D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə21/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

Frontal to’g’ri chiziq. Frontal proeksiyalar tekisligi V ga parallel to’g’ri chiziq frontal to’g’ri chiziq (yoki frontal) (3.4,a,b-rasm) deb ataladi. Frontalning barcha nuqtalari V tekislikdan baravar masofada bo’lgani uchun chizmada uning F ′ gorizontal proeksiyasi Ox o’qiga, F ‴ profil proeksiyasi esa Oz o’qiga parallel bo’ladi. Frontalning frontal proeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda bo’ladi.

a) b)
3.4-rasm
Mazkur chiziq kesmasining frontal proeksiyasi uning haqiqiy o’lchamiga teng bo’lib proeksiyalanadi. Chizmadagi  va  burchaklar F frontalni H va W proeksiyalar tekisliklari bilan mos ravishda hosil etgan burchaklarning haqiqiy kattaligi bo’ladi, ya’ni:
fVf ʹ||Ox va F ‴||Oz, AʺBʺ=|AB|,  = F ^H va γ = F ^W bo’ladi.
Profil to’g’ri chiziq. Profil proeksiyalar tekisligi W ga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq profil to’g’ri chiziq (yoki profil) deb ataladi (3.5,a,b-rasm). Profilning barcha nuqtalari W tekislikdan baravar masofada bo’lgani uchun chizmada uning gorizontal proeksiyasi Oy o’qiga parallel, frontal proeksiyasi Oz o’qiga parallel bo’ladi.

a) b)
3.5-rasm
Profilning profil proeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda joylashgan bo’ladi. Mazkur, chiziq kesmasining profil proeksiyasi o’zining haqiqiy o’lchamiga teng bo’lib proeksiyalanadi.
Chizmadagi α va burchaklar profil chiziqning H va V tekisliklar bilan mos ravishda tashkil etgan burchaklarining haqiqiy kattaligi bo’ladi, ya’ni:


pWÞp′‖Oy va pʺ‖Oz, AV‴=|AV|, α = p^H va = p^V bo’ladi.

3.2.2. Proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to’g’ri chiziqlar. Proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to’g’ri chiziqlar proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar deb ataladi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin