OAyni radius qilib Ay nuqtani W tekislikning aylanish xarakatiga mos ravishda 900 ga buriladi va hosil bo’lgan Ayning yangi vaziyatidan Oz ga parallel chiziq chiqariladi.
Geometriyada har qanday nuqta va shaklning fazodagi vaziyatini o’zaro perpendikulyar uchta koordinatalar tekisligi sistemasiga nisbatan aniqlash qabul qilingan. Bu usul frantsuz matematigi va faylasufi Rene Dekart (1506–1650 yy) ixtiro qilgani uchun dekart koordinatalar sistemasi deb yuritiladi.
Bu sistemada nuqtaning fazodagi vaziyatini uning x, y va z koordinatalari aniqlaydi. Masalan, fazoda berilgan biror A nuqtaning koordinatalari xA, yA va zAbo’ladi (2.33,a–rasm). Ammo dekart koordinatalar sistemasida stereometrik masalalarni geometrik yasashlar fikran bajariladi va chizma asboblari yordamida muayyan geometrik shakllarni yasash va ularni grafik usullar bilan tahlil qilish imkoniyatini bermaydi.
Fransuz geometri va muxandisi G.Monj dekart koordinatalar sistemasi asosida fazodagi har qanday nuqtaning uchta koordinatasini proeksiyalar tekisliklari sistemasida ortogonal proeksiyalari bilan o’zaro grafik bog’ladi.
a) b)
2.33–rasm.
Haqiqatan, ortogonal proeksiyalar sistemasida biror nuqtaning berilgan koordinatalari orqali uning proeksiyalar tekisliklaridan uzoqligini aniqlash mumkin. Masalan biror A nuqtaning (2.33,a,b–rasmlar) W profil proeksiyalar tekisligidan uzoqligini zA abssissasi, V frontal proeksiyalar tekisligidan uzoqligini yAordinatasi va H gorizontal proeksiyalari tekisligidan uzoqligini zA appilikatasi kabi koordinatalari aniqlaydi.
Biror nuqta berilgan koordinatalariga asosan fazoning turli oktantlaridan birida joylashgan bo’lishi. Buni aniqlash uchun takror koordinata o’qlarining yo’nalishi (2.22-rasm) ishoralariga asosan quyidagi 1-jadvalni keltiramiz.
1-jadval
Oktantlar
Koordinatalar
x
y
z
I
+
+
+
II
+
-
+
III
+
-
-
IV
+
+
-
V
-
+
+
VI
-
-
+
VII
-
-
-
VIII
-
+
-
Bu jadvaldan foydalanib, nuqtaning berilgan koordinatalarining ishoralari orqali uning qaysi oktantda joylashganligini aniqlash mumkin. Quyida koordinatalari bilan berilgan nuqtalarning fazodagi vaziyati va chizmasini yasashni ko’rib chiqamiz.
1–masala. A(50,30,60) nuqtaning berilgan koordinatalari bo’yicha uning fazoviy vaziyati va chizmasi yasalsin.