va fabrikalar mayda savdogarlarga narxni 2 
foizga qimmatroq qilib qo‗yishdi. 
Demak, joriy etilgan soliq avvaliga mol yetkazib beruvchilar 
zimmasiga yuklandi, keyin ular ham o‗z navbatida soliqni mayda 
savdogarlarning zimmasiga yukladilar. Joriy etilgan soliq iqtisodiyotda 
ko‗p uchrab turadigan soliqlarni boshqalar zimmasiga yuklash deb, 
364
Майбурд Е.М. ―Введение в историю экономической мысли‖. Москва, издательство ―Дело‖, 
издательство ―Вита-Пресс‖, 1996. 129-130 с.


314 
ataladigan jarayon tufayli oldiga qo‗yilgan maqsadni amalga oshira 
olmadi. Bunday hodisalar oldin ham bo‗lgan hozir ham uchrab turadi
365

Soliqlarning boshqalar zimmasiga yuklash – soliq yukini qisman 
yoki to‗liq boshqalar zimmasi o‗tkazish hisoblanadi. Soliqlarni 
boshqalar zimmasiga yuklash asosan tovar ayirboshlash jarayonida 
narxlarning shakllanishida yuz beradi. Soliqlarning boshqalar zimmasiga
yuklanishining 2 turi mavjud: 
1. Talab noelastik: agar narx oshsa, talab o‗zgarmasa, unda soliqni 
iste‘molchi (xaridor) to‗laydi. Bu soliqni to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotuvchi 
(ishlab chiqaruvchi)dan xaridor (iste‘molchi)ga o‗tkazish (zimmasiga 
yuklash) hisoblanadi. 
2. Talab elastik agar narx oshsa, talab kamaysa soliqni sotuvchi 
(ishlab chiqaruvchi) to‗laydi. Bu soliqni teskari ravishda xaridor 
(iste‘molchi) dan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ga o‗tkazish (zimmasiga 
yuklash) hisoblanadi. 
Agar taklif elastikligiga S = talab elastikligi D teng bo‗lsa, soliq 
yuki ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasida teng taqsimlanadi. 
Tasavvur qilaylik hukumat har yilgi bayram tadbirini o‗tkazish 
uchun byudjetga mablag‗ to‗plamoqchi bo‗ldi. Hukumat vakillari o‗ylab 
ko‗rib, muzqaymoqlar (tovar) uchun 0.50$ dan soliq joriy etishni taklif 
etdi. Milliy muzqaymoq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan bu 
holat ko‗rib chiqildi va ular ushbu soliqni iste‘molchilar to‗lashi 
lozimligi ta‘kidlashdi. Sababi muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarni 
ko‗pligi va ular orasida raqobatning kuchliligi hamda soliq ishlab 
chiqaruvchilarning zarariga tushishi keltirib o‗tildi. Shu o‗rinda 
iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish uyushmasi tomonidan ham bu 
holatga e‘tirozlar keltirildi. Jumladan: Ular, iste‘molchilarning turmush 
tarzi shundoq ham yaxshi emasligi va soliqni iste‘molchilar emas, ishlab 
chiqaruvchilar to‗lashi lozimligi ko‗rsatib o‗tildi. Shunda, hukumat 
365
Майбурд Е.М. ―Введение в историю экономической мысли‖. Москва, издательство ―Дело‖, 
издательство ―Вита-Пресс‖, 1996. – С 129-130 


315 
tomonidan ushbu soliqning yarmini ishlab chiqaruvchilar va yarmini 
iste‘molchilar to‗lashi lozimligi belgilab qo‗yildi.
Yuqorida keltirilgan misolni talab va taklif egri chiziqlarida ko‗rib 
chiqsak hamda yangi kiritilgan soliqni bozorga ta‘sirini tahlil qilsak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin