2.1-chizma.Balansdagio‘zgarishlarningturlari Balansli o‘zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o‘rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o‘rganishga ushbu guruhlashning hech qanday aloqasi yo‘q.
Qisqacha xulosalar
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko‘rsatadi. SHunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subektlari ishining yakunlari to‘g‘risidagi hisobotdir. Buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ko‘zgusidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Balans so‘zi nimani anglatadi.
Balans moddalari deganda nimani tushunasiz.
Aktiv atamasi nimani anglatadi.
Passiv atamasi nimani anglatadi.
Balansning aktivida qanday bo‘limlar mavjud.
Balansning passivida qanday bo‘limlar mavjud.
Balansdagi birinchi o‘zgarishni tushuntiring.
Balansdagi ikkinchi o‘zgarishni tushuntiring.
Balansdagi uchinchi o‘zgarishni tushuntiring. 10.Balansdagi to‘rtinchi o‘zgarishni tushuntiring.
Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.