139
§ 6.3. Buxoro amirligining soliq tizimi va undagi o„zgarishlar
1598-yilda boshlangan ichki siyosiy nizolar
natijasida Abdullaxon
va uning o‗g‗li Abdulmo‗min o‗ldirildi. Keyin taxtga o‗tqazilgan
Pirmuhammad II ning hukmronligi uzoqqa bormadi va 1601 yilda u ham
o‗ldiriladi. Shu bilan shayboniylar sulolasi barham topib, Buxoro taxtiga
ashtarxoniylar sulolasining vakillari o‗tirishdi.
Ashtarxoniylar Jo‗jixon naslidan bo‗lib, Ashtarxon (Hoji Tarxon,
Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik
qilgan. 1556 yili Astraxanni Rusiya bosib olgach,
ashtarxoniylardan
Yormuhammadxon oila a‘zolari va qarindosh-urug‗i bilan Buxoroga
keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-
ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon o‗z qizi Zuhrabegimni
Yormuhammadxonning o‗g‗li Jonibek Sultonga beradi.
Jonibek Sulton
Zuhrabegimdan uch o‗g‗il (Dinmuhammad, Boqi Muhammad, Vali
Muhammad) ko‗radi. Jonibek Sulton va uning o‗g‗illari Buxoro
xonligida
yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim
vazifasida faoliyat yuritadilar.
1601-yilda Jonibek Sultonning o‗g‗li Boqi Muhammad Buxoro
taxtiga o‗tqazildi. Shu tariqa Buxoro xonligi tarixida yangi sulola –
ashtarxoniylar
hukmronligi boshlanib, 175 yil davomida mamlakat shu
sulola tomonidan boshqariladi.
Ashtarxoniy hukmdorligi davrida davlat xazinasini boyitishning
yagona usuli xalqdan soliqlarni ko‗proq yig‗ib olish deb hisoblanganligi
sababli ham soliqlar soni va miqdori haddan oshirib yuborilgan.
Masalan, Subhonqulixon davrida 7 yillik soliqlarni bir yilda yig‗ish
haqida farmon e‘lon qilingan edi.
Bu aholining yanada kambag‗allashuviga,
yerlarning qarovsiz
bo‗lib qolishiga, dehqonchilik inqiroziga,
narxlarning oshib ketishiga
olib keldi.
Bu davrda xonlikdagi an‘anaviy bo‗lgan xiroj, zakot, ixrojot, boj
kabi soliqlardan tashqari juda ko‗plab katta-kichik soliqlar joriy etilgan.
74
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. T.: Iqtisod-Moliya. 2009. – 86 b.
140
Ular asosan o‗zaro nizolar tufayli tez huvillab qoladigan xazinani
to‗ldirishga, qo‗shinlar ta‘minotiga, xon va saroy a‘yonlari xarajatlarini
qoplashga sarflangan.
Dostları ilə paylaş: