D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev


Korxonaning bozorga tomon yo‘naltirilgan ishlab chiqarish



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

9.2. Korxonaning bozorga tomon yo‘naltirilgan ishlab chiqarish,
savdo, sotish, moliya funksiyalarini o ‘zaro bog‘liqligi
Marketing strategiyasi zam inida quyidagi besh talab (prinsip) 
mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
1. 
Bozor bir xil emas, u o ‘ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan 
iborat. Taklif qilinayotgan tovar yoki xizmat hamma iste’molchilar 
talabiga mos kelavermaydi.
2. Korxona bozorda bir yoki bir necha segment talablarini nazarda 
tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor tabaqalari (segment- 
lari)ni o ‘ziga jalb etishda, ko‘proq muvaffaqiyat qozonishni o ‘ylash 
lozim.
3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
4. M arketing vositasini tanlashda, ko ‘proq bir-biriga mos va o ‘zaro 
vazifalari bilan bir-birini to‘lg‘izib turuvchilami ishga solishni ko‘zda 
tutish kerak. Masalan, tovar upakovka (o ‘rami)si bilan narx, tovar 
harakati bilan sotish joyini, iste’m olchilar bilan aloqalami reklamaga 
q o‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi.
5. 
Korxonaning bozorga 
chiqishida iqtisodiy 
holatni 
har 
tomonlama hisobga olishni talab etadn. Masalan, umumiy va savdo 
konyunkturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan o ‘m i va 
boshqalar.
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, 
korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning yechimini 
topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud.
159


9.2-rasm. Marketing strategiyasi
«Porterning umumiy strategik modeli»
Bunda korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga 
qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga, 
m ahsulotga past baho belgilab iste’molchilami ko‘proq jalb etadi va 
sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar y o ‘q bozomi 
yangi tovar assortim enti bilan egallab oladi.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matritsasi))». 
Bu 
yondashishda foydani ko‘paytirish birinchidan - tovar harakatini 
o ‘zgartirmagan holatda bozomi kengaytirish; ikkinchidan - hali talab 
qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda 
yaxshi 
tanilgandan 
so ‘ng yangi 
tovar ishlab chiqarish yoki 
modifikatsiyasini o ‘zgartirish; to ‘rtinchidan - yangi bozorlar uchun 
yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
M arketing dasturi
Zamonaviy firmalar ichidan tashkilotlami strategik boshqaruv faol 
marketing konsepsiyalariga asoslangan. Strategik rejalami realizatsiya
160


qilish umumfirma taktik yoki operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda 
tutadi. Masalan, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja 
va boshqalar. Jamlangan (yig‘ma) reja ko‘p hollarda biznes-reja 
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Bozorda aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun korxona biznes rejasining 
asosi - marketing dasturini qo ‘llaydi. Marketing dasturini tuzishda 
boshqaruvning 
marketingga 
oid 
rejalar 
xarakteri 
(marketing- 
menejment) bozor muhitini o ‘rab olgan o ‘zgarishlarga moslashishni 
ta’minlabgina qolmasdan, bozorga faol ta ’sir etishga qodir va 
iste’molchilar talablarini firmaning o‘z vazifalari va strategik 
maqsadlariga mos holda shakllantira oladigan tadbirlami ham o ‘z 
ichiga olishini bildiradi.Marketing dasturi biznesning rivojlanishidagi 
ko ‘pgina muqarrar muammolaming oldini olish va munosib kutib 
olishga yordam beradi. U o ‘z xatti-harakatlarini o ‘ylab ko‘rish 
imkonini beradi. U hodisalami shunchaki, kuzatish emas, oldindan 
tayyorlangan reja asosida boshqarish imkonini beradi. Marketing 
dasturlarini ishlab chiqishda korxonaning imkoniyatlari (resurslari) 
tahliii, rivojlanish maqsadlarini aniqlash, strategiyalami aniqlash, 
maqsadga erishish rejalari va uni bajarilishini nazorat qilish kabi 
tadbirlari tizimi aks ettiriladi.
Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing 
dasturi) tashqi y o ‘nalganlikka ega, sotilishi maksimal imkoniyatli 
yutuq keltirishi lozim boMgan o ‘ziga xos tovarga aylanadi.
Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, 
avvaldan mavjud boMgan tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi 
uchun ham ishlab chiqilishi mumkin.Tuzilgan biznes-rejaning darajasi 
tadbirkor va uning ishining ishonchliligi va jiddiyligi k o ‘rsatkichi 
boMadi. Qoidaga k o‘ra, biznes-reja tadbirkor va ehtimoliy investor 
(masalan, bank) orasida muzokaralar boshlanishi uchun asosiy nuqta 
hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar 
o ‘tkazishda zarur 
boMadi. 
Aksariyat 
ko‘plab 
firmalar 
tashqi 
moliyalashtirishga o ‘ta ehtiyojmand. Biroq birorta bank, birorta xorijiy 
investor kreditdan samarali foydalanishini, uni o ‘z vaqtida, foizi bilan 
qaytara olishini ishonchli isbotlab, talabnomasini asoslay olmaydigan 
biznesmenga sarmoya bermaydi.
i f i i


Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja - bu u investorlaming 
e ’tiborini jalb qilishi mumkin b o ig a n hujjatdir. Biznes-reja faraz 
qilinayotgan loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U 
investorlami, k o ‘zda tutilganlam i muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
imkon beruvchi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb 
etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona loyihaning maqsad va 
vazifalarini am alga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga 
egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o ‘z pulini yetarlicha 
ishonch bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo'yadi. 
M arketing dasturi quyidagi muhim muammolami hal qiladi: 
-biznesning 
istiqbolini 
rivojlanishning 
miqdoriy 
va 
sifat 
ko‘rsatkichlari ko‘rinishida tahliliy aniqlashtiradi;
-korxonaning 
yashovchanligi 
(gullab-yashnashi) 
va 
kelgusi 
barqarorligi darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini 
pasaytiradi;
-e’tibom i jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial 
investorlari tomonidan qoilab-quvvatlanishini ta ’minlaydi.
Tashkilotning an ’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi 
tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda 
foydasi tegishi mumkin b o ig a n shaxslaming tashqi maqsadlarini ham 
hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor 
shaxslar 
potensial 
iste’molchilar 
va 
firmaning 
mol 
yetkazib 
beruvchilari ham hisoblanadi.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin