Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
80 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
bo'lib qoladi. Havo alveolalaridan nafas yo'llariga siqib chiqariladi ya'ni nafas 
chiqarish sodir bo'ladi. 
Nafas olish va nafas chiqarish shutariqa almashinib turadi. Odam tinch 
o'tirganida 1minutda 16-18marta nafa solib, nafas chiqaradi. Harakatlanganda yoki 
jismoniy mehnat bilan shug'ullanganda nafas olish tezlashadi. Lekin bolalar tinch 
turgan holatda ham kattalarga nisbatan ko'proq nafas oladi. Yosh bolalar 
yugurganda kattalarga nisbatan tez charchab qoladi. 
Ularning to'g'ri nafas olishi hayotida katta o'rin egallaydi. Normal bolalar 
minutiga 30-40marta nafas oladi. Bolalarda nafas olish gigiyenasi. Nafas olish 
gigiyenasi deganda, to'g'ri nafas olishni taminlash tushuniladi. Nafas jarayonida 
atmosfera havosi burun bo'shlig'iga kirib isiydi, namlanadi ,ancha changing 
tozalanadi. Burun bo'shlig'ida tuklarning bo'lishi bunga yordam beradi. Demak 
burun bilan nafas olish gigiyenik jihatdan maqsadga muofiq hisoblanadi. Og'iz 
bilan nafas olganda galla suyagining yuz qismi va ko'krak qafasi rivojlanishida 
kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash halqum va traxeyaning shilliq 
qavatining yallig'lanishiga olib keladi. Ammo, gapirganda, ashula aytganda og'iz 
bilan nafas olishga majbur bo'linadi. Shuning uchun ashula darslari o'takaziladigan 
xonalar ozoda, havosi esa iliq bo'lishi kerak. Bolalarga to'g'ri nafas olishni o'rgatish 
jismoniy mashqlari o'tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular 
yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek o'tirganda to'g'ri 
nafas olishni bolalarga o'rgatish kerak. Nafas olinadigan havoda Chang zarralari 
bilan 
birga 
kasallik 
tug'diragigan 
mikro 
organizmlar 
mavjud. Ular nafas olish yo'llari shilliq pardasida tez ko'payib, rinit, gripp, angina, 
difteriya, o'pka sili kabi infeksiyali kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Frengit, 
larengit, zotiljam kasalli giplevrit kabi kasalliklar kiradi. O'pkalarda gaz 
almashinuvi ham muhim ahamiyatga ega. Nafas olinganda o'pkaga o'tadigan havo 
tarkibida 20,99% kislorod, 79,3% azot, 0,03% karbona tangidrid, juda oz suv 
bug'lari va enert gazlar bo'ladi. Nafas chiqarilayotganda o'pkadan chiqqan havoda 
kislorod kamayib karbonat angidritning miqdori ortib 4%ni, azot 79,7%ni tashkil 
etadi. Suv bug'lari miqdori ham ortadi. Lekin boshqa gazlar miqdori o'zgarmaydi. 
Nafas chiqarilgan havoda kislorod miqdori kamayib, karbonat angidirit miqdori 
ortishi o'pka alveolalari bilan qon o'rtasidagi gazlar almashinuviga bog'liq. O'pka 
alveolalariga kirgan havodagi kislorod kansentrassiyasi alveoliyalarga nisbatan 
yuqori , karbonat angidirit esa aksincha, past bo'lishi tufayli karbanat angidirit 
kapiliyarlardagi qondan alveolalar bo'shlig'iga, kislorod esa alveolalardan qonga 
o'tadi. O'pkaning tiriklik sig'imi. Tinch holatda odam birmarta nafas olganda va 
nafas chiqarganida 500ml havo oladi va shuncha havo chiqaradi. Havoning bu 
miqdor nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olganda o'pkaga Yana 1500ml 
havo kiradi. Bu qo'shimcha havo deyiladi. Odam tinch nafas chiqargandan so'ng 
chuqur nafas chiqarganida Yana 1500ml havo chiqarishi mumkin. U zaxiradagi 
havo deyiladi. O'pkadan chiqadigan havoning eng ko'p miqdori yani, nafas rezerv 
nafas olish va nafas chiqarish havosi birgalikda o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil 
etadi. Odatda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500ml havoga teng bo'ladi. O'pkaning 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin