D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarining hisobi va



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

6.5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarining hisobi va
ularni moliyalashtirish tartibi
BHMA-5 «Asosiy vositalar» milliy andozasining 47-bandiga 
binoan asosiy vositalar bo ‘yicha joriy (ish holatini saqlab turish), 
o ‘rtacha (ayrim qismlarini tiklash yoki almashtirish) va kapital 
ta ’m irlash (to ‘liq ta ’m irlash, eskirgan qism larini alm ashtirish, 
tiklash)ga b o ‘linadi.
Kapital ta ’mirlash, odatda, bino, inshoot, texnika va ayrim 
boshqa asosiy vositalarga tegishli.
Ishlab chiqarish asosiy vositalarining barcha turdagi ta ’mirlash 
xarajatlari ular xizmat ko‘rsatadigan tarm oqlar m ahsulot (ish, 
xizmat)lar tannarxiga olib boriladi.
M a’muriy va ijtimoiy-madaniy maqsadlarga xizmat qiladigan 
asosiy vositalar b o ‘yicha ta ’mirlash xarajatlari davr xarajatlariga 
olib boriladi.
i l l


Asosiy vositalarni ta ’mirlash xarajatlari yuqorida ta ’kidlan- 
ganidek bir yo‘la tegishli tarm oqlar xarajatiga yoki unga tashkil 
etilgan rezerv hisobidan qoplanishi mumkin.
X o‘jalik asosiy vositlarini ta ’mirlash pudrat (maxsus ta ’mirlash 
tashkilotlari amalga oshirganda) va xo‘jalik (xo‘jalikning o ‘zi 
amalga oshirganda) usulida amalga oshiriladi. Xo'jalikda asosiy 
vositalam ing qaysi usuida b o ‘lm asin t a ’m irlash xarajatlarini 
qoplash uchun rezerv tashkil etilishi 8910 — «Kelgusi davr xarajat­
lari va to ‘lovlari rezervi» hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. 
Bunda rezerv sum m ani aniqlash uchun ta ’m irning smetadagi 
summasuni rem ont davridagi oylar soniga bo ‘linib, oylik summa 
aniqlanadi. Shu asosda har oyda asosiy vosita xizmat qiladigan 
sohalar xarajatiga olib boriladi va unga D T 2010, 2310, 2510, 
9420 ham da boshqa hisobvaraqlar debetlanib, 8910 hisobvaraq 
kreditlanadi. Vaqti kelib ta ’mirlash amalga oshirilganda, uning 
xarajatlariga 8910 hisobvaraq debetlanib, 2310, 6010 va ayrim 
boshqa hisobvaraqlar kreditlanadi.
Asosiy vositalami ta ’mirlash xarajatlari uchun rezerv tashkil 
etilm aganda xarajatlar ta ’mirlash xarajatlari amalga oshirilgan 
hisobvaraqlardan (2310, 6010) to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri tegishli tarm oqlar 
xarajatiga olib boriladi (2010, 2310, 2510, 9420 va boshqalar).
Asosiy vositalaming ta ’mirlanishi pudrat tashkilotlari tom o­
nidan amalga oshirilganda hisobvaraq-faktura va dalolatnom alar 
orqali rasmiylashtiriladi, xo‘jalik usulida amalga oshirilganda unga 
nima sarflanishiga qarab tabel, ichki xo‘jalik nakladnoyi va boshqa 
hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
H ar ikkala holda ham xo‘jalik ta ’mirlangan asosiy vositalami 
AV-2 «Ta’m ir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan obyektlami 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» orqali qabul qiladi.
8910 hisobvarag‘idagi rezervdan foydalanilmagan qismi yil 
oxirida D T 8910 KT 9390 holida boshqa operatsion daromadlarga 
qo‘shilishi lozim.
Asosiy vositalam i ta ’mirlash pudrat tashkilotlari tom onidan 
am alga oshirilganda — 6010 — «M ol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga to ‘lanadigan hisobvaraqlap>, xo‘jalik usulida am al­
ga o sh irilg a n d a — 2310 — «Y ordam chi ishlab c h iq arish »
112


(ta ’mirlash ustaxonasi) yoki ayrim boshqa hisobvaraqlar orqali 
amalga oshiriladi.
Hisobvaraqlar rejasiga ko ‘ra 6010 hisobvaraq passiv hisobva­
raqlar, 2310 aktiv hisobvaraqlar jumlasiga kiradi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin