Bu erda:
Sb - boshlang‘ich saldo Ay.d - debetlik aylanma Ay.k - kreditlik aylanma So - oxirgi qoldiq
So = Sb + Ay.d - Ay.k
Passiv schyot shakli
Ish haqi bo‘yicha Bank krediti Kreditorlar
D-t
K-t
D-t
K-t
D-t
K-t
Sb
Sb
Sb
-
+
-
+
-
+
Ay.d
Ay.k
Ay.d
Ay.k
Ay.d
Ay.k
So
So
So
So= Sb +Ay.k - Ay.d
Mablag‘lar va ularning manbalari qoldiqlarining o‘zgarishlarini schyotlarda aks ettirilishini misollarda ko‘rib chiqamiz.
- misol. «Kassa» moddasi korxonalarning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz qilaylik, kassada 2000 so‘m bor. Xo‘jalik mablag‘lari balansning aktivida ko‘rsatilganligi bois, schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 2000 so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.
SHuningdek, shunday operatsiyalar sodir bo‘lganki, ularning natijasida kassaga korxonvalarda birinchi operatsiya bo‘yicha 500 000 so‘m, uchinchi operatsiya bo‘iicha 300 000 so‘m kelib tushgan; kassada ikkinchi operatsiya bo‘yicha 600 000 so‘m va to‘rtinchi jarayon yuzasidan 280 000 so‘m chiqib ketgan (sarflangan). Pullarning kelib tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni kelib tushishini qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishini esa ayirish uchun kerak.
SHunday qilib, 500 000 va 300 000 so‘m «Kassa» schyotining debetiga, 600
000 va 280 000 so‘m uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo‘yicha oborotlar summasi hisoblab chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 22 000 so‘mga teng bo‘ladi 2 000
+800 000-780 000).
To‘rtta operatsiya yozilgandan keyin «Kassa»schyotiquyidagiko‘rinishgaegabo‘ladi:
D-t
K-t
Kassadagi naqd boshlang‘ichqoldig‘i
pullarning2 000
2) Kassadan naqd pul sarflandi 500 000
4) Kassadan naqd pul sarflandi 280 000
1)Kassaga naqd pul kelib tushdi 500 000
3) Kassaga naqd pul kelib tushdi 300 000
Jami kelib tushgan (oborot) - 800 000
Jami sarflangan(oborot)
780 000
Kassadagi naqd pulning oxiriqoldig‘i 22 000
Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo‘lishi mumkin, chunki mavjud bo‘lgan naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.
-misol.«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasi korxonalar mablag‘lari manbaini aks zttiradi. Balansda unga yozilgan
summa - korxonalarning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzi miqdorini ko‘rsatadi. Bu modda bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq 400 000 so‘mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasining o‘zgarishini anglatuvchi operatsiyalar korxonalar qarzining oshishini kamayishini ko‘rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta operatsiya sodir bo‘lgan: birinchisi - korxona mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini 150 000 so‘mga uzgan, ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 200 000 so‘mga oshgan, uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan korxona qarzini 350 000 so‘mga uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir operatsiyalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu schyot mablag‘lar manbaini aks ettiradi, shuning uchun undagi yozuvlar, mablag‘lar turlarini hisobga oladigan «Kassa» schyotiga qaraganda boshqacha aks ettiriladi. Unda qoldiq, mablag‘lar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda ko‘payishni anglatuvchi operatsiyalar - kreditida, kamayishni anglatuvchi operatsiyalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 150 000 va 350 000 so‘m shu schyotning debetiga, 200 000 so‘mni esa kreditiga yozish kerak.
Boshlang‘ich qoldiq va operatsiyalar yozilgandan keyin, debet hamda kredit bo‘yicha oborotlar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz. U quyidagicha bo‘ladi:
(400 000+200 000-500 000= 100 000).
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti unga operatsiyalar yozilganidan keyin quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
D-t «Moletkazibberuvchilarvapudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» K-t
1)Mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz uzilgan 150 000