Yechish. Konusning bir necha yasovchilari o’tkaziladi va ularning kesuvchi tekislik bilan kesishish nuqtalari belgilanadi.
Kesishish chizig’ining A″B″ frontal proeksiyasi kesuvchi tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi. A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalar kesimni o’ng va chap tomondan chegaralovchi nuqtalardir. Ularning A′ va B′ gorizontal proeksiyasi ular orqali o’tuvchi S1 va S2 yasovchilarning gorizontal proeksiyalari S′1′ va S′2′ larda bo’ladi. Konusning gorizontal ocherk yasovchilari S′3′, S′4′ bilan H1 tekislikning kesishish nuqtalarini yasash uchun bu yasovchilarning frontal S″3″ va S″4″ proeksiyalari bilan tekislikning H1Vizining kesishish nuqtalari C″ va D″ lar belgilab olinadi. Bu nuqtalardan proeksion bog’lanish chiziqlari o’tkaziladi va ularning S′3′ , S′4′ yasovchilar bilan kesishgan nuqtalari C′ va D′ nuqtalar topiladi.
9.1-rasm. 9.2-rasm.
Kesimning oraliq nuqtalarini yasash uchun A″B″ kesmada ixtiyoriy E″≡F″ nuqtalar belgilab olinadi. Bu nuqtalar orqali S″5″≡S″6″ yasovchilarning frontal proeksiyalari o’tkaziladi, so’ngra ularning S′5′ va S′6′ gorizontal proeksiyalari ustida E′ va F′ belgilab olinadi. Shu tarzda yana bir necha nuqtalarning gorizontal proeksiyalari yasaladi.
Gorizontal proeksiyada kesimning ko’rinishligi quyidagicha aniqlanadi. Konusning 4′, 6′, 1′, 5′ va 3′ nuqtalaridan o’tgan yasovchilarga tegishli D′, F′, A′, E′ va C′ nuqtalar ko’rinadi. Qolgan nuqtalar esa ko’rinmaydi. SHunga asosan kesimning D′, F′, A′, E′, C′ qismi uzluksiz tutash chiziq bilan, D′, B′, C′ qismi esa shtrix chiziq bilan tekis tutashtiriladi.
2-masala. Sferaning N frontal proeksiyalovchi tekislik bilan kesishuv chizig’i proeksiyalari yasalsin (9.2-rasm).