D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya


Gorizontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə22/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

Gorizontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar. Gorizontal proeksiyalar tekisligiga perependikulyar to’g’ri chiziq gorizontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziq deb ataladi (3.6,a,b-rasm). Bu to’g’ri chiziq H tekislikka nuqta bo’lib proeksiyalanadi. Uning frontal va profil proeksiyalari Oz o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi V va W ga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proeksiyalanadi.

a) b)
3.6-rasm.
Frontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar. Frontal proeksiyalar tekisligiga perependikulyar to’g’ri chiziqlar frontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar deb ataladi (3.7,a,b-rasm). Bunday to’g’ri chiziq V tekisligiga nuqta bo’lib proeksiyalanadi. Uning gorizontal va profil proeksiyalari Oy o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi H va W proeksiyalar tekisliklariga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proeksiyalanadi.

a) b)
3.7-rasm
Profil proeksiyalovchi to’g’ri chiziq. Profil proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to’g’ri chiziqlar profil proeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar deb ataladi (3.8,a,b-rasm). Bu to’g’ri chiziqlar profil tekisligiga nuqta bo’lib proeksiyalanadi. Uning gorizontal va frontal proeksiyalari Ox o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi H va V ga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proeksiyalanadi.

a) b)
3.8-rasm
3.2.3. Proeksiyalar tekisliklari va koordinata o’qlariga tegishli to’g’ri chiziqlar. To’g’ri chiziqlar H, V va W proeksiyalar tekisliklariga va Ox, Oy, Oz proeksiyalar o’qlariga tegishli bo’lishi mumkin.
Agar to’g’ri chiziq biror proeksiyalar tekisligiga tegishli bo’lsa,bu to’g’ri chiziqning bir proeksiyasi bevosita to’g’ri chiziqning o’ziga, qolgan ikki proeksiyasi esa koordinatalar o’qiga proeksiyalanadi. Masalan, CD(CD′, CD″) to’g’ri chiziq frontal proeksiyalar tekisligi V ga tegishli bo’lgani uchun (3.9,b- rasm), uning CD″ frontal proeksiyasi mazkur to’g’ri chiziqqa, gorizontal CD′ proeksiyasi Ox o’qiga, profil CD‴ proeksiyasi esa Oz o’qiga proeksiyalanadi.
Shuningdek, 3.9,a-rasmda H tekislikka tegishli AB(AB′,AB‴) to’g’ri chiziqning, va 3.9,v-rasmda esa W tekislikka tegishli EF(EF′,EF‴) to’g’ri chiziqlar proeksiyalarining joylashishi ko’rsatilgan.
To’g’ri chiziq koordinata o’qlariga tegishli bo’lsa, uning ikki proeksiyasi shu o’qning o’ziga proeksiyalanadi, bir proeksiyasi esa koordinata boshi O ga nuqta bo’lib proeksiyalanadi.

a) b) v)
3.9-rasm



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin