12.5.2. Konus bilan konusning o’zaro kesishish chizig’ini yasash
Konus uchidan o’tgan har qanday tekislik konusni yasovchilari bo’yicha kesadi. (12.18-12.19-rasmlar). Berilgan va konuslarni kesib o’tuvchi
tekisliklar dastasining i o’qi kesishuvchi konuslarning
S1 va
S2 uchlaridan o’tuvchi
S1S2 to’g’ri chiziq bo’ladi (12.18-rasm).
i o’qi orqali o’tkazilgan
P tekislik yordamida ikki sirtga umumiy bo’lgan 1,2,3 va 4 nuqtalarni yasash ko’rsatilgan. Bu konuslarning asosi va xos o’qli yordamchi kesuvchi tekisliklar dastasining izlari 12.1-jadvalning 1-punktidagidek bo’ladi. SHuning uchun berilgan va
sirtlar qisman kesishib, ikkita fazoviy egri chiziq hosil qilishini oldindan jadval yordamida aniqlab olamiz.
12.19-rasmda asoslari
H tekislikda yotgan ikki konusning kesishish chizig’ini yasash tekis chizmada ko’rsatilgan.
Bunda avvalo kesishish A(
A′,
A″),
B(
B′,
B″),
C(
C′,
C″),
D(
D′,
D″) nuqtalari yasaladi. Kesishish chizig’ining
A va
B,
C va
D nuqtalari
TH va
QH urinma
tekisliklar yordamida aniqlab, ular
S2′1′ va
S1′4′ yasovchilarning nuqtalaridir
E′,
E1′ va
F′,
F1′ nuqtalar kesishuvchi konus sirtlarning gorizontal proeksiyasidagi ixtiyoriy yasovchilar ustidagi nuqtalardir. Bu nuqtalar esa kesuvchi tekisliklar dastasining
P1H,
P2H,
P3H, … kabi izlari yordamida hosil qilingan.
Konus sirtlarning joylashishi 12.1-jadvalning 2-punktiga to’g’ri kelgani uchun ularning kesishish chizig’i bitta fazoviy egri chiziq bo’ladi.
12.19-rasm