dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə242/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan sifatlarni ma'nolariga ko'ra quyidagi jadval bo'yicha guruhlang.
Shirin, qizil, katta, odobli, xushfe'l, behisob, tonggi, kuzgi, xushbo'y, muattar.



Xususiyat bildiruvchi sifatlar

Rang-tus bildiruvchi sifatlar

Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar

Hajm-o'lchov bildiruvchi sifatlar

Hid bildiruvchi sifatlar

Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar





















2-topshiriq. Yuqoridagi sifatlarning qanday so'roqlarga javob bo'lishini aniqlang.


BILIB OLING. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1) xususiyat sifatlari; 2) rang-tus sifatlari; 3) maza-ta'm sifatlari; 4) hajm-o'lchov sifatlari; 5) hid sifatlari; 6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar.


374-mashq. Matnni o'qing. Sifatlarni topib, ularning ma'no guruhlarini aniqlang.
1. Qiz bo'lgan voqeani boshdan-oyoq aytib berdi. Ishonmay desalar, oldilarida bir talay xushbo'y, ko'm-ko'k bo'tako'z gullar turibdi. Ulardan mart oyining isi kelardi. — Baxting ochilib, o'n ikki oyning hammasi bilan birvarakayiga uchrashibsan-u, guldan bo'lak hech narsa so'ramabsan-da. Men ... bittasidan oppoq qo'ziqorin, yana bittasidan barra bodring so'ragan bo'lardim. (Ertakdan) 2. Bir kuni ninachilarning nafarmon, yashil, zangori, malla tuslarini uyga keltirib, otamga maqtandim. (Murod Xidir)

375-mashq. Matnni o'qib, sifatlarni aniqlang. Ularni ma'no guruhlariga ajrating.


Bir cholning to'rtta navqiron o'g'li bor ekan. Bir kuni chol:
— Men qarib qoldim. Ichingizdan kim aqlli va davlatmand bo'lsa, menga merosxo'r bo'ladi,— debdi.
Eng katta o'g'il qizil yoqut ko'zli oltin uzugini, ikkinchi o'g'il zarbof choponini, uchinchisi bebaho kamarini ko'rsatib maqtanibdi. Chol indamay turgan kenja o'g'ilga qarabdi.
— Menda bunday boyliklar yo'q, lekin mehnatkash qo'lim, botir yuragim, aqlli boshim bor, -debdi u.
Uning javobi cholga yoqibdi. Kenja o'g'ilga bor merosini qoldirishini aytibdi. (Rivoyat)
376-mashq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh rang-tus, ikkinchi guruh hajm-o'lchov, uchinchi guruh maza-ta'm sifatlariga misollar keltirsin.
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga misol ayting.
2. Rang-tus sifatlari qaysilar?
3. Maza-ta'mni bildiruvchi sifatlarga qaysilar kiradi?
4. Hajm-o'lchovni bildiruvchi sifatlarni qatnashtirib gaplar tuzing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin