1.4. Fanning m am lakat iqtisodiyotini yangilash va
modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom
ettirishning davr talablariga xos va mos vazifalari
Kichik biznesni jad al rivojlantirish har qanday mamlakat iqtiso-
diyotining barqaror o ‘sishini ta’minlovchi asosiy bo‘g ‘in va amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming ustuvor y o ‘nalishi hisoblanadi.
Respublikamizda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror
rivojlantirish va uni qo‘llab-quw atlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining asosiy ustuvor y o ‘nalishlaridan biri qilib belgilangan.
Darhaqiqat, m am lakatim izda kichik biznesni davlat tomonidan
doimiy q o ‘llab-quw atlanishi natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 2000-yilda 31,0 foiz tashkil qilgan bo ‘lsa, bu ko‘rsatkich 2011-
yilga kelib 54,0 foizga yetgan. Shu jumladan, jam i iqtisodiyotdagi band
bo‘lganlar soniga nisbatan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ulushi 2011-yilda 74,8 foizni tashkil etmoqda. 2012-yildagi yangi ish
o ‘rinlarining 64 foizdan ortiq qismi ham aynan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilish ko‘zda tutilmoqda. K o‘rinib
turibdiki,
kichik
biznes
makro iqtisodiy
jihatdan
mamlakat
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta ’minlash, ijtimoiy jihatdan esa
yangi ish o ‘rinlarini yaratish hisobiga aholi daromadlari va to ‘lov
qobiliyatini oshirish imkoniyatini bermoqda.
Shuningdek, kichik biznesni barqaror rivojlantirish, qo‘llab-
quw atlashdagi
davlatning oqilona
iqtisodiy
siyosati natijasida
m am lakatim izda qulay makroiqtisodiy m uhit yaratildi. Jumladan,
xususiy mulk va tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi
qonunchilik mustahkamlandi, ro ‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda
ro‘yxatdan chiqarish va tugatish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha
16
litsenziya va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi,
davlatning kichik biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi, tadbirkorlik
subyektlari topshiradigan hisobotlam ing barcha shakllari va muddatlari
keskin qisqartirildi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi, moddiy-texnik
resurslardan keng foydalanishga imkon beradigan bozor mexanizmi
shakllandi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda soliq
yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati natijasida, kichik
biznes subyektlari uchun yagona soliq to io v i stavkasi 1996-yilda 38
foizdan
2012-yilda
5
foizga
kamaytirilishi
kichik
biznes
subyektlarining ishbilarmonlik faoliyati va moliyaviy barqarorligini
ta’minlashga xizmat qilmoqda (1-rasm). Buning natijasida, kichik
biznes subyektlarining investitsion faoliyati kengaymoqda va bo'shab
qolgan pul m ablag‘larini birinchi navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘na!tirish
imkoni paydo b o‘ldi.
Shuningdek, kichik biznes subyektlariga O ‘zbekiston Respublikasi
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlaming miqdori sezilarli
darajada oshmoqda. Jumladan, 2001-yilda ushbu sohani rivojlantirish
uchun banklar tomonidan ajratilgan kreditlar miqdori 171,5 mlrd
so‘mni tashkil qilgan b o is a , ushbu ko ‘rsatkich 2 0 1 1-yilga kelib qariyb
26 barobarga oshdi va 4377 mlrd so‘mni tashkil qildi. 0 ‘sish
tendensiyasining mavjudligi banklar tomonidan kichik biznesni
kreditlash siyosati izchillik bilan davom ettirilayotganligidan dalolat
beradi.
Biroq, bugungi kunda jahon miqyosida raqobat va iste’molchilar
talabining
kuchayishi,
tarmoqlar
ishlab
chiqarishidagi
diversiflkatsiyalashuv va ixtisoslashuvning chuqurlashuvi jarayonlari
ta’siri ostida kichik biznes faoliyatining o ‘zgarishi kuzatilmoqda.
Bunday jarayon kichik biznesning iqtisodiy mohiyati va uning
mamlakat iqtisodiyotida tutgan o ‘m iga nisbatan kengroq yondashuv
zarurligini talab etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi innovatsion
jarayonlar uzluksizligini ta’minlash va k o ‘lamini oshirish bilan
xarakterlanadi. Bunday sharoitda kichik biznes samaradorligi o ‘z
faoliyatini fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, sanoatda keng
k o iam li ilm-fan sig ‘imi yuqori b o ig an mahsulotlar ishlab chiqarishni
joriy qilish, shuningdek, ilmiy ixtiro natijalarini tijoratlashtirishga
yo‘naltirganligi bilan belgilanadi. Ushbu omillar iqtisodiyotda kichik
innovatsion biznes shakllanishiga asos b o iad i.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon va mamlakat
miqyosidagi raqobatning kuchayishi va jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida kichik innovatsion biznesni rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Kichik innovatsion biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish, fikrimizcha, quyidagi yo‘nalishlarda
amalga oshirilishi lozim.
Kichik innovatsion biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish y o ‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, kichik innovatsion biznesni institutsional q o ilab -
quvvatlash. Ular quyidagilardan iborat:
-
mamlakatda
industrial-innovatsion
yo‘naltirilgan
va
m oslashuvchan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan x o ‘jalik yuritishning
yangi modelini shakllantirish;
-
innovatsion kodeks doirasida yagona huquqiy normalar
tizimini yaratish, unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan
sig‘imiga ega tadbirkorlik sohasida asosiy atam alami aniqlashtiruvchi,
kichik innovatsion biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
(respublika va hududiy darajada) choralari, shuningdek, intellektual
mulkni himoya qilish bilan bog‘liq bir qator asosiy qonunlami aks
ettirish;
-
kichik innovatsion biznesni paydo b o iish i va rivojlanishiga
zamonaviy
moliya-kredit
mexanizmi
bilan
ko‘maklashayotgan
tizim larga rag‘batlantirish mexanizmini yaratish, kichik innovatsion
biznes faoliyatini moliyalashtirayotgan tijorat banklariga maxsus
imtiyoz va pereferensiyalar tizimini o ‘rnatish;
-
kichik innovatsion biznes faoliyatini rag‘batlantirish uchun
soliq imtiyozlari va soliqqa tortish umumiy darajasini pasaytirish yo‘li
bilan ulam ing xo‘jalik yuritish sharoitini takomillashtirish, venchurli
m oliyalashtirish tizimini kengaytirish, yirik kompaniyalar, tijorat
18
banklari,
sug‘urta
tashkilotlam ing
kichik
innovatsion
biznes
subyektlari bilan hamkorlik qilish qiziqishlarini oshirish;
-
kichik innovatsion biznesni bozorlar “muhit” va “sotish”
o ‘rtasidagi
munosabatni kengaytirish, bunda ulam ing qimmatli
qog‘ozlar, birinchi navbatda, korporativ bozorda, m ehnat va resurslar
bozorlarida,
shuningdek,
birjalar,
sotuvlarda,
yarm arkalar
va
auksionlarda faol qatnashishini ta’minlash;
-
davlat va kichik innovatsion biznes o ‘rtasida sheriklik
aloqalarining turli shakllarini joriy qilish. Bu davlat va kichik
innovatsion biznes o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining turli shakllarini
amalga oshirish, kichik texnologik firmalami rag‘batlantirish va
moliyalash b o ‘yicha maxsus dasturlami ishlab chiqish, shuningdek,
ilmiy-texnik mahsulotlar bo‘yicha davlat buyurtmalari tizimini
kengaytirishni nazarda tutadi;
-
innovatsion-faol korxonalar uchun konsalting xizmatlari
bozori infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish
bo ‘yicha bozor institutlarini rivojlantirish, professional innovatsion
menejment tizimi, innovatsion loyihalami mustaqil ilmiy ekspertiza
qilish standartini yaratishda davlat ishtirokini ta’minlash;
-
kichik
innovatsion
biznes
vakillaridan
tashkil
topgan
respublika va hududlarda uyushmalar, biznes markazlar, shuningdek,
xalqaro tadbirkorlar uyushmalarini tashkil qilish;
-
innovatsion menejment bo ‘yicha maxsus kurslam i tashkil
qilish va ushbu y o ‘nalish bo‘yicha mutaxassislar malakasini doimiy
oshirib borish, shuningdek o ‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlam i
kengaytirish va innovatsion faoliyatni boshqarish masalalari bo‘yicha
dasturlar yaratish.
Shunday qilib, kichik innovatsion biznesni institutsional qoMlab-
quvvatlash davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor
mexanizmlaridan foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini
o ‘zida aks ettirishi lozim. Xususan, kichik innovatsion biznes
subyektlarini
rag‘batlantirishga
yondashuv
kichik
innovatsion
biznesning erishgan natijalari, ular faoliyatining tashqi yoki ichki
bozorga yo‘naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori
va muddatlari bo‘yicha tabaqalashgan boMishi zarur.
19
Ikkinchidan, kichik sanoat korxonalami in n o v atio n klasterlar
bilan hamkorligini rag‘batlantirish. Ushbu yo ‘nalish kichik innovatsion
biznesni
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, yirik
sanoat
korxonalari,
moliyaviy tuzilmalar va hukum at organlari bilan klaster bo‘g ‘inlari
doirasida kooperatsiya aloqalarini o ‘matishi hisoblanadi. Bu jarayonda
ishtirok etayotgan subyektlar uchun o ‘zaro
barqaror manfaatli
aloqalarni
shakllantirish,
tashqi
va ichki
bozorlarda
raqobat
ustunliklariga erishish uchun asos boiad i.
0 ‘zbekistonda innovatsion klasterlami shakllantirish va ularga
kichik innovatsion biznesni kirishi uchun shart-sharoit yaratish
davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi va u
alohida
kichik
innovatsion
korxonalami
qoilab-quvvatlashga
y o ‘naltirilishigina emas, balki turli hajmdagi va turdagi faoliyatni
birlashtiruvchi
“yuqori
texnologiyalar”
tizimini
rivojlantirishni
rag‘batlantirishga asoslanm og‘i lozim.
Mamlakatda kichik innovatsion biznes subyektlari faoliyatini
kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlami ko ‘rish zarur:
-
innovatsion klasterlam i rivojlantirish bo‘yicha davlat maqsadli
dasturlarini ishlab chiqish va am alga oshirish;
-
respublika
va
hududiy
kichik
biznesni
rivojlantirish
dasturlarini klaster loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan
uyg‘unlashtirish;
-
kichik innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash institutlari
faoliyatini barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan
kelishilgan holda amalga oshirishni ta ’minlash.
Shuningdek, kichik innovatsion biznesni innovatsion klasterlarga
kirishini ta ’minlovchi tashkiliy va uslubiy tadbirlam i amalga oshirish,
axborot ta ’minoti b o ‘yicha qo‘llab-quvvatlash, klasterlar doirasida
faoliyat yuritayotgan hukumat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik
masalalari bo‘yicha maslahat markazlarini shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Klasterlar doirasida kichik innovatsion biznesni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash davlat va xususiy tarmoq sherikligi sharoitida amalga
oshirish maqsadga muvofiq va bu jarayonlarga davlat va mahalliy
budjet
m ablag‘larinigina
emas,
balki
venchur
fondlar,
yirik
2 0
kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish zarur. Shu bilan
bir qatorda, innovatsion loyihalami amalga oshirish uchun moliyaviy
resurslami samarali taqsimlash va jalb qilishga m as’ul bo‘lgan
franchayzing kompaniyalami shakllantirish lozim.
Shuningdek, innovatsion klaster subyektlari tomonidan olingan
kreditlami kafolatlash tizimini joriy qilish, kredit kooperatsiyasi va
sug‘urtasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, kichik innovatsion biznes tashqi iqtisodiy faoliyati
samaradorligini ta ’minlash. Shu jum ladan, raqobat barqarorligini
ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat tizimida kichik korxonalar
manfaatlarini himoya qilish va q o ‘llab-quvvatlash, ulam ing eksport
salohiyatini oshirish va mamlakat eksport hajmida innovatsion
mahsulotlar
ulushini
oshirish
maqsadida,
fikrimizcha,
kichik
korxonalar eksportni davlat tomonidan q o ‘llab-quvvatlash bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Unda quyidagilarga
asosiy e ’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
- tashqi bozorlarga chiqish uchun tadbirkorlami tayyorlash
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kichik innovatsion korxonalar uchun ular tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlami xalqaro standartlar bo‘yicha litsenziyalash,
berilgan qarzlami davlat tomonidan kafolatlash sharti bilan eksport
faoliyatini kreditlash, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq siyosiy,
tijorat, moliyaviy va boshqa xatarlami sug‘urta qilishni ta’minlash,
eksporterlarga axborot-maslahat ko‘magini tashkil qilishda maxsus
imtiyozlar tizimini taqdim etish;
- innovatsion
mahsulotlar
yarmarkasi
va
ko‘rgazmalarini
o ‘tkazish, reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklami
topishda ko‘maklashish;
- innovatsion-texnologik infratuzilmalami takomillashtirish;
- xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish.
Kichik
innovatsion
biznesni
davlat
tomonidan
q o ila b -
quvvatlashning ushbu yo ‘nalishi xo‘jalik yuritish subyektlari eksport
salohiyatini
oshirish
va
ulaming
tashqi
iqtisodiy
faoliyati
samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
21
Shunday qilib, davlat va bozor iqtisodiyotining innovatsion
tarm og‘i faoliyatini kengaytirishga ko‘mak!ashishi, samarali milliy
sanoat siyosatini olib borish, kichik ishlab chiqarish korxonalar
innovatsion faolligini rag'batlantirish, bu birinchi navbatda jamiyatdagi
innovatsion taraqqiyotga turtki b o ‘lmog‘i lozim.
22
|