257
oshirishga to‗g‗ri keladi, davlat shu orqali talabni oshiradi.
Iqtisodiyotning ko‗tarilish davriga kelib
esa soliqlarni pasaytirish
imkoniyati yuzaga keladi
275
.
Ushbu nazariyaning markaziy g‗oyasi soliqlar iqtisodiyotni tartibga
solishning yagona vositasi va muvaffaqiyatli iqtisodiy o‗sishning
tarkibiy qismlaridan biri ekanligidan iborat.
Keynsning
fikricha,
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlari
takomillashgan va o‗zini o‗zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi.
Faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori
darajaga oshirish va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashi mumkin. Davlatning
roli, eng avvalo, shundan iboratki, u inqiroz davrida yalpi talabni
oshirishi va shu bilan ishlab chiqarish hamda investitsiyani
faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim.
Keyns soliqlarning bandlikka ta‘siri to‗g‗risida quyidagi fikrlarni
bildirgan. To‗la bandlikni ta‘minlash uchun faqat investitsiyalarni emas,
balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish
vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi.
Aholining
jamg‗armalarini muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab
etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun
foydalanilishi mumkin deyiladi. Ayni vaqtda boylarning solig‗ini
oshirishga qarshilik qilinadi
276
. Keyns o‗z taklifini quyidagicha
tushuntiradi: mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad –
ularning jamg‗armalarini kamaytirish va iste‘molini rag‗batlantirishdir.
Real ish haqini pasaytirish uchun inflyasiya asosida narh-navoni oshirish
yo‗li tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan turib to‗liq
bandlikni ta‘minlash mumkin emas, degan fikr uqtiriladi.
Keynsning fikricha, ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad,
demakki, iste‘mol ortadi. Ammo iste‘mol daromadga nisbatan sekinroq
ortadi, chunki daromad ortishi bilan jamg‗arishga intilish kuchayadi.
275
Маневич В. Е. Теоретическая система Кейнса. К 70-летию выхода ―Общей теории занятости,
процента и денег‖. Институт проблем рынка РАН. Бизнес и банки, 2006, январь, № 4. стр. 1-18.
276
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
258
Keynsning asosiy psixologik qonuni shundan iboratki,
odamlar odatda
daromadlari ortishi bilan iste‘molni ham oshiradi, ammo bu o‗sish
baribir daromadlar ortishi darajasida bo‗lmaydi. Oqibatda daromadlar
o‗sishi bilan jamg‗arish ortadi va iste‘mol nisbatan kamayib boradi.
Yakunda esa samarali talab kamayadi va talab shunday yo‗l bilan ishlab
chiqarish hajmlari hamda bandlik darajasiga ta‘sir etadi
277
.
Keynsning fikriga ko‗ra, davlat bozor iqtisodiyotiga zarur. Ish bilan
bandlik yalpi talabga bog‗liq. Pul massasi ishlab chiqarishga nisbatan
xolis (yomon ham, yaxshi ham ta‘sir etmaydi). Talab, ya‘ni ―samarali
talab‖ taklifni paydo qiladi. Asosiy muammo – ishsizlik. O‗zgaruvchan
pul siyosati lozim. Byudjet kamomadi – talabni rag‗batlantirish vositasi
hisoblanadi
278
.
J.Keyns ―Ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi, foiz va pullar‖
(―The General Theory of Employment, Interest, and Money‖,
1936
)
asarida
279
o‗z nazariyasining mazmun-mohiyatini bayon qiladi: iqtisodiy
o‗sish pul omonatlari hajmiga bog‗liq. Ish bilan to‗liq bandlik bo‗lmasa,
yuqori darajadagi jamg‗armalar iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik qiladi,
chunki ular ishlab chiqarishga yo‗naltirilmasdan
daromadning passiv
manbai sifatida saqlanib qoladi. Bunday oqibatlarni bartaraf etish uchun
jamg‗armalarning me‘yoriy miqdorini pasaytirish yoki iste‘molning
me‘yoriy miqdorini oshirish zarur. Aynan soliqlar yordamida ortiqcha
jamg‗armalarni byudjetga undirish orqali mazkur muammolarni bartaraf
etish mumkin
280
.
Biroq, ilmiy-texnika taraqqiyoti va tovarlarning ortiqcha ishlab
chiqarilishi bilan bog‗liq bo‗lmagan inqirozli holatlarning tobora jadal
tus olishi sharoitlarida keynschilik nazariyasining asosiy mazmunini
tashkil etuvchi ―samarali talab‖ga erishish nuqtai nazaridan davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi qaysidir ma‘noda o‗zini oqlamay qoldi va ushbu
277
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
278
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.:
Iqtisod-
moliya, 2021. – 286 b.
279
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
280
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
259
nazariyani faqat bir tomonlama yondashuv sifatida tanqid qiluvchilar
ko‗paya boshladi.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning keynschilik
nazariyasining quyidagi jihatlari tanqidga uchradi
281
.
Birinchidan, realizatsiya bilan bog‗liq bo‗lmagan va ishlab chiqarish
jarayonlaridagi o‗zgarishlar tufayli inflyasiya surunkali xususiyat kasb
etganda talabni emas, balki taklifni rag‗batlantiruvchi
davlat aralashuvi
zarur bo‗ldi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotda integratsion jarayonlarning rivojlanishi
mamlakatlarning tashqi bozorga qaramligini oshirdi. Bunday sharoitda
davlat tomonidan talabning rag‗batlantirilishi xorijiy investitsiyalarga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan birga iqtisodiy xavfsizlikka salbiy
ko‗rsatishi tabiiy hol. Shular sabab, ―samarali talab‖ning keynschilik
konsepsiyasi o‗rniga ―samarali taklif‖ning
neoklassik nazariyasi
rivojlana bordi.
Dostları ilə paylaş: