D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə18/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

Yechish. B nuqta koordinatalari ishoralariga asosan II oktantda joylashgan. Nuqtaning proeksiyalarini yasash uchun proeksiyalar tekisliklarining fazoviy modelida (2.35,a–rasm) koordinata o’qlariga berilgan xv=60, yv=–40, zv=70 qiymatlarini qo’yamiz va hosil bo’lgan nuqtalarni Bx , By va Bz bilan belgilaymiz. So’ngra Bx va By nuqtalardan Ox va Oy o’qlarga, Bx va Bz dan Ox va Oz o’qlarga, By va Bz dan Oy va Oz o’qlarga perpendikulyarlar o’tkazamiz va ularning kesishgan B′, B″ va B‴ proeksiyalaridan tegishlicha H, V va W tekisliklarga perpendikulyarlar o’tkazamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi izlangan B nuqta bo’ladi.
Nuqtaning chizmasini yasash uchun proeksiyalar o’qlari sistemasini (koordinatalarning ishoralarini nazarda tutgan holda) chizamiz (2.35,b–rasm). Koordinata boshi O nuqtadan Ox o’qi bo’ylab xB=60 mm, Oy o’qi bo’ylab yB=40 mm va Oz o’qi bo’ylab zB=70 mm masofalarni o’lchab qo’yib, Bx, By va Bz nuqtalarga ega bo’lamiz. So’ngra yuqorida qayd qilingan tartibda, Bx va By dan Ox va Oy o’qiga, Bx va By dan Ox va Oy o’qiga, Bx va Bz dan Ox va Oz o’qiga perpendikulyarlar o’tkazib, B′ va B″ proeksiyalarini aniqlaymiz.

a) b)
2.35–rasm.
Nuqtaning profil Bproeksiyasini yasash uchun By nuqtani Oz o’qiga jipslashgan Oy o’qidan Ox o’qiga jipslashgan Oy o’qiga ko’chiramiz. Bu By nuqtadan Oy o’qiga va By nuqtadan Oz o’qiga o’tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi B‴ bo’ladi. Shunday qilib, B nuqtaning berilgan koordinatalariga ko’ra uning ortogonal proeksiyasi yasaldi, ya’ni B (B′, B″, B‴).

Nazorat savollari



  1. Fazo kvadrantlari va choraklari nima?

  2. Tekis yoki kompleks chizma nima?

  3. Nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalari tekis chizmada qanday joylashadi?

  4. Nuqtaning frontal va profil proeksiyalari tekis chizmada qanday joylashadi?

  5. Bissektor tekisliklari nima va ularga tegishli nuqtalarning proeksiyalari chizmada qanday joylashadi?

  6. Proeksiyalar tekisliklariga tegishli nuqtalarning proeksiyalari chizmada qanday tasvirlanadi?

  7. Nuqtaning berilgan ikki proeksiyasiga asosan uchinchi proeksiyasi qanday yasaladi?

  8. Uchinchi, to’rtinchi, beshinchi, oltinchi oktantlarda joylashgan nuqtalarning koordinata qiymatlari ishorasi qanday bo’ladi?


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin