D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 BAHOLASH FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
kochmas mulkni baholash

1.3. BAHOLASH FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY  
ASOSLARI 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal 
qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi 
har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. 
Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning 
rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mulkchilik 
munosabatlari va mulk bilan bo‘ladigan jarayonlar quyidacha bayon 
etilgan. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. 


22
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy 
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk 
shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar 
muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik 
muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart.
Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir
1

O‘zbekistonda baholash institutining rivojlanishi yagona tizimni 
yaratish yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bunday tizimning 
asosi yagona uslubiy kenglik bo‘lishi mumkin, uning tamoyiliga 
O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini rivojlantirish 
konsepsiyasida asos solingan. 
Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan 
holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan 
muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat 
tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-
oqibatda o‘zini to‘la oqladi.
Huquqiy davlatni yaratish va rivojlantirish masalalari jamiyat-
ning barcha a’zolari uchun teng huquqlarni, shu jumladan 
mulkiy huquqlarni ta’minlashga doir chora-tadbirlarning butun 
bir kompleksini o‘z ichiga oladi. Shu bois, ana shu huquqlarni 
1
 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr, 
53–55-moddalar.


23
himoyalash va ular adolatli tarzda iqtisodiy baholanishi uchun shart-
sharoit yaratish har qanday huquqiy davlatning eng muhim vazifasi 
hisoblanadi. Shu ma’noda BMTning ming yillik deklaratsiyasida 
(Birlashgan Millatlar Tashkilotining ming yillik deklaratsiyasi. Bosh 
Assambleyaning 2000-yil 8-sentabrdagi 55/2-sonli rezolutsiyasi 
bilan tasdiqlangan, 25-band) belgilangan barqaror rivojlanish 
borasidagi talablariga javob beradi.
Shunday qilib, mulk qiymatini baholash faoliyatini rivojlantirish 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni isloh etish va huquqiy 
demokratik davlat barpo qilish jarayonining ajralmas qismidir. 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublika-
sida mulkchilik to‘g‘risidagi qonunga asosan O‘zbekiston 
Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza 
etiladi.
Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik 
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan 
har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun 
hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa 
faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga 
berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida 
ko‘zda tutilgan hollarda, mulkchilikning zimmasiga boshqa 
shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l 
qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin
1
.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda baholash 
1
 O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1995-yil,  №  6, 
118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda.


24
faoliyatini takomillashtirish, mavjud vaziyatlarni tartibga solish 
uchun yo‘l ochdi va Qonun hujjatlarini tuzishga asos bo‘ldi.
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuniga  muvofiq  va  mustaqil  baholash  tizimini  yanada 
rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional saviyasi 
hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga 
solishning samarali usullarini tatbiq etish, baholash ishlarining 
natijalari va xolisligi bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish 
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 
24-apreldagi PQ-843-sonli «Baholovchi tashkilotlar faoliyatini 
yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun 
ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-sonli qarori 
«Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan 
o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilinishi 
baholash hisobotiga bo‘lgan mavjud talablarni va baholash 
faoliyatidagi xolisligini oshirdi. Ushbu qaror baholash to‘g‘risidagi 
hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishga oid ishlarni 
tashkil  etish  tartibini  belgilaydi.  Unga    muvofiq    baholash  obyekt-
lari bahosi bo‘yicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari 
so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komis-
siyasining tarkibi  va  ularning  vakolatlari  belgilab  berildi.
Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya 
a’zolarini tasdiqlash Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan 
amalga oshiriladi. Komissiyaning doimiy a’zolari boshqa ishga 
o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayin-
langan shaxslar kiritiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda baholash 
faoliyatini takomillashtirish, mavjud vaziyatlarni tartibga solish 
uchun yo‘l ochdi va qonun hujjatlari tuzishga asos bo‘ldi.


25
Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga soladi. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan 
iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida 
O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunga 
muvofiq  Baholash  faoliyati  litsenziya  asosida  amalga  oshiriladi. 
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan 
tasdiqlangan «Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 
Nizom tomonidan belgilanadi.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish 
huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. 
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Buyurtmachi yoki 
boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga 
aralashishi taqiqlangan. Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi 
va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati 
bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi 
kerak: 
– baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;
– baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega 
bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun 
hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
– baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdordagi ustav fondining mavjudligi;
– baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqa-
rolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi 
sug‘urta polisining mavjudligi.


26
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ 
tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan 
jismoniy shaxsdir. Baholovchi faqat bitta baholovchi tashkilotning 
ishtirokchisi bo‘lishi va baholovchi tashkilot tomonidan jalb 
etilishi mumkin. Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa 
tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida 
tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi 
mumkin. Baholovchi malaka sertifikati olish uchun baholovchining 
yordamchisi lavozimida malaka oshirish lozim. Baholovchining 
yordamchisi  baholovchining  malaka  sertifikatiga  ega  bo‘lmagan 
va baholovchininig baholash obyektini baholashdan o‘tkazish 
bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini 
baholash to‘g‘risidagi hisobotni  hamda baholashni o‘tkazish bilan 
bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan 
jismoniy shaxsdir. Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan 
tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi. 
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining 
malaka  sertifikatini  olish  uchun  zarur  bo‘ladigan  ish  stajiga 
qo‘shiladi.
 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin