Yechish. Kesimning A″C″ frontal proeksiyasi tekislikning NV frontal izi bilan ustma-ust tushadi. Kesimning gorizontal proeksiyasi esa nuqtalarning sferaga tegishlilik shartiga ko’ra yasaladi. B va B1 nuqtalar sferaning ekvatoriga tegishli bo’lganligi uchun ularning B′ va B1′ gorizontal proeksiyalari gorizontal proeksiyaning ocherkida belgilab olinadi. A va C nuqtalarning gorizontal proeksiyalari va nuqtalar esa sfera bosh meridianining gorizontal proeksiyasida yotadi.
Kesimga tegishli ixtiyoriy D va D1 nuqtalarning D′ va D1′ gorizontal proeksiyalarini yasash uchun D″≡D1″ nuqta orqali gorizontal tekislikning HIV frontal izi o’tkaziladi. Bu tekislik sferani radiusi 0″1″ ga teng bo’lgan aylana bo’yicha kesadi. Bu aylanani gorizontal proeksiyasida D′ va D′1 nuqta xosil qilinadi. Oraliqdagi boshqa ixtiyoriy nuqtalarning gorizontal proeksiyalari ham xuddi shunday yasaladi. Gorizontal proeksiyada sferaning ekvatoridan yuqorida joylashgan hamma nuqtalar ko’rinadi, ekvatordan pastki qismida joylashgan nuqtalar esa ko’rinmaydi. SHunga ko’ra ekvatordan yuqorida joylashgan A, D, D1, E, F, B va B1 nuqtalarning gorizontal proeksiyalari A′, D′, D1′, E′, F′, B′ va B1′ nuqtalar ko’rinadi. Qolgan nuqtalar esa ekvatorning pastki qismida yotganligi uchun ko’rinmaydi. Bu erda A, B, B1 va C lar tayanch nuqtalar bo’ladi. Rasmda kesim yuzining haqiqiy kattaligini yasash aylantirish usulida bajarib ko’rsatilgan.
3-masala. V parallellizm tekisligiga ega bo’lgan giperbolik paraboloidning M(MH) gorizontal proeksiyalovchi tekislik bilan kesishish chizig’i proeksiyalari yasalsin (9.3-rasm).