Yechish. To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyatini aniqlash uchun P tekislikda e′ || l′ qilib to’g’ri chiziqning gorizontal proeksiyasini o’tkaziladi va uning frontal e″ proeksiyasini yasaladi.Chizmada e″ to’g’ri chiziq l″ ga paralell bo’lmagani uchun l to’g’ri chiziq tekislikka paralell bo’lmaydi. l va P larni o’zaro paralelligini l″||e″ qilib o’tkazish bilan ham bajarish mumkin.
4.27-rasm
4.7-§. Tekisliklarning o’zaro parallelligi
Ta’rif. Agar bir tekislikka tegishli o’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqlar ikkinchi tekislikka tegishli o’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqlarga mos ravishda parallel bo’lsa,bu tekisliklar ham o’zaro parallel bo’ladilar.
|
Agar Q tekislikka tegishli a∩b kesishuvchi to’g’ri chiziqlar ikkinchi P tekislikka tegishli a1∩b1 kesishuvchi to’g’ri chiziqlarga mos ravishda o’zaro parallel bo’lsa,bu tekisliklar ham o’zaro parallel bo’ladi. Ya’ni aQ, bQ bo’lib, a∩b bo’lsa va a1P va b1P bo’lib a1∩b1 bo’lsa hamda A || a1, b||b1 bo’lganda Q || P bo’ladi (4.28-rasm).
4.28-rasm
Agar fazodagi ikki tekislik bir-biriga parallel bo’lsa, chizmada bu tekisliklarning bir nomli izlari ham o’zaro parallel bo’ladi, ya’ni: Q∥P bo’lsa QH∥PH, QV∥PV va QW || PW bo’ladi (4.29-rasm).
4.29-rasm 4.30-rasm
Chizmada profil proeksiyalovchi tekisliklar uchun ularning gorizontal va frontal izlari parallel bo’lishi etarli bo’lmaydi. Masalan, 4.30-rasmda berilgan G va G1 tekisliklarda GH||G1H va GV||G1V bo’lib, GW∦G1W bo’lgani uchun G∦G1 bo’ladi. Bu tekisliklarning o’zaro vaziyatini tekisliklarga tegishli A va b to’g’ri chiziqlar yordami bilan ham aniqlash mumkin, bunda aG1 va bG bo’lgan holda a″||b″ bo’lsa, a′∦b′ bo’lgani uchun a∦b va G∦G1 bo’ladi.
Fazodagi ixtiyoriy nuqta orqali berilgan tekislikka faqat bitta parallel tekislik o’tkazish mumkin.
1-masala. A (A′, A″) nuqtadan Q (QH, QV) tekislikka parallel P(PH, PV) tekislik o’tkazish talab qilinsin (4.31-a, rasm).
Dostları ilə paylaş: |