O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-sonli buyrug‘i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz
Ko‘rsatkichlar nomi
Satr kodi
Hisobot
yili boshiga
Hisobot
yili oxiriga
Aktiv
I. Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar:
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati (0100, 0300)
010
Eskirish (0200)
011
Qoldiq qiymat (010 - 011)
012
Nomoddiy aktivlar:
Boshlang‘ich qiymati (0400)
020
Eskirish summasi (0500)
021
Qoldiq qiymat (020-021)
022
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr. 040+050
+060+070+080), shu jumladan:
Tovar-moddiy zaxiralari; jami (satr.
150+160+170+180), shu jumladan:
140
Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600)
150
Tugallanmagan ishlab chiqarish
(2000, 2100, 2300, 2700)
160
Tayyor mahsulot (2800)
170
Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)
180
Kelgusi davr sarflari (3100)
190
Kechiktirilgan xarajatlar (3200)
200
Debitorlar, jami (satr. 220+230+240+250+260
+270+280+290+300+310)
210
shundan: muddati o‘tgan
211
Xaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900
ning ayirmasi)
220
Ajratilgan bo‘linmalarning qarzi (4110)
230
SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning qarzi (4120)
240
Xodimlarga berilgan bo‘naklar (4200)
250
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‘naklar (4300)
260
Budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari
(4400)
270
Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha
bo‘nak to‘lovlari (4500)
280
Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi
(4600)
290
Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi (4700)
300
Boshqa debitorlik qarzlari (4800)
310
Pul mablag‘lari, jami (satr. 330+340+350+360), shu
jumladan:
320
Kassadagi pul mablag‘lari (5000)
330
Hisoblashish schyotidagi pul mablag‘lari (5100)
340
CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari (5200)
350
Boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlari
(5500,5600,5700)
360
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)
370
Boshqa joriy aktivlar (5900)
380
II bo‘lim bo‘yicha jami
(satr. 140+190+200+210 +320+370+380)
390
Balans aktivi bo‘yicha jami (satr. 130+390)
400
Ko‘rsatkichlar nomi
Satr kodi
Hisobot
yili boshiga
Hisobot
yili oxiriga
P a s s i v
I. O‘z mablag‘lari manbalari
Ustav kapitali (8300)
410
Qo‘shilgan kapital (8400)
420
Zaxira kapitali (8500)
430
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)
440
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
450
Maqsadli tushumlar (8800)
460
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar
(8900)
470
I bo‘lim bo‘yicha jami
(satr. 410+420+430-440+450 +460+470)
480
II. Majburiyatlar
Uzoq muddatli majburiyatlar, jami
(satr. 500+510 +520+540+550+560+570+580+590)
490
SHu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr.
500+520+540+560+590)
491
SHundan: muddati o‘tgan uzoq muddatli kreditorlik
qarzlari
492
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli
qarz (7000)
500
Ajratilgan bo‘linmalarga uzoq muddatli qarz (7110)
510
SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga uzoq muddatli
qarz (7120)
520
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220,
7130)
530
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli
kechiktirilgan majburiyatlar (7240)
540
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar
(7250, 7290)
550
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar
(7300)
560
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)
570
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)
580
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)
590
Joriy majburiyatlar, jami (satr. 610+630+640+650
+660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)
600
SHu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr.
610+630+650+670+680+690+700+710+720+760)
601
SHundan: muddati o‘tgan joriy kreditorlik qarzlari
602
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)
610
Ajratilgan bo‘linmalarga qarz (6110)
620
SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz (6120)
630
Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)
640
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan
majburiyatlar (6240)
650
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)
660
Olingan bo‘naklar (6300)
670
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6400)
680
Sug‘urtalar bo‘yicha qarz (6510)
690
Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz
(6520
700
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar (6600)
710
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz (6700)
720
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)
730
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)
740
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)
750
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)
760
II bo‘lim bo‘yicha jami (satr. 490+600)
770
Balans passivi bo‘yicha jami (satr. 480+770)
780
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag‘lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko‘rsatadi.
«Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko‘rsatadi. SHuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Xom-ashyo va materiallar»,
«YOrdamchi materiallar», «YOqilg‘i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha etkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Tayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo‘ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi. «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar». «Boshqa debitoolik qarzlari» va
hokazo moddalarida esa boshqa xo‘jalik yuritish subektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Xaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo‘yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo‘lib, ularning mazmuni ko‘p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo‘lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko‘z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. YUqorida aytilganidek, passiv aktivda ko‘rsatilgan korxona mablag‘larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag‘lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o‘z mablag‘larining umumiy summasi ko‘rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag‘larning o‘zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo‘ladi.
«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat ko‘rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo‘lgan vaqt ichida jamg‘arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo‘lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko‘rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo‘lgan pul mablag‘larining miqdorini ko‘rsatadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bank tomonidan kredit ko‘rinishida beriladigan pul mablag‘lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo‘yiladi yoki mol etkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzni uzish uchun o‘tkaziladi. Demak, bu mablag‘ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol etkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko‘rsatadi.
«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va
xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko‘rsatadi.
«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» moddasi korxonaning byudjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqlar va ajratmalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliyaviy tashkilotlariga bo‘lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. To‘lanishi lozim bo‘lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o‘z balansining passivida shu modda bo‘yicha uning summasini ko‘rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
Tuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; ajralish balansi; qo‘shilish balansi; sanatsiya balansi.
Tuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo‘jaliklar o‘z shaklini o‘zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
Axborot hajmi bo‘yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi; yig‘ma balans - barcha korxonalar mablag‘larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo‘shish yo‘li bilan tuziladi; konsolidallashgan balans.
Faoliyat xarakteri bo‘yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to‘g‘ri keladigan balans; asosiy bo‘lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari bo‘yicha tuziladigan balans.
Mulk shakli bo‘yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari balansi; munitsipal balansi; qo‘shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
Aks ettirish obekti bo‘yicha: huquqiy shaxs bo‘lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans.
Tozalanish usuli bo‘yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto- balansi qo‘llaniladi.