Ьо8Ьяап5Ь о^апкп o‘rtasida а]га^Ь ко'гаЛПяап; ikkinchidan -
davlatning и т ш ш у \a rajatlari И атёа 1оуаг1аг уа хшпа1:1аг эо11Ь
о И в !^ у о 'п а к т ^ а п
(уа’т уИпкну 1о‘1оу1агш а]га1£ап
ИоМа) акв еШ
1
% а п . Цитсму 1о‘1оу1аг ^гапвГегИаг) - Ьи иш
о1иусЫ1аг^а ШуаНаг уа
х\гтайат
taklif etilm asdan, to ‘lanadigan
mablag‘lardiг.
/-у'а^уа/'
АС^Ь ЬикитаНтпв хаодаАап Иатёа 1оуаг1аг уа
хшпаАагтвд (ЫШ хап(Н (1986- уН YaIMga швЬа1ап % da)
ЬагсЬа daгajadagi
ЬикипЫ
1еЛега1
вЫайаг, о‘г-о‘аш
ЬоэЬчапкЬ о^аЫап
jami
37,8
24,5
13,3
и>уаг1аг уа
х\гтаИат
здНЬ
оНвЬ
20,5
8,7
11,8
1986- у1Иа federal Иикита1 хага]а11ап УаШ тгц* 24,5
(отп\
1а5Кк11
etganligiga qaramasdan,
1оуаг1аг уа х1гта11аг бойЬ
olishga
sarflangan таЫаяЧаг Ыввав! YaIMпing 9
Шг\
rniqdorini 1а8Ьк11
etgan. Ви farq federal Ьикита! xarajatlarining кюЫк qismi Шуагкг
уа х1гтаИаг яо1|Ь
o]ishga
загАагшЫ Ы1ап
izohlanadi. Federal
хага]а11агшпё 2/3
qismini ahoИga
уйтсйу 1о‘1оу1аг ЮЧавИ, вЫаИаг
уа
о‘г -о ‘г\т
boshqaгish ощапкгща subsidiyalaг ajratish 1а8Ыо1
etadi. Federal Ьикита! уитсму и)‘1оу1ап,
о ‘г
ю 1^а, уйтсму
1а’ттсИ : уа ¡вЬ^гПк
nafaqasini oladi.Tovarlar
уа х1гта1:1аг
xaгidming
кайа
qismi fedeгal
ЬикипШ
toшonidan
а т а ^ а
oslliriladi
уа шЫэи xarajatlarning у т к и1шЫ (YalMning 7
& т )
ппк1оГаа
е1Шуод1ап исЬип а т а ^ а oshiriladi. БМаИаг ЬикитаНап уа
о‘г-
1
С. Фишер и др. Экономика.
Перевод с английского. Москва.
Дело лгд. 1995 г. Стр 514.
o‘zini boshqarish organlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridi,
aksincha, ta’lim, yo‘l qurilishi, shifoxonalar ta ’minotiga sarflanadi.
Umuman, davlat sektori mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsu-
lotning qariyb 20 foizini xarid qiladi.
AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini um um iy
muvofiqlashtirish — Federal xarid siyosati boshqarmasi (Office o f
Federal procurement Policy) tomonidan amalga oshiriladi. Bu
organ dastlab, Byudjetni boshqarish boshqarmasida maslahatchi
organ sifatida 1974-yilda tashkil etilgan, 1988-yildan huku-
m atning doimiy faoliyat yurituvchi org an i sifatida faoliyat
yuritmoqda.
Federal xarid agentliklari tom onidan amalga oshiriladigan
barcha xarid 1984- yilda ishlab chiqilgan davlat xaridini tartibga
soluvchi qoidalar yig‘indisi (Federal A cquisition Regulation,
FAR1) bilan tartibga solinadi. Unda xaridni tashkil etishning
barcha bosqichlari — xaridni rejalashtirish, davlat xaridini amalga
oshirishni boshqarish va uni tugallashgacha bo'lgan barcha
bosqichlar o‘z aksini topgan.
FAR dan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat ehtiyoji uchun
xaridni amalga oshiruvchi barcha federal agentliklar tomonidan
yagona xarid siyosatini amalga oshirish va yagona xarid qoidalaridan
foydalanishni ta ’minlashdan iborat. FAR ning missiyasi esa,
xaridni amalga oshirishga bo‘lgan vaqt cheklanganligini inobatga
olgan holda, davlat buyurtmachilarini eng optim al baho-sifat
munosabatini ta ’minlagan holda tovarlar va xizmatlar bilan
ta’minlashdan iborat.
FAR ga aso san A Q Shda dav lat x a rid ig a b u y u rtm an i
joylashtirishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
— ochiq savdolar;
— ikki bosqichli savdolar;
— muzokorlar olib borish;
— xaridni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish.
Boshqa m am lakatlar am aliyotida uchram aydigan sodda
lashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli shartnom a summasi
katta bo‘lmaganda (100 ming AQSh dollari miqdorigacha) vayiliga
5 mln AQSh dollaridan ortmaganda qo‘llaniladi. Bunda sun’iy
ravishda xarid hajmini pasaytirish (mayda qismlarga ajratish orqali)
taqiqlanadi. Soddalashtirilgan usulga quyidagilar kiradi:
— baho kotirovkalari so‘rovnomasi;
— juda kichik hajmdagi (2500 dollargacha ) xaridni amalga
oshirishda Korporativ xarid plastik kartlaridan foydalanish;
— xarid uchun buyurtma joylashtirish;
— turlari k o ‘p b o ‘lgan m ahsulotni doirniy sotib olishda
namunaviy-me’yoriy shartnomalardan foydalanish (masalan —
buyurtmachini avtoxo‘jaligi uchun ehtiyot qismlar sotib olish,
yoki ofis uchun konselyariya tovarlarini sotib olish) va boshqalar.
AQShda davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish
ikkita asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:
— joriy faoliyatni ta ’minlash uchun (moddiy-texnik ta’minot);
— m a’lum davlat organ ini ish yo'nalishi bo'yicha xarid (awalo
ilmiy tadqiqot ishlari, kapital quyilmalar).
AQSh xorijiy mamlakatlar orasida davlat xaridini axborot
bilan ta ’m inlash sohasida eng boy tajribaga ega m am lakat
hisoblanadi. AQShda davlat xaridini federal darajada tartibga solish
bo'yicha dastlabki qonun 1972-yilda qabul qilingan. Ushbu
qonunga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish
bo'yicha vakolat Moliya vazirlgi va Mudofaa vazirligiga berilgan.
Umuman, AQShda davlat xaridi tizimi markazlashtirilmagan
tarzda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda federal organlar ehtiyojlari uchun xarajatni
amalga oshirish U m um iy Xizmatlar Boshqarmasi (UXB) —
(General Services Adminstration) zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik
va idoralaming arizalariga asoslanib, UXB tender savdolarini tashkil
etish orqali yirik hajmdagi ulguiji xaridni amalga oshiradi. Tovarlar
UXBning yukxonalarida saqlanadi va buyurtmachilarga ulgurji
baholar ustiga sezilarsiz ustama qo‘shish bilan (UXBning faoliyat
xarajatlarini qoplash maqsadida qo‘shiladigan) qayta sotiladi.
Buyurtmachilarga Umumiy xizmatlar Boshqarmasi tomonidan
markazlashgan holda sotib olinadigan 4 min dan ortiq tovarlar
xilma-xilligi taklif etiladi. Umumiy xizmatlar adminstratsiyasi
tomonidan bajariladigan yana bir muhim vazifa bu - xarid etish
jarayoni xarajatlarini pasaytirishdan iboratdir. Masalan, Umumiy
xizmatlar adminstratsiyasi tom onidan xarid uchun sarflangan
xarajatlar umumiy xarajatlaming 2.07 foizini tashkil etgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2005-yilda 1.75 foizga qisqargan.
Milliy mudofaa ehtiyojlari uchun xarid M udofaa vazirligi —
(Department o f Defense) tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim
ixtisoslashgan xarid turlari boshqa idoralar tom onidan ham amlga
oshiriladi, masalan, Energitika sohasidagi tadqiqotlar va rivoj-
lanish Agentligi — (Energy Research and D evelopm ent Agency),
Kosmik tadqiqotlar va A eronavtika M illiy B oshqarm asi —
(N ational Aeronautics and Space A dm instarion, NASA) va
boshqalar.
Federal xarid bo‘yicha monitoringni amalga oshirish Xarid
siyosati Federal Boshqarmasi — (Office of Federal Procurement
Policy) zimmasiga yuklatilgan, xarid siyosati sohasida idoralararo
muvofiqlashtirish esa, Federal xaridni tartibga soluvchi Kengash
tomonidan amalga oshiriladi — (Federal Acquisition Regulatory
Council).
AQShda davlat xaridini huquqiy asosini: Federal ehtiyojlar
uchun xaridni amalga oshirish tartibi (F ed eral A cquisition
Regulations, FAR) va Mudofaa ehtiyojlari uchun xaridni amalga
oshirish tartibi — qo‘shimchalar (Defense Federal Acquisition
Regulations — Supplement, DFARS) kabi hujjatlar tashkil etadi.
Ushbu huijatlar xarid jarayoni tamoyil va bosqichlarini juda
ham detallashgan tarzda ifodalaydi va butun federal xaridning
tizimini tartibga soladi.
Xarid sohasiga tegishli b o ‘lgan barcha qonunchilikni ikki
kategoriyaga ajratish mumkin.
Birinchi kategoriya — umumfederal qonunchilik. Mazkur
qonunlar davlat xaridini tashkil etish jarayonini tartibga soladi,
federal darajadagi ijroiy organlar vakolatiga tegishli bo ‘lgan
xaridning ayrim turlarini am alga oshirish b o 'y ic h a yuridik
m e’yorlami belgilaydi.
Ikkinchi kategoriya -shartnom alar shakli va ulam i amalga
oshirish bo‘yicha maxsus qonunchilik bo‘lib, u xarid jarayonlarini
axborot bilan ta’minlash va uning natijasini tahlilini amalga
oshirishni tartibga soladi.
AQShda davlat xaridini tashkil etish, davlatning funksiya va
vazifalariga amerikacha yondoshuvdan kelib chiqib, uchta asosiy
tamoyilga asoslanadi:
— haqqoniylik asosida, ya’ni davlat buyurtmalari bo'yicha
savdoda ishtirok etayotgan pudratchilar uchun bir xil raqobat
muhitini shakllantirish;
— ochiqlik asosida va davlat buyurtmalari da korrupsiyaga
qarshi kurashish;
— tejamkorlik va samaralilik asosida, ya’ni tovar va xizmatlarni
talab etilgan sifatda va arzon baholarda, xarid etish xarajatlarini
minimallashtirishni ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |