So'zlar: katta, notanish, bahaybat, yap-yangi, zobardast, uzun. 380-masnq. O'qing. Sifatlarni aniqlang, ularni xususiyat, hajm-o'lchov, makon-zamon sifatlariga ajrating.
1. Oftob o'chyapti. Ko'm-ko'k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovillardi. (Said Ahmad) 2. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o'xshar, buning ham to'rtdan birini ayvon egallagan edi. (Abdulla Qahhor) 3. Yozgi harakat — kuzgi barakat. (Maqol) 4. Hoji bobo har gapga bir maqol o'qiydigan ezmaroq tabiatli kishi bo'lsa ham, qo'li anchagina ochiq, xususan, hisobga no'noqroq odam edi. (G'afur G'ulom) 5. Usta qarigina, burni cho'tirroq, juda so'zamol, mahmadona kishi. (Oybek) 6. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. (Oybek) 7. Donishmand chol naq yuz qovun pishig'ini ko'rgan bo'lsada, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. (Murod Xidir) 1. Xususiyat sifatlari ishtirokida gaplar tuzing.
2. Hajm-o'lchov sifatlariga misollar keltiring.
3. Makon-zamon sifatlarini izohlang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ______________ Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU:RANG-TUS, MAZA-TA'M VA HID SIFATLARI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.