D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə12/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar


Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib yuboradi. Lekin bu xo‘jaklik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. (+A –A) Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi bir modda summasi aynan shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o‘zgarmasdan qoladi.
Ikkinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, (+P –P) passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi modda summasi aynan shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi. (+A +P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirdia balansninng aktiv tomonda bir modda ko‘paysa aynan shu summaga passiv tomnda ikkinchi bir modda ham ko‘payadi.
To‘rtinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. (-A – P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansninng aktiv tomonda bir modda kamaysa aynan shu summaga passiv tomnida ikkinchi bir modda ham kamayadi.
Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining 1-kuniga tuziladi. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo‘lgan:
BALANS

Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbai va
ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

3 500 000

Ustav kapitali

4 000 000

Xom-ashyo va materiallar

1 000 000

Foyda

400 000

Kassa

100 000

Bank kreditlari

200 000

Hisob-kitob schyoti

500 000

Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan
hisoblashishlar

500 000

JAMI

5 100 000

JAMI

5 100 000

Misolni ko‘rib chiqayotganda korxona mablag‘lari xo‘jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o‘zgarmasdan qolmasligiga etibor beramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo‘ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadilar. SHuning uchun davr boshiga ko‘rsatilgan dastlabki xolati katta o‘zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag‘lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o‘rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 000 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 000
so‘mga kamayadi va 40 000 (100 000-60 000) so‘mni tashkil qiladi. SHu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo‘lgan 60 000 so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tipshgina sodir bo‘ldi. Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik
saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va
ularning joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

3 500 000

Ustav kapitali

4 000 000

Xom ashyo va materiallar

1 000 000

Foyda

400 000

Kassa

40 000

Bank kreditlari

200 000

Hisob-kitob schyoti

500 000

Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

500 000

Debitorlar

60 000

JAMI

5 100 000

JAMI

5 100 000

Ikkinchi operatsiya. Sof foyda hisobidan uning bir qismi (100 000 so‘m) korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali tashkil etilgan.
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100 000 so‘mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo‘ladi: xuddi shu summaga zaxira kapitali ko‘payadi. Demak, endi foyda miqdori 300 000 (400 000 - 100 000) so‘mni, zaxira fondi esa 100 000 so‘mni tashkil qiladi. Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag‘lar manbai o‘zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo‘ladi. Bu operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o‘zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi. BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va ularning Joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

3 500 000

Ustav kapitali

4 000 000

Xom ashyo va materiallar

1 000 000

Zaxira kapitali

100 000

Kassa

40 000

Foyda

300 000

Hisob-kitob schyoti

500 000

Bank kreditlari

200 000

Debitorlar

60 000

Mol etkazib beruvchi pudratchilar bilan hisoblashishlar

500 000

JAMI

5 100 000

JAMI

5 100 000

Uchinchi operatsiya. Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 250 000 so‘mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to‘lanmadi. Mazkur operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko‘payishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250 000 so‘mga oshadi. Ikkinchidan materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to‘lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo‘ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo‘yicha aks ettirilib, uning summasi ham 250 000 so‘mga oshadi va 750 000 so‘mga teng bo‘ladi.
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbai va
ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

3 500 000

Ustav kapitali

4 000 000

Xom ashyo va materiallar

1 250 000

Zaxira kapitali

100 000

Kassa

40 000

Foyda

300 000

Hisob-kitob schyoti

500 000

Bank kreditlari

200 000

Debitorlar

60 000

Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan
hisoblashishlar

750 000

JAMI

5 350 000

JAMI

5 350 000

Balansda aks ettirilish tavsifi bo‘yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o‘zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda xam, passivda xam yuzaga keltirgan o‘zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo‘naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o‘zgaradi, ularning o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
To‘rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo‘yicha qarzni uzish uchun 200 000 so‘m o‘tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o‘zida korxonaning kreditlar bo‘yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob- kitob» schyoti bo‘yicha summa 300 000 (500 000 – 200 000) so‘mgacha kamayadi
va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo‘yicha 0 (200 000 – 200 000) gacha
kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
To‘rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. SHuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o‘rtasidagi tenglik bu operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.
BALANS (to‘rtinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

3500000

Ustav kapitali

4000000

Xom ashyo va materiallar

1250000

Zaxira kapitali

100000

Kassa

40000

Foyda

300000

Hisob-kitob schyoti

300000

Bank kreditlari

-

Debitorlar

60000

Mol etkazib beruvchi va
pudratchilar bilan hisoblashishlar

750000

JAMI

5150000

JAMI

5150000

Bunga o‘xshagan operatsiyalar xo‘jalik faoliyatida ko‘plab uchraydi. Keltirilgan to‘rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarni o‘z ichiga oladi.


Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko‘rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va passivini o‘zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo‘lib o‘tgan edi. Bu balans o‘zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko‘payishi (uchinchi operatsiya) yoki kamayishini (to‘rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.
YUqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o‘zgarishlar turlarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

Aktiv

Passiv

Ko’payish

Kamayish

Kamayish

Ko’payish



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin