Dars ishlanma



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#159982
1   2   3   4   5   6   7
dars ishlanma. Odamdagi irsiy kasalliklar.

“Savollar yomg‘iri”
metodidan foydalaniladi. (O‘quvchilar savollarga og‘zaki 
javob beradi). 
Ta’rifi:
O‘qituvchi tomonidan ism-familiyasi aytilgan o‘quvchi chiqadi va har 
bir o‘quvchi bittadan savol tayyorlaydi va ketma-ketlikda savollarini berishadi. 
Savollarga qo‘yiladigan talab: aniq va qisqa, o‘tilgan mavzu yuzasidan bo‘lishi 
lozim.
Foydalanish doiralari:
Uy ishini tekshirish vaqtida foydalanish mumkin.
Afzalliklari
:
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish 
ko‘nikmasini ishlab chiqadi, barcha o‘quvchilarni faollashtiradi, o‘quvchilar bergan 
savollarni eslab qolishga harakat qilishadi, o‘qituvchiga o‘quvchilarning bilimlarini 
tekshirishga imkon beradi. 
Qiyinchiliklari:
 
Sinfdagi darsga tayyor bo‘lmagan o‘quvchilarda savollar 
topishida qiyinchilik tug‘ilishi va ko‘proq vaqt sarflanishi mumkin. 
Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.
Odam genetikasini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarga qaysilar kiradi? 
2.
Genelogik usulning ikkinchi nomi qanday? 
3.
Insonlardagi jingalak soch dominant belgimi yoki retssesiv? 
4.
Matematika va musiqaga bo‘lgan qobiliyatlar qaysi metod yordamida 
o‘rganiladi? 


5.
Retssesiv holda nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar qaysilar? 
6.
Odamlarda egizaklar nechta xil bo‘ladi? 
7.
Bir xil jinsli va bir-biriga juda o‘xshash egizaklar nechta tuxum hujayradan 
rivojlanadi? 
8.
Qaysi usul yordamida xromosoma mutatsiyalarini aniqlash mumkin? 
9.
Biokimyoviy usulda qanday kasallik sabablari o‘rganilgan? 
10.
Qandli diabet kasalligi qaysi bez faoliyatining buzilishi oqibatida kelib 
chiqadi? 
Yangi mavzu bayoni. 
“Odam genetikasini o‘rganish usullari” mavzusini 
takrorlab mustahkamlangandan keyin yangi “Odamdagi irsiy kasalliklar” mavzusi 
slaydlar yordamida bayon qilib o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Odatdan 
tashqari o‘zgarishlar va kasalliklar genotipga bog‘liqdir. Odamlar populyatsiyasida 
2000 dan ortiq irsiy kasalliklar nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy 
kasalliklar va ularning paydo bo‘lish sabablarini hamda davolash usullarini tibbiyot 
genetikasi o‘rganadi.
Tibbiyot genetikasi irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash uchun bir qator 
tezkor immunologik, biokimyoviy, sitogenetik va boshqa usullarini ishlab chiqdi. 
Masalan, fenilketonuriya, raxit, polimiyelit kasalliklarini har xil dori-darmonlar 
yordamida davolash yo‘llari topildi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin