tartibi va usullari, qayta baholash hisobi, asosiy vositalarni
ta ’mirlash xarajatlarining hisobi, lizing muomalalari hisobining
xususiyatlari, asosiy vositalar ijarasi boyicha daromadlar va
xarajatlami hisobga olish, asosiy vositalarni balansdan chiqarish
tartibi va hisobi.
6.1. Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati va
hisobning vazifalari
M a’lumki, korxonalar ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlarini
amalga oshirish m a’lum m iqdor va tarkibdagi ishlab chiqarish
vositalari b o ‘lishligini taqozo etadi. Ishlab chiqarish vositalari
m ehnat vositalari va m ehnat predmetlariga b o ‘linadi.
M ehnat vositalari bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatna-
shib, o ‘z qiymatini amortizatsiya shaklida har yili yetishtirilayotgan
102
mahsulot (bajarilgan ish, xizmat)lar tannarxiga o ‘tkazadi. Ular
jumlasiga bino, kuch mashinalari va boshqalar kiradi.
M ehnat predmetlari qiymatini bir ishlab chiqarish jarayonida
mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to ‘liq va bir yo‘la o ‘tkazadi.
Ular jumlasiga yoqilg‘i, xomashyo, ehtiyot qism, pul mablag‘lari
va boshqalar kiradi.
Hisob va hisobotda m ehnat vositalarini
asosiy vositalar,
m ehnat
predm etlarini
aylanma mablagiar
deb atash qabul qilingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi 5-son — «Asosiy
vositalar» milliy andozasiga binoan «Asosiy vositalar — bu korxona
uzoq vaqt davomida xo‘jalik faoliyatini olib borishda mahsulot
ishlab chiqarish, ishlami bajarish va xizmatlar ко1 rsatish jarayonida
yoki m a’muriy va ijtimoiy-madaniy fimksiyalami amalga oshirish
maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlardir».
Asosiy vositalar aylanma m ablaglardan quyidagi belgilari bilan
farq qiladi:
— ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda bir necha yil ishtirok
etadi;
— xizmat m uddati davomida natura ko‘rinishini saqlab qoladi;
— o ‘z qiymatini xarajatga amortizatsiya shaklida bosqichm a-
bosqich o ‘tkazib boradi;
— aiymat jihatidan nisbatan yuqori va boshqalar.
Asosiy vositalaming yuqoridagi xususiyatlaridan kelib chiqib
hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
1. Asosiy vositalam ing saqlanishi va m aqsadga muvofiq
foydalanishini nazorat qilish.
2. Asosiy vositalaming kirimi, harakati va chiqimini hujjat
ham da registrlarda to ‘g‘ri ham da o ‘z vaqtida aks ettirish.
3. Asosiy vositalami ta ’mirlash, xarajatlarini to ‘g‘ri aniqlash
va unga ajratilgan m ablaglardan oqilona foydalanish.
4. Asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalarining o ‘z vaqtida,
to ‘g‘ri hisoblanishini, ulam i hisob obyektlariga to ‘g‘ri qo ‘shilishini
ta ’minlash.
5. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va tugatish natijalarini
aniq hisoblashni ham da hisobda aks ettirilishini ta ’minlash.
103
|